Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 Ovozli xizmatlar. VoIP.  IPTV xizmatlari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

  
11.4. Ovozli xizmatlar. VoIP.  IPTV xizmatlari. 
 
IP-telefoniya nima? IP-telefoniya yoki VoIP (Voice over IP)  – bu 
Internet  yoki  ixtiyoriy  IP-tarmog‗i  orqali  faks  uzatish  va  telefon 
so‗zlashuvlarini  real  vaqt  rejimida  tashkil  etish  va  amalga  oshirish 
imkonini beruvchi texnologiyadir.  
 
Texnik  tarafdan  tovushni  raqamlashtirish  yoki  faksimil  xabarini 
raqamli ma‘lumotlarni uzatish kabi imkoniyati majud. SHu ma‘noda, IP-
telefoniya  Internetdan  (yoki  ixtiyoriy  boshqa  IP-tarmoqdan)  real  vaqt 
rejimida  ikki  kompyuter  foydalanuvchilari  o‗rtasida  ovoz  yoki  faksimil 
xabarlarini 
uzatish 
uchun 
foydalanadi. 
IP-telefoniya 
telefon 
serverlarining  umumiy  ishlash  prinsipi:  bir  tarafdan  server  telefon 
liniyalari  bilan  bog‗langan  va  istalgan  mamlakat  telefoniga  ulanishi 
mumkin.  
 
Ikkinchi  tarafdan  server  Internet  bilan  bog‗langan  va  istalgan 
mamlakat  kompyuteriga  ulanishi  mumkin.  Server  standart  telefon 
signalini  qabul  qiladi,  raqamlashtiradi  (agar  analog  bo‗lsa),  siqadi, 


 
 
 
 
paketlarga  bo‗ladi  va  Internet  orqali  kerakli  joyga  Internet  protokoli 
(TCP/IP)  orqali    jo‗natadi.  Tarmoqdan  telefon  serveriga  keluvchi  va 
telefon liniyasiga yuboriluvchi paketlar uchun teskari amallar bajariladi. 
Ikkala  amal  ham  (signalning  telefon  tarmog‗iga  kirishi  va  undan 
chiqishi)  amalda  bir  vaqtda  kechadi,  bu  o‗z  navbatida  to‗la  dupleks 
(ya‘ni ikki tomonlama) gaplashuvni tashkil etish imkonini beradi. 
IP-telefoniya  nima  uchun  kerak?  Chiqimlarni  kamaytirish  uchun 
deyish mumkin.Mamlakatlararo va shaharlararo qo‗ng‗iroqlar narxining 
pastligi  qurilmalarga  ketadigan  sarmoyalarning  kam  bo‗lishi  ovozli 
tarmoqlarni 
ma‘lumot  uzatish  tarmoqlari  bilan  integratsiyasi 
universalligi  nutqni  tarmoq  infrastrukturasining  istalgan  nuqtasida  IP-
paketlarga  aylantirishi  mumkin:  operator  tarmog‗ining  magistralida, 
korporativ  tarmoqda  yoki  bevosita  foydalanuvchi  tarmog‗ida  ochiq 
arxitektura umumiy standartlari qo‗llaniladi: H.323, MGCP, SIP. Keskin 
raqobat tufayli xizmatlarning narxi doim tushib bormoqda.. 
 
 
 
11.2-rasm. VoIP-ishlash prinsipi. 
 
 
IP  orqali  ovoz  uzatish  xususiyatlari.  Kechikishlarni  ITU-T  nutq 
uzatish  sifatiga  bo‗lgan  talablarni  G.114  tavsiyasida  aniqlab  bergan. 
Yaxshi  sifat  bo‗lishi  uchun,    oraliq  kechikish  150  ms  dan  oshmasligi 
kerak. 


 
 
 
 
  
 IP-telefoniya  arxitektura  darajalari.  VoIP  arxitekturasini  shartli 
ikkita 
darajaga 
ajratish 
mumkin: 
quyi–bu 
paketlarni 
marshrutizatsiyalashli  bazaviy  tarmoq  bo‗lib,  RTP/UDP/IP  protokollari 
kombinatsiyasidan  iboratdir;  yuqori  –  bu  chaqiriqlarga  xizmat  qilishni 
boshqarish.  
 
 
 
11.3-rasm. 
 
 
Ma’lumot  uzatish  protokollari.  RTP  (Real  Time  Protocol)  – 
multimedia  ma‘lumotlarini  IP-tarmog‗i  orqali  interaktiv  uzatish  bilan 
bog‗liq bo‗lgan barcha ilovalar uchun bazaviy protokol hisoblanadi. 
 
RTP  asosiy  vazifasi  –  qabul  qilingan  paketlar  to‗plamining 
o‗rtacha  kechikishini  hisoblash  va  foydalanuvchi  ilovasiga  o‗rta 
qiymatga teng o‗zgarmas kechikish bilan taqdim etish. 
 
Nutq  va  video  axborot  kechikishlarga  juda  ta‘sirchan,  ammo 
alohida  paketlar  yo‗qolishga  kamroq  ta‘sirchandir.  SHuning  uchun 
transport 
protokoli 
sifatida 
UDP 
qo‗llaniladi,  chunki  TCP 
ta‘minlaydigan  paketni  etkazib  berishni  nazorat  qilish  va  qayta  uzatish 
mexanizmlari nutq va video axborotlarini uzatishga mos kelmaydi. 
 
IP-telefoniya uchun bir qator protokollar ishlab chiqilgan, ularning 
tarkibida  IP-tarmoqlari  bo‗ylab  nutq  uzatish  va  IP-telefoniya 
signalizatsiyasi uchun tegishli qo‗llanmalar mavjud. Bugunga kunda eng 
keng tarqalganlari quyidagilar: H.323, SIP, MGSP.  
IPTV  xizmatini  taqdim  etishning    xususiyatlari.IPTV  xizmatlari 
klassik  telekommunikatsion  xizmatlari  kafolatlarini  ta‘minlash  soxasini 


 
 
 
 
kengaytiradi.  IP  televidenie  abonentlari  monitor/televizor  ekranida 
masofali pult yordamida baza- teledasturni ko‗rishlari mumkin.  
Raqamli  IP  televideniesi  belgilangan  vaqtda  teleefir  dasturlarini 
yozib  olishni  dasturlashtirishi  mumkin.  YOzib  olingan  videoni  ma‘qul 
vaqtda  qayta-qayta  ko‗rish  mumkin.  IP-televideniesida  film  va 
dasturlarni  HDTV  (yuqori  aniqlik  televideniesi)  formatida  1920x1080 
kenglikdagi  tasvir  va  Dolby  5.1  ko‗pkanalli  xajmli  ovoz  bilan 
ko‗rsatishga katta e‘tibor qaratilgan. Xozirgi vaqtda bu formatni ko‗plab 
telekanallar qo‗llaydi. 
 
 
 
 
11.4-rasm. IPTVni tashkil etish sxemasi 
 
IPTVning  foydali  funksiyalari.  Raqamli  IP  televideniening  xar  bir 
abonenti  ―Buyurtmaga  video  olish‖  xizmatidan  foydalanishi  mumkin, 
unda qator foydali funksiyalar ko‗zda tutilgan: 
-  katalogdan  film  va  teledasturlarni  tanlash  (shu  qatorda    HDTV 
formatida). 
-  kalit  so‗z,  aktyor,  rejissyorlar  bo‗yicha  katalogda  kengaytirilgan 
qidiruv, treylerlarni ko‗rish; 
-  tanlangan  filmni  kun  davomida  ko‗rish  soni  chegaralanmagan, 
kontent kategoriyasiga bog‗liq xolda; 


 
 
 
 
-  videomagnitofon funksiyalari (to‗xtash, o‗tkazish). 
 
IPTV baza majmuasi kabelli va efir televideniesining tarmoqlarida 
taqdim etiladigan xizmatlarning standart to‗plamini o‗z ichiga oladi.  
 
IP tarmoqlarida  ma‘lumotlarni  yuborish xizmatlari baza  majmuasi 
bilan birgalikda  radio va teledasturlarni translyasiya qilish imkoni bor. 
Bunda  baza  majmuaning  xizmatlari  bir  biriga  bog‗liq  emas  deb 
xisoblanib aloxida taqdim etilishi mumkin. 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish