Turli milliy jamoalar sportchilarning gavda tuzilishini o’rganish va
taqqoslashda bo’ylama ko’rsatkichlar bo’yicha farq kuzatilmadi, ynlama bo’yicha
ahamiyatli bo’lmagan farq mavjud.
O’tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, sportchiga yengil atletikaning
turli yo’nalishlarida yuqori natijalarga erishish uchun ma’lum antropometrik
ko’rsatkichlarga va organizmning boshqa tizimlari bilan bir qatorda sport
natijalariga ta’sir ko’rsata oladigan mos ravishdagi somatik rivojlanish darajasiga
ega bo’lish kerak.
Suzish - yengil atletikaning ba’zi y’nalishlari kabi davriy sport turi bo’lib
har xil quvvatlarda ish bajarilishini talab etsada, shartlari bo’yicha boshqa sport
ixtisosliklaridan keskin farq qiladi. Bu erda, tananing tuzilishi va shakli katta
ahamiyatga ega. Morfologik ko’rsatkichlar bo’yicha ideal sportchi deb, baland
bo’yli, tana uzunligi va ko’ndalang ko’rsatkichlarning yaxshi nisbatiga, gorizontal
holda turg’unlikka va yuqori suzuvchanlik sifatiga ega hamda teri osti yg’ qatlami
teng taqsimlangan sportchilarni atash mumkin.
Amerikalik olim T.Kyureton (1978), SHeldon klassifikatsiyasidan
foydalangan holda, xalqaro toifadagi suzuvchilar orasida sprinterlar mezomorf,
400 va 1500 m ga suzuvchilar endomorf turga mansubligini aniqlagan.
Agar suzuvchilar boshqa sport turlari vakillari bilan taqqoslansa, ularning
tana, oyoq va qo’l uzunligi bo’yicha ko’rsatkichlari eng kattaligi yaqqol ko’zga
tashlanadi.
A.Strokinaning (1964) ma’lumotlariga ko’ra, suzuvchilar nisbatan kalta
gavda, uzun oyoq va boldirlarga egalar, proportsiyalari bo’yicha mezomorf va
braximorf
turlarga kiradilar, suzuvchi ayllar esa baland va o’rta bo’y, to’g’ri hamda
bir tekis taqsimlangan teri osti yg’i, yaxshi rivojlangan qo’l mushaklari sohibalari.
Ambruster (1956), suzish bo’yicha eng yirik mutaxassislardan birining
fikricha, suzuvchi uchun anatomik ko’rsatkichlar eng muhim hisoblanadi. Demak,
uzun qo’llar – bu yaxshi richag, lekin u faqat qo’l va yelka oldini baquvvat
mushaklar bilan ta’minlangan holdagini foydali bo’ladi. Ingichka, lekkin kuchli
toz. Sprinter-suzuvchining oyoqlari tekis va kuchli payli, uzun va xushbichim. Oyq
kafti uzun, ingichka va egiluvchan, xaraklari erkinligi bo’yicha baliq dumining
harakatlariga yaqinlashishi kerak.
N.Bulgakovaning (1986) ta’kidlashicha, ba’zi suzuvchilarning tozi shakli
bo’yicha oquvchanlikning tabiiy chiziqlariga mos keladi. Bunday suzuvchilar tor
toz va katta bo’lmagan yassi qoringa ega. Ular, katta toz va qoringa ega bo’lgan
suzuvchilar oldida ma’lum ustunlikka egalar. Keng tozli suzuvchilarga suvning
katta qarshiligini engishga to’g’ri keladi, chunki suv oqimi keng toz va qorin
atrofidan o’tib, aylanma harakatlari hisobiga qarshilikni kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: