O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
SH.E. UMIDOV, Z.A. DJABBOROV
NAZORAT VA STANDARTLASHTIRISHNING
HUQUQIY ASOSLARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«NISO POLIGRAF»
2017
UO‘K: 351.821
KBK 67.401s
N18
Umidov, Sh.E. va boshq.
Nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari.
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. /Sh.E. Umidov
va boshq. O‘zbekiston Respubli kasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazir ligi. – T.: «Niso Poligraf», 2017. – 120 b.
UO‘K: 351.821
KBK 67.401s
Taqrizchilar:
Tadjibayeva G. – Toshkent sanoat kasb-hunar kolleji bo‘lim boshlig‘i;
Ahmedov T. – TashDAU Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va marketingi
kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, talaba lar,
magistrantlar va o‘quvchilarning keng ommasiga mo‘ljallangan. O‘quv
qo‘llanma nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslariga bag‘ish-
langan bo‘lib, standartlashtirishga doir hujjatlashtirish, unda metrologiya
xizmati, sertifikatlashtirish asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar keng yoritib
berilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ilmiy-metodik
Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
ISBN 978-9943-4870-6-2
© Sh.E. Umidov va boshq., 2017
© «Niso Poligraf», 2017
3
KIRISH
O‘zbekistonimiz ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga
boy ega. Ushbu meros G‘arb falsafasining shakllanishida,
buyuk olim va allomalarning dunyoga tanilishida munosib o‘rin
egallagan. Bundan tashqari, respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li»
asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga
ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
rivoj lanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizdan
yetishib chiqqan allomalarning hozirda ham ahamiyatli bo‘lgan
kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari taraqqiyotida
munosib o‘rin egallagan. G‘arbda Alfraganus nomi bilan tanil-
gan Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosining sathini o‘lchash uchun
mo‘ljallangan «Miqyosi Nil» qurilmasi, mashhur Ulug‘bekning
oddiy va sodda o‘lchash asboblari bilan o‘ta yuqori aniqlikda
tuzilgan «Yulduzlar jadvali», qomusiy olim Beruniyning mod-
dalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar
shular jumlasidandir.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali
bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda, eng avvalo,
uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida
«raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash»
alohida ahamiyatga ega. Iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘na-
lishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:
ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor eksport-
•
bop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’-
•
minlash;
4
mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish,
•
uni jadallik bilan rivojlantirish.
Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar
amalga oshirildi va natijada O‘zbekistonga faqat xomashyo
zonasi sifatida qaralishiga barham berildi.
Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi
parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini,
ularning texnikaviy tavsiflarini bilishi zarur. Bundan tashqari,
texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va bahola-
nadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni
ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i lozim.
Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri
kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan mukammal nazorat-
o‘lchash asboblari, qurilmalari va tizimlarini yaratishdir.
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish soha
larini o‘rganish talabalarda metrologiya, standartlashtirish va
sertifikatlashtirish bo‘yicha qoidalarni, talablarni, me’yorlarni
standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayon-
nomalarini, me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo etadi.
Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos
keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbar-
doshligini ta’minlashda, eng muhimi, respublikamizning
iqtiso-diy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalardan biri
sanaladi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |