1G avlod tarmoqlari. Birinchi avlod tarmoqlarida tovush analog
usulda uzatiladi, foydalanilgan FDMA ma‘lumotlar uzatish tezligi
kamligi sababli, 3 Kbit/s dan ko‗p emas, faqat telefoniya funksiyasini
bajarishga qodirdir. Birinchi avlod tarmoqlarining shubxasiz xizmati –
abonentlar bir-birlari bilan gaplasha olganligi. 1984 ishga tushirilgan bu
tizim 9,6 Kbit/s ma‘lumotlar uzatish imkoniga ega edi.
2G avlod tarmoqlari. Ikkinchi avlod tarmoqlarida tovush
raqamlashgan xolda uzatiladi, bunda tarmoq ishonchliligi ortadi, uzatish
tezligi 14,4 Kbit/s ko‗payadi va kichik xajmdagi matnlar, SMS uzatiladi.
Foydalanishga 1991 yil chiqarilgan. Servislari telefon (tovushni raqamli
uzatish), qisqa SMS uzatish/qabul qilish, o‗yinlar, 9,6 Kbit/s dan 14,4
Kbit/s gacha tezlikda ma‘lumotlar uzatish, WAP protokoli bo‗yicha
Internet tarmog‗iga kirish.
2,5G avlod tarmoqlari. Bu avlod tarmoqlari oraliq standart bo‗lib,
uzatish tezligi oshirilgan. Ikkinchi avlodni Internetga simsiz kirish bilan
ta‘minlaydi: GPRS va uning evolyusiyasi EDGE. Ular grafikani va
oqimiy videoni uzatadi. Foydalanishga 1999 yil topshirilgan. Servislari:
telefon (tovushni raqamli uzatish), uzun SMS uzatish/qabul qilish,
tovushlarni, rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish,
tovush pochtasi, Internet, radio/MR3-pleer, karaoke, 30ta o‗yin, 57,6
Kbit/s dan 153,6 Kbit/s gacha tezlikda ma‘lumotlar uzatish.
3G avlod tarmoqlari. Uchinchi avlod tarmoqlari mobil aloqaning
bir nechta standartini bildirib, bir qator farqli belgilarni ko‗rsatadi.
Foydalanishga 2002 yil topshirilgan. Servislari: telefon (tovushni
raqamli uzatish), videotelefon, elektron xabarlarni uzatish/qabul qilish,
tovushlarni, , rasmlarni uzatish/qabul qilish, fakslar uzatish/qabul qilish,
tovush pochtasi, videopochta, Internetga yuqori tezlikli kirish,
radio/MR3-pleer, karaoke, multio‗yinlar, TV va videopleer, 144 Kbit/s
dan 2 Mbit/s gacha tezlikda ma‘lumotlar uzatish.
4G avlod tarmoqlari. To‗rtinchi avlod tarmoqlari uchinchidan
asosan ma‘lumotlar uzatish tezliklari bilan farqlanadi. To‗rtinchi
avlodning tizim va standartlari xozirda ishlanmada, taxminiy amalga
oshirilishi 2009 yil.
3G tarmoqlarining rivojlanishi multimedia kontentini yuqori
tezlikda yuklatishi, elektron pochta, faylli ilovalar, on-layn o‗yinlar bilan
ishlash qulayligi sababli ma‘lumotlar almashinish bo‗yicha xizmatlar va
servislardan foydalanish sifati va qulayligini abonentlar uchun sezilarli
yaxshilaydi.
Mobil aloqa uchinchi avlodi texnologiyasi – bu muloqatga va
axborotga kirishning kardinal yangi texnologiyasidir. Abonent o‗z
suxbatdoshi bilan nafaqat gaplashadi, balki uni mobil tarmoqqa telefon
yoki maxsus sim-karta yordamida ulangan videotelefon yoki noutbuk
yordamida ko‗rishi, Internet tarmog‗i bo‗yicha sayoxat qilishi va
internet- kirishning hamma afzalliklardan foydalanishi mumkin.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari. ―O‗zbektelekom‖ AK xozirda
ma‘lumotlarni uzatish bo‗yicha keng spektrli xizmatlarni, Internet
xizmatlarini taqdim etmoqda va Respublikada xususiy va yagona
raqamli transport tarmoqqa egadir. 1997-1999 yillar qurilgan raqamli
magistral telekommunikatsiya tarmog‗i Toshkent, Nukus shaharlari va
Respublika viloyat markazlari orasida yuqori tezlikli ma‘lumotlar
uzatish kanallarini (64 kBit/sek dan 2048 kBit/sek gacha) tashkil etishga
imkoniyat berdi. Quvvatli transport tarmog‗ining mavjudligi, birlamchi
va
ikkilamchi
tarmoqlarga
egalik
―O‗zbektelekom‖
AKga
foydalanuvchilar keng ommasiga ma‘lumotlar uzatish tarmog‗ining
xizmatlarini, Internet va uning ilovalari bo‗yicha xizmat ko‗rsatishga
imkoniyat berdi.
Ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini rivojlantirish ketma-
ketligini quyidagicha tavsiflash mumkin:
- provayderlar tarmoqlarini yaratish bo‗yicha xizmatlar;
- global Intenet tarmog‗i bilan bog‗lanish xizmatlari;
- amaliy (elektron tijorat, telemeditsina, telemarketing) xizmatlar;
- jamoa (reklama, ma‘lumotnoma, dasturiy maxsulotlar, biznes, o‗yinlar
va boshqalar) xizmatlari;
- moliyaviy xizmatlar;
- tarmoq bo‗yicha elektron savdo xizmatlari.
Ma‘lumotlar uzatish vositalarining va xar xil turlardagi
tarmoqlarda tovush trafigi va videolarni qayta o‗zgartirish formatlari
texnologiyalarining bundan buyon rivojlantirilishi taqdim etilayotgan
xizmatlar turlarini (perechen), jumladan Internet xizmatlarini sezilarli
oshirishga imkoniyat tug‗dirdi.
Xozirgi vaqtda ma‘lumotlar uzatish tarmog‗ini, ―UzNet‖ va
―TSHTT‖ filiallar tarmoqlari bilan birgalikda, rivojlantirish va
kengaytirish bo‗yicha sezilarli ishlar olib borilmoqda.
―UzNet‖ filiali tomonidan tuzilgan ma‘lumotlar uzatish tarmog‗i
hamma viloyat markazlariga va ayrim tuman markazlariga etkazilgan va
tarmoqni hamma tuman markazlariga etkazish bo‗yicha ishlar olib
borilmoqda. Bundan tashqari Toshkent shaxrida markaziy tugunda
tashqi kanal imkoniyatini oshirish uchun ma‘lumotlar uzatish transport
tarmog‗ini E1 dan GE gacha kengaytirish bo‗yicha ishlar olib
borilmoqda. Axborot almashinishini va Internet tarmoqqa chiqishni
ta‘minlovchi, Respublika vazirliklari va idoralari, bir qator
Respublikadagi
xalqaro
tashkilotlar
va
vakolatxonalar
foydalanuvchilariga Veb-xosting bo‗yicha xizmatlarni taqdim etuvchi
idoralararo kompyuter tarmog‗i o‗zining keyingi rivojlanishini
topmoqda.
Ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari qo‗llangan eng yangi xizmatlar
video konferensiyalarni tashkil etish bo‗yicha ximatlardir, shuningdek
Internet protokolarni qo‗llab O‗zbekiston Respublikasining hamma
axolisiga IP-telefoniya xizmatlarini ko‗rsatishdir.
Tarmoq samaradorligini oshirish, xizmat turlarini ko‗paytirish
uchun xar xil kompaniyalar bu borada o‗z echimlarini taklif etmoqdalar.
Jumladan XXR ning Huawei kompaniyasi tarmoqlarni rivojlantirish
bo‗yicha o‗z konsepsiyasini e‘lon qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |