Maktabgacha ta`lim


M a sh g’ u l o t n i n g   b o r i sh i



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

M a sh g’ u l o t n i n g   b o r i sh i. Bolalar faoliyatiga rahbarlik qilish turli 
xil  metodlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Ularni  tanlashda  mashg’ulotning 
maqsadi, ushbu bo’limga oid ish tizimidagi o’rni, bolalar yoshi hisobga olinadi. 
Maktabgacha 
tarbiya 
yoshidagi 
bolalar 
bilan 
olib 
boriladigan 
mashg’ulotlardagi  o’qitishning  asosiy  bo’g’inlarining  oilaviy    zichligi  bir 
mashg’ulotda rang-barang metodlarning qo’llanishi bilan izohlanadi: chunonchi:  


 
69 
1)  materialni  dastlabki  idrok  etishga  va  o’zlashtirilganlar  bilan  aloqa 
o’rnatishga qaratilgan metodlar;  
2) bilimlarni kengaytiradigan metodlar;  
3)  bo’limlar,  ko’nikma  va  malakalarni  umumlashtirishga,  mustahkamlashga  
va  qo’llanishga  qaratilgan metodlar.   
Mashg’ulot  davomida  metod  va  usullarining  almashinib  kelishi  mashg’ulot 
chog’ida  ilgari  suriladigan  aniq  o’quv  vazifalarning  izchilligiga  bog’liq. 
Mashg’ulot  chog’ida  shakllanadigan  bilimning  u  yoki  bu  mazmuni  alohida 
qismlarga  bo’linadi..  Chunonchi,  tayyorlov  guruhlarida  qishlovchi  qushlarpi 
kuzatish chog’ida shakllanadigan bilimlarni quyidagicha bo’lish mumkin:  
a)  qushlarning  katta-kichikligi,  tuzilishi,  qanotlari,.  uchib-qo’nish  tarzi  va 
uning xususiyatlari haqidagi tasavvurlar;  
b) ovqati va ovqatlanish tarzi;  
v) tabiatda yilning turli fasllaridagi hayot tarzi;  
g) tabiat burchagidagi hayoti. 
Bunday  izchillik  xususan  (bilish  harakatining  yakka  tasavvurdan  umumiyga, 
umumlashmaga  tomon  borishi)  yoki  umumiy  (bolalarning  mashg’ulot  boshida 
olgan  umumiy  tasavvurlarini  yoki  elementar  tushunchalarini  aniqlashtirish) 
tabiatiga ega bo’lishi mumkin. 
O’quv vazifalari ularni bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish o’rniga 
qarab guruhlanishi mumkin va shunga muvofiq vosita va metodlar tanlanadi. 
Shunday qilib, mashg’ulot davomida bolalar faoliyatiga rahbarlik qilish o’quv 
vazifalarini  bolalar  oldiga  izchil  qo’yishdan  (bunda  xilma  -  xil  usul  —topshiriq, 
savol,  takliflardan  foydalanib)  va  bolalarning  ularni  hal  etishga  qaratilgan   
faoliyatini   tashkil   qilishdan   iboratdir. 
Mashg’ulotlarni  tashkil  etishda  barcha  bolalarping  o’quv  vazifalarini  hal 
etishdagi faol ishtiroki, shuningdek, tarbiyachining bevosita ishtirokida kechadigan 
faoliyatning  bolalarning  mustaqil  faoliyati  bilan  qo’shib  olib  borilish»  juda 
muhimdir. 
Bolalarning  aqliy  faolligini  avvalo,  ular  bajaradigan  vazifalarning 
murakkabligi,  ularni  qo’yishning  izchilligi,  elementar  muammoli  tabiatidagi 
vazifalardan  foydalanish,  bolalarda  umumlashgan  o’quv  -  bilish  malakalar 
(kuzatish,  taqqoslash,  tavsiflash,  umumlashtirish,  isbotlash)ining  shakllanishi 
tufayli  yuzaga  keladi.  Aqliy  faollik bolalarning  shaxsiy  tajribasini  jalb  etish bilan 
ham bog’liqdir. Tekshiruv va izlanish harakatlaridan va savollardan, taqqoslashga 
oid turli topshiriqlardan foydalanish aqliy faoliyatni faollashtiradi. 
Bolalarning  mustaqil  faoliyati  bilimlarni  mustahkamlash,  ko’nikma  va 
malakalarni  hosil  qilishga  bag’ishlangan  mashg’ulotlarda  tashkil  etiladi.  Buning 
uchun  eng  yaxshi  sharoit  vazifalarni  tarqatma  materiallar  asosida  bajarish,. 
shuningdek,  turli  tabiatidagi  mashqlarni  bajarish  chog’ida  yaratiladi.  Masalan, 
namoyish  etilgan  materialni  idrok  qilish  chog’ida  shakllantirilgan  miqdor  tarkibi 
haqidagi  bilimlar  tarqatma  materiallar  bilan  ishlash  paytida  mustah-kamlanadi. 
Buning uchun ijodiy tabiatidagi turli topshiriqlardan (masalan, rasm asosida hikoya 
tuzish) ham foydalanish mumkin va hokazo. 


 
70 
Javobni  to’ldirishni,  uni  aniqlashtirishni,  baholashni  talab  qiladigan 
topshiriqlar aqliy faoliyatni faollashtirishga katta ta`sir ko’rsatadi. 
Katta  yoshli  bolalar  bilan  olib  boriladigan  mashg’ulot  so’ngida  bilish 
faoliyatining 
umumiy 
yakuni 
chiqariladi. 
Bunda 
tarbiyachi 
yakuniy 
muhokamaning  bolalarning  o’z  kuchlari  bilan  o’tishiga  harakat  qiladi,  ularni 
mashg’ulotlarni 
ko’tarinki 
ruhda 
baholashga 
undaydi. 
Mashg’ulotni 
yakunlanyotganda  bolalar  olgan  bilimarni  keyingi  bilimlar  bilan  bog’lash  -  shu 
asnoda bilishning yaqin istiqbollarini yoritish muhimdir. 
Mashg’ulotning  so’nggi  qismida    butun guruhning va  ayrim bolalarning 
o’quv  faoliyatiga,  o’quv  ko’nikmalariga  bahr  beriladi.  Bolalar  o’zgalar  va  o’z-
o’zlarini baholashga jalb etiladilar. 
Kichik guruhlardagi mashg’ulotning so’nggi qismi mashg’ulotning mazmuni, 
bolalarning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ijobiy his - hayajonlarni kuchaytirishga 
qaratilgandir. Ayrim bolalar faoliyatini baholashni bir qadar tabaqalashtirish faqat 
o’rta  guruhlardagina  asta  -  sekin  joriy  etiladi.  Tarbiyachi  so’nggi  xulosa 
chiqarishga va baho berishga bolalarni ham vaqti - vaqti bilan jalb qiladi. 
Katta   va   tayyorlov   guruhlarining   kun tartibida   mashg’ulotlar   vaqti    
uzaytiriladi.   5 - 7   yoshli   bolalarda     bilish, ularning o’rni qiziqish   ehtiyojlari 
kengayib,  ular  o’quv  faoliyatining  etakchi  sabab  (asos)  laridan  biriga  aylanib 
boradi.  Ularda  boshlang’ich  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  egallash 
imkoniyatlari,  birgalikdagi  mashg’ulotlarga  intilish  kuchayib  boradi.  Ular  katta 
yoshlilar  hikoyalarini  bajonidil  tinglaydilar,  ko’pgina  savollar  beradilar, 
qiziquvchanlikni  namoyon  qiladilar.  Ayrim  bolalarda  mashg’ulotlarning  ayrnm 
turlari:  rasm  solish,  loy  va  plastilindan  narsalar  yasash, qurish -  yasashga  alohida 
qiziqish paydo bo’ladi. Bu ishdagi bolalar tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi 
ma`lum  bilimlar  doirasini  egallagan,  o’quv  faoliyatiga  oid  eng  oddiy  ko’nikma 
hamda  malakalarni  o’zlashtirgan  bo’ladilar.  Bo’larning  hammasi  kun  davomida 
bolalar o’quv faoliyatining davomiyligini ko’paytirish im-konini beradi. 
Katta guruh tarbiyachilari oldida quyidagn vazifalar turadi: 
1) 
mashg’ulotni  kun  tartnbiga  ko’ra  boshlash   va   yakunlash, ularga 
ajratilgan vaqtdan samarali foydalanish; 
2) 
«Uchinchi  mingyillikning  bolasi  dasturi»ga  amal      qilib,  barcha 
bo’limlarga  doir  mashg’ulotlarni  ularning  mazmun,  usul    va    metodlarini 
rejalashtirib,  hamma zarur  jihoz  va qo’llanmalar bilan ta`minlab o’tkazish. 
Kuz-qish davrida katta guruhda har kuni ertalab uchta mashg’ulot (to’rt kun) 
va  ikkita  mashg’ulot  (bir  kun)  o’tkaziladi.  Mashg’ulotlarning  davomiyligi    10 
daqiqa tanaffus bilan 30 daqiqadir. Tayyorlov guruhida har kuni ertalab 10 daqiqa 
tanaffusi bilan 35 daqiqalik uchta mashg’ulot o’tkazi-ladi. 
Nonushtadan  so’pg  mashg’ulotlarga  tayyorlanishga  qisqa  vaqt  ajratiladi. 
Tarbiyachi  navbatchilar  ko’magida  stol  va  stullarni  qo’yib  chiqadi,  so’ngra 
navbatchilar  har  bir  stolga  zarur  materiallarni  qo’yib  chiqadilar.  Tarbiyachi 
iavbatchilar  ishini  kuzatib,  ularning  tirishqoqliklarini  qayd  etadi.  Hamma  narsa 
joyida ekanlignga ishonch hosil qilgan tarbiyachi «Navbatchilar mashg’ulot uchun 
hamma narsani hozirlab bo’ldilar, endi mashg’ulotni boshlaymiz» deydi. 


 
71 
Ish ana shunday uyushtirilganda mashg’ulotga o’tish osoyishta va uyushgan 
holda bo’ladi. 
Mo’ljallangan  vazifalarni  muvaffaqiyatli  uddalash  uchun  tarbiyachi 
mashg’ulot maqsadini aniqlashi va bolalar topshiriqni uddalab olishlariga ishonch 
hosil qilish kerak. Ishni bajarish jarayonida  u  bolalarnint faol  va  muvaffaqiyatli 
faoliyatlari uchun sharoit yaratadi, zarur sur`atni qo’llab-quvvatlaydi, qiyinchilikni 
bartaraf etish va natijaga erishishda yordam beradi. 
Mashg’ulotda  tarbiyachining  etakchilik  roli  rejalashtirish,  mazmun  va 
metodlarni  to’g’ri  tanlash,  qo’llanma  va  mashg’ulotlarni  puxta  tayyorlash  orqali 
ta`minlanadi.  Mashg’ulotlarda  bolalarni  uyushtirishping  xilma  -  xil  shakllaridan 
foydalaniladi.  Bir  holatlarda  maktabgacha  tarbiya  yoshidagilar  bir  turli  yakka  - 
yakka  topshiriqlarni  bajaradilar,  boshqa  holatda  -  topshiriq  bolalarning  kichik 
guruhiga yoki butun guruhiga beriladi. Uyushtirishning har xil shakllari stollarping 
ma`lum  tartibda  qo’yilishi  va  bolalarni  ularning  bilish  hamda  ko’nikmalarini 
hisobga olib taqsimlanishinn nazarda tutadi. 
Topshiriqni  jamoa  bo’lib  bajarnshni  tashkil  etishda  bolalarga,  masalan, 
applikatsiya  ishiga  doir  hamkorlik,  o’zaro  yordam,  o’zaro  javobgarlik  o’rgatiladi. 
Mashg’ulotlarda  bolalarni  uyushtirishning  turli  metodlaridan  foydalaniladi. 
Masalan,  jismoniy  tarbiya  mashg’ulotlarida  yalpisiga,  guruh  yoki  yakka  -  yakka 
metodlaridan  foydalaniladi.  Mashqlarni  bajarish  tartibi  bnr  vaqtda  yoki  navbati 
bilan bajariladigan bo’lishi mumkin. 
O’tkazilayotgan mashg’ulotlar bolalarda topshiriqni aniq, tarbiyachi bergan 
ko’rsatmalarga  muvofiq  bajarish,  ish  vaqtida  foydalaniladigan  qo’llanma  va 
materiallarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish odatini shakllantiradi. 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish