Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB)
apparatining namunaviy tuzilmasi
Alkogolli
mahsulotlar
sifati bo‘yicha
inspektorlar
Umumiy bo‘lim
Buxgalteriya
Standartlar-
ning davlat
nazorati
bo‘limi
O‘lchov
vositalarining
metrologik
nazorati
bo‘limi
Boshliq
o‘rinbosari
Standartlash-
tirish bo‘limi
Akkreditatsiya
qilinadigan
sertifikatlashtirish
organlari va sinov
laboratoriyalarini
nazorat qilish
bo‘limi
Boshliq
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish soha
larida ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘z yo‘nalishiga egadir.
O‘z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikat
lashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu
institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo‘yicha fundamental
tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikaning ushbu
sohalar bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti
hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish
uchun u:
30
– standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah
sulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan
milliy ilmiy baza yaratadi;
– standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah
sulot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy
asoslarini ishlab chiqadi;
– mahsulotning raqobatdoshlik xususiyatini ta’minlaydigan,
atrof-muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘-
lig‘ini saqlashga, mehnat xavfsizligini ta’minlashga, mudofaa
qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, me’yoriy va tashkiliy-
uslubiy hujjatlar bilan uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi hujjatlar
ishlab chiqadi va joriy etadi;
– standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki
uchraydigan muammolarni tadqiq qilish, davlat tilida me’yoriy
hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;
– yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
– standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mah
sulot sifatining ilmiy masalalari bo‘yicha xalqaro milliy va
mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
– standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish soha
larida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni
ta’minlaydi;
– sertifikatlashtirishsohasidaishlaydiganekspertauditorlarni
tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga
qaramay, shu kunga qadar respublika hayotida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va
yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu
sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan hisob-
lanadi.
Institut har taraflama tashkiliy, uslubiy va moddiytexnika
ta’minoti bo‘yicha mustahkamlanmoqda hamda bu sohalarda
31
ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislarni tayyorlab, kela-
jakda mustaqil respublika oldida turgan dolzarb muammolarni
yechishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi, degan umid-
damiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |