Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 ALOQA TARMOQLAR RIVOJLANISHI UCHUN YANGI



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

12. ALOQA TARMOQLAR RIVOJLANISHI UCHUN YANGI 
AVLOD KONVERGENT TARMOQLARNING ECHIMLARNI 
QO„LLANILISHI 
 
12.1. Yangi avlod konvergent tarmoqlarning rivojlanishi 
 
 Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
rekonstruksiyalash 
va 
modernizatsiyalash  natijasi  uyali  aloqani,  ma‘lumotlar  uzatish  va  butun 
jaxon  tarmog‗i  Internetga  kirishni  rivojlantirish,  elektr  aloqa  taqdim 
etadigan  xizmatlar  sifati  va  nomenklaturasini  sezilarli  yaxshilash, 
maxalliy  so‗zlashishlar  qiymatini  vaqt  bo‗yicha  xisoblashni  joriy 
etishga,  ayrim  yo‗nalishlarni  analog  liniyalardan  raqamliga  o‗tkazish 
xisobiga  stansiyalararo  aloqa  sifatini  yaxshilash  uchun  baza  yaratish 
imkoniyatini  berdi.  Telefon  tarmoqlarida  avariya  vaziyatlarida 
o‗tkazilayotgan  yuklamani  qayta  yo‗naltirish  xisobiga  barqaror  aloqani 
ta‘minlash  uchun  SDH  texnologiyalaridan  foydalanish  imkoniyati 
tug‗ildi. 
Maxalliy  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  rivojlantirishning 
asosiy yo‗nalishlari quyidagilar bo‗lib qolmoqda: 

analog-raqamli 
tarmoqdan 
raqamli 
telekommunikatsiya 
tarmoqlariga  asta-sekin bir tekis o‗tish; 
-  ISDN  xizmatlarini  taqdim  etuvchi  integratsiyalangan  raqamli 
tarmoqni tashkil etish; 
-  tuman  va  uzelli  ATSlardan  ko‗chma  konsentratorlarni  qo‗llab 
kirish tarmoqlarini tashkil etish; 
- viloyat qaramog‗idagi shaharlar va tuman markazlaridagi, boshqa 
axoli  punktlarida  telekommunikatsiya  xizmatlarini  (telefon,  faks, 
elektron  pochta,  Internet  va  boshqalar)  taqdim  etuvchi  markazlarni 
yaratish; 

abonent 
kirish 
tarmog‗ini  tashkil  etuvchi  istiqbolli 
texnologiyalarni  (optik  tolali,  mavjud  abonent  liniyalarida  raqamli, 
radiokirishdan keng foydalanishni) joriy etish; 
- intellektual tarmoqlar xizmatlari bilan birga, telekommunikatsiya 
xizmatlarining yangi turlarini joriy etish. 
 Maxalliy  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  raqamlashtirish  elektr 
aloqa  tarmoqlarining  ishlash  sifatini  sezilarli  darajada  oshirish 
imkoniyatini  berdi,  tarmoq  abonentlariga  xizmatlarning  yangi  turlarini 
taqdim  etishni  ta‘minlaydi,  shuningdek  foydalanuvchilarning  keng 


 
 
 
 
qatlamiga  Internet  tarmog‗iga  yuqori  tezlikli  kommutatsiyalanuvchi 
kirishni tashkil etishga imkonini yaratadi.  
Simsiz  aloqa  tarmog‘ining  rivojlanishi.  Telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 1991-2004 yillardagi rivojlanishi yangi texnologiyalar va 
xizmatlarining  yangi  turlarining  jadal  suratda  rivojlanishi  bilan 
xamoxang bo‗ldi. 
2003 yildan boshlab ―O‗zbektelekom‖ AK yangi turdagi faoliyatni 
–  CDMA-450  standartida  simsiz  radiokirish  xizmatlarini  ko‗rsatishni 
o‗zlashtirishni  boshladi.  Shu  maqsadda  ―O‗zbektelekom‖  AKning 
―O‗zbektelekom  Mobayl‖  filiali  tashkil  etildi,  uning  asosiy  vazifasi 
O‗zbekiston  Respublikasida  umummilliy  simsiz  aloqa  tizimini 
rivojlantirish  deb  belgilandi.  2003  yilning  o‗zidayoq  Samarqand  va 
Jizzax viloyatlarida simsiz radiokirish aloqa tizimi ishlay boshladi. 2004 
yil 
dekabrida 
Buxoroda 
CDMA-450 
 
standarti 
qo‗llanilgan, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining 
borish  qiyin  bo‗lgan  tumanlari  axolisini  simsiz  aloqa  bilan  ta‘minlash 
uchun,  simsiz abonent kirishi tarmog‗ining joriy etilish tantanasi bo‗ldi. 
Ushbu ishlar JBIC loyixasi doirasida bajarildi.   
Xozirda 
O‗zbekistonning 
shimoliy 
to‗rtta 
regionida 
(Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  Buxoro,  Navoiy,  Xorazm  viloyatlari) 
umumiy sig‗imi 20000 abonentli Lucent Technologies kompaniyasining 
5ESS  kommutatori    va  30  bazaviy  stansiyalari  montajlanib 
foydalanishga  topshirilgan.  Shuningdek  mazkur  loyixada  yuqorida 
ko‗rsatilgan  regiondagi  hamma  viloyatlarga  4250  statsionar  terminallar 
o‗rnatish  nazarda  tutilgan.  CDMA-450    standartining  yangi  uskunalari 
O‗zbekistonning shimoliy to‗rtta regioni axolisiga nafaqat odatiy telefon 
aloqa  xizmatlarini  ko‗rsatibgina  qolmay,  ularga  ma‘lumotlar  uzatish 
bo‗yicha  xizmatlarni,  jumladan  Internet  tarmog‗iga  153  kBit/sek 
tezlikda kirish imkonini berdi.   
Telekommunikatsiya 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
zamonaviy 
bosqichida  birinchi  o‗ringa  ma‘lumotlarni  uzatish  bo‗yicha  xizmatlarni 
rivojlantirish, jumladan jaxon tarmog‗i Internet resurslariga sifatli kirish 
chiqmoqda. 
―O‗zbektelekom  Mobayl‖  filiali  bugungi  kunda  mijozlarga 
CDMA-450  standartidagi  simsiz  aloka  xizmatlarini  takdim  etib 
kelayapti.  Ushbu  filial  mijozlari  sonini  keskin  oshirish,  aloka  sifatini 
yanada yaxshilash va tarmokni rivojlantirish maksadida 2008 yilda Xitoy 
Xalk, Respublikasining «ZTE» korporatsiyasi va Germaniyaning «Alcatel 
Shanhay  Bell»  kompaniyasi  bilan  ko‗plab  shartnomalar  imzoladi. 


 
 
 
 
Mazkur  import  shartnomalari  asosida  «ZTE»  korporatsiyasidan 
CDMA-450 standartidagi mobil va turg‗un telefon apparatlari olindi.  
«Alcatel  Shanhay  Beli»  kompaniyasi  bilan  tuzilgan  import 
shartnomalari asosida filialga 40dan ortik, CDMA-450 standartidagi baza 
stansiyalari keltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu baza stansiyalarini abonentlar 
zich  joylashgan  xamda  tarmok,  yaxshi  kamrab  olmagan  xududlarga 
joylashtirish  natijasida  aloqa  sifati  keskin  ortadi  hamda  xizmat  doirasi 
kengayadi. 
O‗zbekiston axolisining 40 % dan ortig‗i uyali aloqa xizmatlaridan 
foydalanadi,  hamma  yirik  operatorlar  o‗zlarining  3G  tarmoqlarini  testli 
ekspluatatsiyaga chiqarishganini e‘lon qilishdi. 
Uyali  operator  –  Unitel  (Bilayn  savdo  markasi)  kompaniyasi 
O‗zbekistonda  uyali  aloqa  uchinchi  avlodining  tajribaviy  tarmog‗ini 
ishga tushirayotganini e‘lon qildi. 
Perfektum  Mobile  kompaniyasi  2009  yil  CDMA  standartli 
uchinchi avlod uyali aloqani joriy etishni rejalashtirgan. 
 ―O‗zbektelekom‖  AKning  ―O‗zbektelekom  Mobayl‖  filiali  3G 
tarmoqni  2009  yil  joriy  etish  rejasini  bayon  qilgan,  shuningdek  bu 
kompani  mavjud  tarmoqni  modernizatsiyalash va kengaytirishni davom 
etmoqda. 
MDX  mamlakatlarida  3G  –  tarmoqlarning  to‗plami  mavjud,  lekin 
ular boshqa CDMA-2000 standartida ishlaydilar. 
Xozirda    O‗zbekistonda  mobil  aloqaning  beshta  operatori  faoliyat 
ko‗rsatmoqda, jumlada:  MTS  (―O‗zdunrobita‖, GSM standarti), Unitel 
(Bilayn  savdo  markasi,  GSM  standarti),  COSCOM  (Ucell  savdo 
markasi,  standart  GSM),  Perfektum  Mobile  (Rubicon  Wireless 
Communcation,  CDMA  standarti)  va  ―O‗zbektelekom‖  AKning 
―O‗zbektelekom  Mobayl‖  filiali  (Uzmobile  savdo  markasi,  CDMA 
standarti). 
Mobil  aloqa  tarmoqlarini  avlodlarga  (Generation)  ajratish  qabul 
qilingan, bundan 1G, 2G, 3G va 4G abbreviaturalar kelib chiqqan. Ya‘ni 
xarakatdagi  uyali  aloqalarning  birinchi,  ikkinchi,  uchinchi  va  to‗rtinchi 
avlodlari  xaqida  aytish  mumkin.  Shuningdek  o‗tish  tarmoqlari  2,5G, 
3,5G  va  xattoki  4,5G  tarmoqlari  mavjud.  Mobil  aloqa  avlodlari 
ma‘lumotlar uzatish tezligi, amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan servislar 
va xizmatlar bilan xarakterlanadi. 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish