Boshlang’ich tayyorlov guruhlariga bolalarni qabul qilishning yosh
chegaralari
Sport turi
Ysh
Sport turi
Yos
h
Suzish
7-8
Futbol
10-
11
Figurali uchish
7-8
Gandbol
10-
11
Badiiy gimnastika
7-8
Suv polosi
10-
11
Sport gimnastikasi
(qizlar)
8-9
Qilichbozlik
10-
11
Tennis
8-9
Sport yurishi
11-
12
Akrobatika
8-9
Baydarkada
eshkak eshish
11-
12
Sport gimnasitikasi
(o’g’il bolalar)
8-9
Kanoeda
eshkak eshish
11-
12
Suvga sakrash
8-9
Engil atletika
11-
12
Chang’ida
tramplindan sakrash
9-
10
Miltiqdan otish
11-
12
Slalom
9-
10
Ot sporti
11-
12
Tezkor tushish
9-
10
Zamonaviy
beshkurash
12-
13
Biatlon
9-
10
Boks
12-
13
Chang’i poygasi
9-
10
Velosiped
sporti
12-
13
Chang’i ikkikurashi
9-
10
Og’ir atletika
13-
14
Badminton
9-
10
Stendga otish
14
Qonkida yugurish
10-
11
Akademik eshkak
eshish
10-
11
Basketbol
10-
11
Voleybol
10-
11
Xokkey
10-
11
Bola gavdasining umumiy hajmini tashqi ko’rinishi bilan uyg’unligi vizual
baholashdan uning sportga layqati va istiqbolini baholashni boshlash kerak.
Masalan, suzish va eshkak eshish uchun baland bo’yli bolalarni saralagan ma’qul.
Eshkak eshishda, gavdasi uzun, qulochi va yelkasi katta o’smirlarga e’tibor berish
kerak. Suzish uchun proportsional tuzilishga ega, bir tekis mushakli, yengil
suyakli, tonkie lodishki i zapyaste oyoq kafti va panjalari katta bolalarni ajratib
olishadi. Velosipedchilar qonkida yuguruvchilarni saralashda, og’irligi katta
bo’lmagan, son va boldir mushaklari yaxshi rivojlangan o’smirlarga ko’proq
e’tibor beriladi. Tajribali trenerlar bolalarni sportga yo’naltirishda xudi shu
sifatlarga ahamiyat beradilar.
Aerob energota’minot tizimining funktsional imkoniyatlari hal qiluvchi o’rin
egallovchi sport turlarida (chang’ida yugurish, uzoq masofalarga yugurish,
velosiped sporti) birlamchi saralash jaraynidayoq VO2 max va o’rta hajmli (o’. h. )
ko’rsatkichlarga baho berish kerak. Chang’i sporti bilan Shug’ullanmoqchi bo’lgan
o’smirlar, VO2 max (l- min -1) darajasi 2-2,5 dan kam bo’lmasligi, 2 max (ml-kg-
min) nisbiy kattalik esa 47-50,o’h- 3000-3500 sm 3 dan kam bo’lmasligi kerak.
Morfologik ma’lumotlar bilan uyg’unlashgan holda ushbu ko’rsatkichlar bolaning
kelajak imkoniyatlar to’g’risida tasavvur berishi mumkin .
Keyingi yillarda, istiqbolli sportchilarni saralash jaraynida mushak
biopsiyasiyasini ma’lumotlari keng qo’llanilmoqda. Ma’lumki, ko’p darajada
sportchini yuqori natijalar erishishiga moyilligi mushak strukturasiga bog’liq
bo’ladi. Sprinterlarda BS – mushak tolalari miqdori juda ko’p bo’lib, u suyak
mushaklari ko’ndalang kesilishi umumiy maydonning 80% va undan ortiq
maydonni egallashi mumkin. O’rta masofalarda bu nisbat o’zgaradi va turli tolalar
miqdori tengligi bilan ajralib turadi. Stayerlarning mushak strukturasida 80-90%
mushakning ko’ndalang kesimi maydoni MS-mushak tolalari egallashi mumkin.
Ko’p yillik tayyorlovning birinchi bosqichidagi saralash jaraynida turli sport
yo’nalishlarida o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari to’g’ri xulosa chiqarishga yrdam
beradi. Ta’kidlab o’tamizki velosipedchilarning istiqbolligini aniqlovchi barcha
mezonlar qonkida yuguruvchi sportchilarnikigi mos keladi. Bu ikkala tur sport
yo’nalishi sportchilarga Shunday o’xshash darajada talablar qo’yadiki, ba’zida
qonkida yugurish bo’yicha jahon birinchiliklarida yuqori natijaga erishgan
sportchilar velosiped sportida ham yutuqlarga erishadilar (Shila Yang, Bet Xayden
va boshq.)
Lekin, yosh sportchilarning jismoniy rivojlanishining haqiqiy saviyasiga
ko’rsatkichlar keltirganlari bilan mos kelmasligi Bo’SM larga saralash uchun
qat’iy mezon bo’la olmaydi, chunki turli faoliyatlarda yutuqqa erishish
xususiyatlar majmuasi bilan aniqlanadi va xattoki noma’qul ta’sir ko’rsatuvchi,
masalan suzish natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi sifatlar boshqa sifatlarning
o’ta rivojlanganligi bilan kompensatsiyalanadi. Misol tariqasida quyidagilarni
keltirish mumkin. 100 va 200 m. ga suzish bo’yicha eks jahon chempioni
T.Stokning (AQSH) bo’yi 167,2 sm, ikki karra olimpiada chempioni
B.G.Udellaniki -173 sm, olimpiada chempioni D.Nelsonniki- 167,2 sm, 1500 m.ga
erkin usulda suzish bo’yicha ikki kara olimpiada chempioni M. Bartonniki- 171sm
400 va800 m. ga erkin usulda suzish bo’yicha jahon rekordini T.Uikxemniki- 156
sm va boshq. Ushbu suzuvchilar, bo’ylari past bo’lishiga qaramasdan, boshqa
yrqin xususiyatlari evaziga katta yutuqlarga erishganlar.
Ysh sportchilarning istiqbolligi ko’p xollarda gavda tuzilishining
gidrodinamik
(suzuvchilarda)
va
aerodinamik
(qonkida
yuguruvchilar,
velospedchilar) sifatlariga ko’ra aniqlanadi, bu sifatlar o’sish jaraynida o’zgarib
borishi e’tiborga olinadi. Bu sifatlar, ayniqsa o’rta va uzoq masofalarda yutuqqa
erishish uchun muhim.
Saralash jarayning boshlanish davrida bolalarning harakatchanligini aniqlash
imkon beradigan oddiy pedagogik testlar keng qo’llaniladi. Tezlik sifatlarini,
orentatseanal qobiliyati, aerob va anaerob ish bajarishda chidamlilikni baholash
imkonini beradigan testlarga ustuvorlik berish lozim.
Bolalarni saralash vaqtida ularning sog’ligini baholash katta
ahamiyatga ega. Organizm faoliyatida chetlaShuvlarning y’qligi-zamonaviy
sportga yutuqqa erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Xattoki, sog’liqdagi
kichkina chetlaShuvlar, organizmning ko’nikish imkoniyatlarini keskin
kamaytirishi mumkin.
Baholarni saralashdan o’tkazish jarayning muhim joylaridan biologik
yoshlarini taqqoslashdir. Ma’lumki, bir xil pasport yoshidagi bolalar yoshidagi
bolalar orasidagi farq, ularning jismoniyetilish davrning tezligiga bog’liq.
BO’SMlarning faoliyat tajribasini ko’rsatishiga, ba’zida biologik tez rivojlangan
bolalar saralashdan o’tadilar, lekin ular o’zlarining ustunliklarini tez y’qotadilar va
sport bilan shug’ullanishni erta tugatadilar. Sport faoliyatining keyingi
boschqichlarida, odatda, normal etilaytgan yoki rivojlanishi biroz sust kechaytgan
bolalar katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bunday bolalar 16-17 yoshga
etganlarida ularning organizmini funktsional imkoniyatlari keskin ortishi
kuzatiladi, bir vaqtning o’zida akseleratlarda me’yrlaShuv yoki xatto
morfofunktsional imkoniyatlarining kamayishi kuzatiladi
T.S.Timanovaning (1985)tadqiqotlari natijalariga ko’ra, sport ustasi
normativini bajargan 12-13 yoshli suzuvchi bolalarning 100 % erta
jismoniyetilgan. YUqori natijaga 17 yoshli suzuvchilar orasida, faqat 4,5%
biologik etuk, 42% esa rivojlanishi sust kechgan. Mazkur ma’lumotlar, tabiyoki,
saralash va y’naltirish jaraynida e’tiborga olinishi lozim.
Sport ustasi normativini bajargan bolalar va o’smirlarning yarmidan ko’pida
erta jinsiy etilish belgilari mavjud. Xalqaro toifadagi sport ustasi normativini
bajarganlar orasida akseleretlar 20% dan kamchiligini tashkil etadi.
Odatda, agar jinsiy etilishning birinchi belgilari, qizlarda 8-9 yoshda,o’g’il
bolalarda -10 yoshda paydo bo’lgan holda erta hisoblanadi. Jinsiy etilish o’rtacha
hisoblanadi, agar birinchi belgilar, qizlarda 10-11yoshda boshlanib 5-6 yil davom
etsa, o’g’il bolalarda 12-13 yoshdan 18 yoshgacha davom etsa, birinchi belgilar,
qizlarda 13 yoshdan keyin, o’g’il bolalarda 15 yoshda paydo bo’lsa, jarayn
kechikaytgan hisoblanadi.
Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, 11-13 yoshli bolalarning 15-20%
jismoniy rivojlanishi erta bo’ladi. Ular tengdoshlaridan bo’y va og’irlik, mushak,
harakatchanlik ko’rsatkichlari yuqoriligi, ayniqsa sport texnikasini yaxshi
o’zlashtirish bilan ustun turadilar. Garchi, bu farqlar katta bo’lmasada, normal
rivojlanaytgan bolalarga nisbatan-2-4%, rivojlanishi sustlarga nisbatan-4-8%,
biroq, trenirovkalar hajmi va natijalar saviyasi sezilarli darajada ustunlikka egalar.
Saralashning boshlang’ich bosqichlarida sport faoliyatiga mayildorlikni
psixologik ko’rsatkichlarini e’tiborga olish juda katta ahamiyatga ega.
Boshlang’ich saralashda asosiy psixologik ko’rsatkichlar bo’lib, sport bilan
Shug’ullanishga ishtiyq mashg’ulotlarni bajarish vaqtida yuqori baholar olishga
intilish, qat’iylik va tirishqoqlik, tanish bo’lmagan mashg’ulotlarni bajarish vaqtida
qo’rqmaslik kabilar xizmat qiladi.
Ta’kidlab o’tish kerakki, boshlang’ich saralashda jismoniysifatlarga
qarab y’l tutish kam samaralidir. Asosan ular turg’un emas, trenirovka ta’siriga
bog’liq va saralash jaraynida ikkilamchi hisoblanadi. Boshlang’ich saralashda,
ba’zida malakasi yetarli bo’lmagan trenerlar qo’llaydigan, sport turiga xos
bo’lmagan sinovlar o’tkazish umuman foyda bermaydi. Mavsumiy sportlarda, bu
masalan, tortilish, turgan joydan uzoqlikka sakrash, panjalar dinamometriyasiga va
boshqalar. Bunday testlarning natijalari sportchini istiqbolligi mezoni bo’la
olmaydi. Jismoniysifatlar ko’rsatkichlari bolalarni ma’lum sport turlariga
saralashda qo’l kelishi mumkin. Sport bilan bir yoki undan ko’p vaqt
Shug’ullangandan keyingi davrda olingan jismoniysifatlar to’g’risida ma’lumotlar
saralashning navbatdagi bosqichlari vazifalarini echishda foydali bo’ladi.
Bolani ma’lum sport turiga jalb qilish to’g’risidagi qaror, bir yoki ikki belgi
bo’yicha emas, balki barcha mezonlarning majmuaviy bahosi bo’yicha qabul
qilinishi kerak. Ko’p yillik tayyorlovning ushbu bo’g’inida majmuaviy
yondashuvning alohida ahamyati Shunday, sport natijasi bu erda yosh sportchining
kelajak istiqboli to’g’risida deyarli hech qanday ma’lumot bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |