Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/130
Sana16.09.2021
Hajmi1,01 Mb.
#175855
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Bog'liq
Yomon qiz

 
Maftunkorlik omili №34 
    Agar  muloyim    va  nazokatli  bo`lsangiz,  yoringiz  sizni  asrab-avaylagisi  keladi. 
Qachonki o`zingizni tajovuzkor tutsangiz, u siz bilan kurashishni boshlaydi. 
   Agar  yoringiz  sizni  erkak  roliga  da`vo  qilayotganingizni  sezib  qolsa,  jangga 
tayyorlanavering. Hozirgina o`z tashabbusingiz bilan sevimli mahbubadan xavfli raqibga 
aylandingiz.  Agar  u  kurashishni  boshlasa,  har  qanaqasiga  g`olib  bo`lishga  urinadi,  uni 
yengishingiz esa amri mahol. 
   Erkakni  ehtiyotkorlik  bilan  yo`lga  solish kerak.    Va  buning  yagona  yo`li  ular  o`zlarini 
yaxshi tutganida maqtab turish. Erkak zotini sevimli so`zi “eng zo`r”. Uning qaysi xislati 
nazarda tutishingiz ahamiyatisiz, muhimi “eng zo`r” so`zini qo`shishni unutmang. Ana 
shunda sizga erkak zotining diqqat markazida bo`lish kafolatlanadi. 


   Uning  hudbinligi  sizning  do`stingizga  aylansin.  Yoringiz  sizga  uy  dekoratsiyasida 
yordam  berishni  istadi  va  o`z  bilganicha  devorni  har  xil  almisoqdan  qolgan  narsalar 
bilan  to`ldirdi.  Afrika  qilichlarimi-ey,  superkubok  posterlari;  u  bularni  “san`at  asari  “ 
deb biladi chog`i.  O`zingizni qo`lga oling.  Bu “bebaho antikvarlarni” san`at durdonasi 
ekanini e`tirof eting-u, darhol garaj yoki yerto`lani bezatishda uning yordamiga mujtoj 
ekaningizni ayting.  
   Agar  uning  uyda  biror  foydali  ish  bilan  shug`ullanishi  istasangiz,  uning  yordamiga 
muhtojligingizni  ko`rsating.  Go`yoki  siz  ojiza,  u  esa  kuchli.  Kichkinagina  yumushlar, 
vazifalar  bering.  Videomagnitofonni  tuzatishmi  yoki    suratni  devorga  ilish,  buning 
ahamiyati yo`q. Erkak zoti elektrik drell bilan qurollanganda o`zini Rembodek his etadi. 
Agar  surat  qiyshiqroq  ilinib  qolgan  bo`lsa  ,  (shunaqa  bo`ladi  ham)  buni  xuddi  ajoyib 
chiqqandek  qabul  qiling.  U  chiqib  ketguncha  biroz  sabr  qiling,  keyin  esa  sekingina 
to`g`rilab qo`ying. 
   Yoringiz  uyga  maoshini  olib  kelganda  uyim-joyim  deb  mehnat  qilayotgani  uchun 
minnatdorchilik  bildiring.    U  chiqib  ketishi  bilan  cheklarini  ko`ring-chi,  navbatdan 
tashqari ishlagan soatlariga  to`liq haq to`lashdimikin? 
   U  o`zini  haqiqiy  erkakdek  namoyon  qilib  sizga  yaxshi  munosabatda  bo`lganda  uni 
rag`batlantirib  turing.  Hech  bo`lmasa  haftada  ikki  marta  u  o`zini  qahramondek  his 
etsin. 
   U  uyda  biror  foydali  ish  qilganida,  masalan,  kitob  javonini  qoqqanida  uni  maqtab 
qo`ying.  Javon  45  gradusga  og`ib  undagi  kitoblar  qiyshayib  bir  tomonga  yig`ilib 
qoladimi,  bu    ahamiyatsiz.  Xuddi  hayvonot  bog`idagi  o`rgatilgan  dengiz  mushugidek 
baxtdan  qarsak  chalib  yuboring,  keyin  esa  yoringizni  uyda  yo`q  vaqtini  topib  usta 
chaqiring-u,  javonni  unga  bildirmay  tuzattirib  qo`ying.  Bordi-yu:  “Siz  javonni  qiyshiq 
ilibsiz”,  -  desangiz,  baxtingiz  xotima  topdi  deyavering.  Endi  uyda  u  ortiq  bunday 
ishlarga qo`l ham urmaydi. Sizning tanqidingiz ubi o`zini  ikki olgan yosh bolakaydan-da 
yomonroq his qilishiga majbur etdi. 
   Erkaklarning ulkan xudbinligi  bor va bu xudbinlik  mehrga, parvarishga muhtoj.  
   “Tentak tulki” aynan shunday qiladi. Erkak o`zini uning olamidagi King Kong deb his 
qilishi uchun bor kuchi bilan  urinadi. 
   Mana uni sizni oldingizda qahramondek his ettiradigan bir nechta maslahatlar: 


   • O`qshomlari itingizni aylanishga olib chiqadigan bo`lsangiz, “himoya qilishi uchun” 
sizga hamroh bo`lishini so`rang.  Axir siz ojizasiz. 
   • Agar u kichkinagina qo`ng`izni o`ldirsa ham, teskari o`giriling. “Xavf ortda qolganini” 
aytmagunicha qaramay turing. 
   •  Tunda  biror  shovqin  eshitsangiz  (masalan,  tomda  qushcha  sakrayapti),  o`zingizni 
qattiq  qo`rqandek  tuting.  Va  yoringizdan  nima  shovqin  ekanini  aniqlashini  iltimos 
qiling. 
   •U  shovqin  nimadan  chiqayotganini  aniqlab  kelgandan  keyin  uni  yonigizda  ekani 
biram yaxshi, chunki  u bilan o`zingizni “xavfsiz” sezishingizni ayting. 
   •  Undan  bankani  ochib  berishini  so`rang,  hattoki  uni  ochishdan  osoni  yo`q  bo`lsa 
ham. Hattoki mo`jazgina qog`oz qutilarni ham ko`tarishib yuborishini iltimos qiling. 
   •  Dahshatli  filmlar  ko`rayotganda  bor  kuchingiz  bilan  uning  qo`liga  tirmashib  oling. 
Ayanchli sahnalar kelganda ko`zingizni chirt yumib oling va o`tib ketishi bilan aytishini  
yoringizdan  iltimos qiling. 
   • Agar ko`cha sovuq bo`lsa, qo`llaringizni uning paltosiga suqing. 
   • Undan mebelni surib berishini so`rang (hatto buni o`zingiz bemalol udallay olsangiz 
ham).  U  osonlik  bilan  shkafni  surganida  uning  qanchalik  og`ir  ekanini  va  ”Siz  juda 
kuchlisiz-a, buni joydan qo`zg`atishni tassavur ham qila olmayman”, - deng. 
   •  Noqulay  va  murakkab  to`xtash  joylarida  mashinangizni  olib  kirib  berishiga  ruxsat 
bering. Agar mashinani sizdan ko`ra ancha yaxshi boshqara olishini aytsangiz bormi, u  
quvonganidan mashinangizni yuvib va benzin bakingizni ham to`ldirib beradi. 
   Erkak  xudbinligini  yumshoq  panjalaringiz  bilan  siypalang.  Bu  juda  oddiy.  Bolakay 
bog`chasidan  bor  olib  kelib,  rasm  chizisga  kirishib  ketdi.  Bu  suratlar  qanchalik  rasvo 
bo`lmasin, ona hecham bolasini tanqid qilmaydi. Ona hecham “Nima balo chizding  bu 
itmi  yo  sigir?  Vazifalaringni  qilganmisan  o`zi?”  demaydi.  Aslo,  yaxshi  ona  “Bu 
qoyilmaqon  san`at  asari”,  deydi.  Shunda  bola  o`zini  Pikkaso  deb  hisoblab,  yana 
o`ntalab rasm chizib tashlaydi. 
   Maqtov  judaym  muhim.  Erkak  kishi  sizni  restoranga  taklif  etganda  ovqatlanish 
vaqtida  bir  marta    keyin  xayrlashuv  vaqtida  xayrli  tun  tilab,  yana  bir  bor  taklif  uchun 
minnatdorchilik bildiring. Yaxshi qiz har doimgidek xatoga yo`l qo`yadi u bir ish uchun 


qayta-qayta  rahmat  aytaveradi.  Kamiga  ertasi  kuni  hammasi  biram  ajoyib  bo`lganini 
aytish  uchun  uch  martalab  qo`ng`iroq  qiladi.  Umrida  issiq  ovqat  ko`rmaganmi  deb 
o`ylaysan kishi. 
   Munosabatlarning  ilk  bosqichida  uning    siz  uchun  to`lashiga  ruxsat    bering.  
O`rtangizda  aloqa  ancha  qalinlashgandan  keyin  goh-gohida  o`zingiz  to`lashingiz 
mumkin.    Aslo  yarmini  yoki  o`zing  uchungina  to`la  deb  turib  olmang,  axir  bu  erkak, 
birga ishlaydigan hamkasbingiz emas-ku. 
   Agar erkak sizga oshiq bo`lib qolgan bo`lsa, u hecham harajatlarni bo`lishib yurmaydi. 
U “Sen indeykali salat olding, men mol go`shtili. Demak sendan …” - demaydi. 
   Agar  erkak  ayolni  yoqtirgan  bo`lsa,  maydalashib  yurmaydi.  Chunki  uning  fikri-zikri 
faqat  “qanday qilib uning ko`ngliga yo`l topsam” degan o`yda bo`ladi. 
   Agar  unda  katta  harajatlarga  imkoni  yo`q  bo`lsa,  arzon  restoranlarga  boring  yoki 
pulga  bo`gliq  bo`lmagan  biror  mashg`ulot  bilan  shug`ullaning.    Masalan,  velosiped 
uchishingiz,  muzeyga  borishingiz  mumkin.  Biroq  u  birinchi  uchrashuvdayoq  o`zingiz 
uchun  o`zingiz  to`lashingizni  taklif  etsa,  u  bilan  ortiq  uchrashishning  keragi  yo`q. Gap 
pulda emas, balki bu odamning sizda yaxshi taassurot qoldirishga urinmayotganidadir. 
Bu esa  juda yomon belgi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish