Maktabgacha ta`lim


Mashg’ulotlarni  rejalashtirish



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

Mashg’ulotlarni  rejalashtirish.  Rejada  mashg’ulotni  o’tkazish  shakli 
ko’rsatiladi. YAlpisiga shaklidan dasto’rning ayni bir bo’limidagi mashg’ulotlarni 
rejalashtirishda  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  dastur  mazmuni  yosh 
guruhlari asosida tabaqalashtiriladi. Agarda mashg’ulot boshi yoki yakunida kichik 
bolalar ishtirok etmasalar, bu rejada ko’rsatib o’tiladi (masalan, rasm tahliliga faqat 
katta  bolalar  jalb  qilinadi).  U  yoki  bu  kichik  guruhlarga  nisbatan  qo’llaniladigan 
asosiy  metod  va  usullar  ko’rsatib  o’tiladi.  Masalan,  jonivorlarni  kuzatishda  
tadqiqot-chilik  harakatlariga ko’proq kichik bolalar jalb qilinadi, kattaroq bolalar 
uni  ko’rib  ancha  tushunadigan  bo’lib  kolgan  bo’ladilar.    Kichkintoylarga  idrokni 
aniqlashtirishga  kattalariga  qiyoslash  va  umumlashtirishga,  yo’llangan  savollar 
beriladi.  Rejada  mashg’ulotlarning  turlicha  davomiyligi  nazarda  to’tiladi;  Katta 
yoshdagi bolalar uchun zaruriyat bo’lsa, beriladigan ish oldindan nazarda to’tiladi 
(masalan, suxbat oldidan kuzatish yoki tasviriy faoliyat oldidan). 
Alohida  kichik  guruhlarga  o’tkaziladigan  mashg’ulotlar  odatdagidek 
rejalashtiriladi.  SHuningdek,  topshiriqlar  izchilligi  va  mashg’ulotlarni  yakunlash 
ko’rsatib o’tilishi kerak. 


 
87 
Sayrlarni rejalashtirish. Odatda, sayrlarda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari 
kuzatiladi.  Rejada  ularning  mazmuni  va  asosiy  usullari  qisqacha  bayon  kilinadi. 
Ko’pincha  ular  mazmuni  tabaqalashtirilgan  yalpi  kuzatishlar  tarzida 
rejalashtiriladi.  Ayrim  kichik  yosh  guruhlari  bilan  kuzatishlar  qo’shimcha 
rejalashtirilishi  mumkin.  Bolalar  mehnati  ham  shunday  rejalashtiriladi.  Masalan, 
uchastkani  yig’ishtirib,  tozalash,  yalpisiga  ko’chatlarni  ekish,  sug’orish,  o’toq 
qilish  esa  kichik  guruhlarning  o’ziga  mo’ljallanadi.  Vaqti  -  vaqtida  tarbiyachi 
kichkintoylar bilan katta bolalar mehnatini kuzatishni rejalashtiradi. 
Tarbiyachi  harakatli  o’yinlarni  mavsumga,  ob  -  havoga  qarab,  oldingi 
mashg’ulotlardan  kelib  chiqib  tanlaydi  va  ish  rejasiga  kiritadi.  Sayrlarning 
davomiyligi  harakatli  o’yinlarni  turli  yosh  guruhlaridagi  bolalar  bilan  alohida 
o’tkazish  imkonini  beradi,  bu  ularning  harakatlarini  rivojlantirishda  muhimdir. 
Ammo  ba`zan  birgalikdagi  harakatli  o’yinlarni  ham  rejalashtirish  kerak:  ular 
bolalarni birlashtirishga, do’stlik his - tuyg’ularini tarbiyalashga yordam beradi. 
Rejada  bolalarning  mustaqil  o’yinlari,  ayniqsa  tabiiy  materiallar  bilan 
o’ynaladigan  o’yinlariga  rahbarlik  nazarda  to’tiladi.  Sayrlar  vaqtida  dasto’rning 
barcha bo’limlariga doir bolalar bilan yakka tartibda ishlash albatta rejalashtiriladi. 
Harakatlarni  rivojlantirishga  doir  yakka  tartibdagi  ishga  alohida  e`tibor  beriladi. 
Uni har kuni (turli bolalar bilan o’tkazish) nazarda to’tiladi. 
Kunning  ikkinchi  yarmini  rejalashtirish.  Kechki  mashg’ulotlar  fakat 
kichkintoylar  bilan  o’tkaziladi.  Ularni  didaktik  o’yynlar  shaklida  o’tkazishni 
ko’proq  rejalashtirish  kerak.  Mazmun,  odatda,  bilim  va  ko’nikmalarni 
mustahkamlash maqsadida takror beriladi. 
Kunning ikkinchi yarmidagi rejaning asosiy  mazmuni turli o’yinlar, bolalar 
mehnati va mustaqil badiiy faoliyatlariga rahbarlikdir. Bu ish, odatda, kichik yosh 
guruhlari  bilan  yoki  yakka  tartibdagi  ish  tarzida  rejalashtiriladi.  Faoliyatga 
rahbarlik vazifalari, uyushtirish shakllari, ayrim usullar ko’rsatiladi. 
Kunning  ikkinchi  yarmida  vaqti  -  vaqti  bilan  ko’ngilochar  o’yinlar, 
bolalarning tug’ilgan kunlari, o’yin - saxnalashtirishlarni o’tkazish va qo’g’irchoq 
teatrini qo’yish va ko’rish rejalashtiriladi. 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish