62
Rejaga o’yinda bolalarning o’zaro munosabatlari va xulq - atvorlarinp
tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o’ninlarining mazmunini va
ularning o’ynash ko’nikmalarini hisobga oladi.
Rejada bolalarning ijodiy o’yinlariga rahbarlikning asosiy usullari xam
nazarda tutilishi kerak. Eng avvalo bolalar o’yinlariga bilvosita ta`sir ko’rsatish
usullari: bolalarning o’yin mazmuniga aloqador bilimlarini kengaytirish, o’yin
materialini kiritish ba`zan esa uni bolalar bilan tayyorlashni rejalashtirilishi
mumkin. Bolalarning atrofdagi hayot haqidagi bilimlarini kengaytirish, bilimlar
tizimi orqali amalga oshiriladi. Ammo buning uchun tarbiyachida mashg’ulotdan
boshqa paytda ham imkoniyat bor: sayrlar va o’yin chog’ida hamda bo’sh
vaqtlarda. O’yin xonasidagi o’yinchoqlardan bolalar mustaqil foydalanadilar.
YAngi o’yinchoqlarni ko’pincha ular o’yin mazmunini boyitish mumkin bo’lgan
hollarda kiritadilar.
Bevosita rahbarlik usullarini ham (o’yinda, kelishuvda qatnashganda, o’yin
harakati, o’yinchoqdan foydalanish usulini ko’rsatishganda, maslahat, ko’rsatma
va shu kabilar) da rejalashtirish mumkin, buning uchun tarbiyachi o’z guruhi
bolalarining o’yinlarini yaxshi bilishi kerak (masalan, u o’yinlar-da bolalarning
muayyan guruhining qatnashishnni rejalashtirish mumkin). Agarda bolalarning
o’yinga kiziqishlari boyitilmagan bo’lsa, tarbiyachi xilma - xil usullar (o’yin
muhiti yoki uning tarkibini yaratish, ayrim o’yinchoqlarni kiritish, ko’rilgan o’yin
haqida hikoya qilish, o’ynayotgan bolalar tasvirlangan rasmlarni ko’rish va shu
kabilar) dan foydalanib, yangi o’yinni taklif qilishni rejalashtirishi mumkin. YAngi
uiinni taklif etishning asosiy sharti bolalikda keng taassurotlarga ega bo’lishdir.
O’yin
saxnalashtirishni
rejalashtirishda
bolalarga
saxnalashtirish
mo’ljallanayotgan badiiy asarni oldindan tanishtirish, so’ngra qayta o’qish,
qahramon nomidan hikoya qilish va shu kabilar nazarda to’tiladi. Kiyim - libos
dekoratsiyalarning murakkab bo’lmagan tarkiblarini tayyorlash, so’ngra o’yinning
o’zini o’tkazishni ham kechki soatlarga mo’ljallash maqsadga muvofiqdir. O’yin -
saxnalashtirish ko’p karra takrorlanadi: u boshqa guruhlar bolalariga, ota-onalarga
ko’rsatilishi, bayram dasturiga kiritilishi mumkin.
Kun davomida tarbiyachi xilma - xil hapakatli va didaktik o’yinlarni
uyushtiradi, ularga raxbarlikni ham rejalashtiradi. Reja didaktik o’yinlardan
ularning mazmuni, qoidalari va akliy vazifalari tabiatiga ko’ra foydalanish
izchilligini nazarda tutishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: