1.2. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish
davlat tizimi
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan
iborat:
– atamalarni standartlashtirish;
– o‘lchovlarni, o‘lchash, sinov uskunalarini va ularni konst-
ruk siyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;
– mahsulotning o‘zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika
rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
– standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexa-
nizmlarni yaratish;
– xarajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bo‘lgan
texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;
– bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy
konstruktorlik ishlarini, shu jumladan, ekologiya sohasidagi ish-
larni e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;
11
– yetakchi mutaxassislar boshchiligida o‘tkaziladigan semi-
narlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan
foydalanish;
– sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni
targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir
yerga to‘plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat, bu
sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni
rivojlantirishning dolzarb masalalari hisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘p-
lashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan huj jat larga
murojaat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib,
ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda
joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘zRST 1.10-93
«O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi.
Asosiyatamalarvata’riflar»standartiyaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bo‘luvchi huj-
jatlar O‘zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metro-
logiya, sertifikatlashtirish instituti (SMSITI)da yaratilmoqda.
Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z RST 1.0-92, O‘z RST 1.1-
92, O‘z RST 1.2-92, O‘z RST 1.3-92 va boshqalar kiradi.
O‘z RST 1.0-92 «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish
davlat tizimi standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini,
standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-
qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini,
xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va
texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash
vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
12
O‘zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish
obyektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy
hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
– xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
– O‘zbekiston Respublikasining standartlari;
– tarmoq standartlari;
– texnikaviy shartlar;
– korxona standartlari;
– xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standart-
lashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan
qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli
bo‘lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug‘ulla-
nadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va
iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart «GOST» – bu standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash
tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan
milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng
doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
Korxona standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga
korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning
tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat
doirasida standartlar yangidan yaratilishi hamda xalqaro, min-
taqaviy va davlatlararo standartlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘lla-
nilishi ham mumkin.
Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar,
standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoida-
lar) ham mavjuddir.
13
Standart
pog‘onalari
Davlatlararo
standartlar
Uzluksiz
ta’limning
O‘zbekiston
davlat
standartlari
«O‘zstandart»
agentligi, O‘zdav-
arxitektqurqo‘m,
Tab.muh. qil.
dav. qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash
vazirligi
«O‘zstandart»
agentligi,
Iqtisod
tarmoqlari
«O‘zstandart»
agentligi,
hokimiyatlar,
iqtisod
tarmoqlari,
korxonalar
O‘zbekiston
davlat
standartlari
Tarmoq
standartlari
Jarayonlar
standartlari
Mahsulot (xizmat)
standartlari
Umumtexnikaviy
standartlar
Tashkiliy-
uslubiy
standartlar
Asosiy
standartlar
Nazorat usullari
(sinov va
o‘lchashlar, analiz
qilish) standartlari
Korxonalar
standartlari
Korxona va
tashkilotlar
Hokimiyatlar
Rahbariy
hujjatlar,
tavsiyanomalar
Ma’muriy-
hududiy
standartlar
Yevrosiyo
Davlatlararo
kengash
Standart turlari
Tasdiqlanish
darajasi
Vazirlar
Mahkamasi
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi
(O‘z RST)
14
Rahbariy hujjat deganda standartlashtirish idoralarining va
xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning
ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari,
tartibi va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushuniladi.
Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH) – bu buyurtmachi bilan
kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi yoki buyurtmachi tomo-
nidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan tex-
nikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.
Yo‘riqnoma (qoidalar) – instruksiya – bu ishlarni yoki ular-
ning ayrim bosqichlari mazmuni va tarkibini belgilovchi me’yoriy
hujjatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |