Demak, siz maqsadlaringizni yozib qo'yib ularni hozirgi zamonda va bo'ladigan
tarzda ifodaladingiz; ushbu maqsadlarga erishish uchun istalgan muddatingizni
belgiladingiz va ularga yetishishda muhim bo'lgan sabablarni aniqladingiz. Endi niyatingiz
ravshan — siz nimani xohlashingiz, nima uchun xohlashingiz va qaysi muddatgacha uni
www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Yigitcha o'z ro'yxatidagi to'rtinchi odam, katta xalqaro nashriyot kompaniyasining
bosh muharriri Erika Xill ro'parasida o'tirar edi. Yigitcha missis Xillni ko'rganda uning
nihoyatda yoshligidan hayratga tushdi. Bunday lavozimda yoshi ulug'roq kimsani
uchratishni kutardi, lekin Xill xonim 39 yoshda bo'lishiga qaramasdan, yoshiga nisbatan
o'n yoshga yoshroq ko'rinardi. Sariq sochlari uzun va kulrang ko'zlari chaqnoq bu
maftunkor ayol uch farzandli esa-da, o'zining sarv qomatini saqlab qolgan edi.
— Rostini aytsam, — javob berdi yigitcha, — bilmayman. O'ylaymanki, siz haqsiz.
Men o'z maqsadlarimni bilaman, lekin qachon bo'lmasin, ularga qanday erisha olishimni
bilmayman.
— Ha, xuddi shunday, — dedi Xill xonim. — O'n ikki yil muqaddam men xuddi
shunday vaziyatda edim. Men o'z xizmat sohamni erkin jurnalist sifatida boshlaganman,
hatto homiladorlik chog'imda ham, shuningdek, farzandlar tarbiyasi bilan shug'ullanish
vaqtida ham faoliyatimni davom ettirganman. O'sha kezlari meni qiziqtirgan mavzu —
yosh onalar va oilalar haqida yozardim. Bu degani, oilamizda qanday voqea sodir
bo'lmasin, odatda maqolalarimga material topa olardim. Ulardan ko'pchiligini men gazeta
va jurnallarga sotardim, agar uch bolamning tarbiyasi bilan ham bandligimni hisobga
olganda, umuman hayotim yo'lga yomon qo'yilmagandi. Lekin boshqa orzularim bor edi.
Istagim — shaxsiy jurnal nashr etish edi. Buning uchun juda katta mablag' zarurligi bois
bu orzuim hech amalga oshmasdek tuyulardi.
Kunlardan birida men intervyu olish uchun shimolga yo'l oldim va nogoh o'sha
shaharga ketayotgan keksa xitoylikni ko'rib qoldim. U bag'oyat do'stona kayfiyatda edi va
biz yo'l bo'yi gurunglashib ketdik. Qaysidir soniyada unga jurnalistligimni va o'z shaxsiy
jurnalimni yaratishni orzu qilishimni, ammo buning uchun kattagina mablag' talab etilishi
bois orzuim qachon bo'lmasin amalga oshishi gumonligini aytdim.
U men tomonga xiyol engashib, qo'limdan tutdi va: «Basharti siz buni astoydil
istasangiz, bu orzu emas» dedi.
— Bu nima degani? — so'radi yigitcha.
— Men unga xuddi shu savolni berdim, —javol berdi Xill xonim, — keksa hitoylik:
«Sizning aqligiz yetgan va ishona olgan barcha narsaga yetishish mumkin» dedi.
Yigitcha keksa xitoylik unga xuddi shunday deganini xotirladi va yon daftarchasiga
yoza boshladi.
— Shundan so'ng chol Haqiqiy Boylik sirlari haqida to'xtaldi, — davom etdi Xill
xonim. — U menga o'n kishining ism-familiyasi va telefol raqamlarini berdi va bu sirlar
nimaligini o'sha kishillar anglatishi mumkinligini aytdi. Men ularninl hammasi bilan
ko'rishmoqchi bo'ldim, chunki bundan shunchaki yaxshi bir hikoya chiqishi mumkin edi,
lekin tez orada chol va'da qilganini ular bajarayotganiga amin bo'ldim. Butun hayotimga
ulkan ta'sir etgan sirlardan biri harakatlarning puxta o'ylangan rejasi quvvati edi.
— Buning zamirida aynan nimani nazarda tutyapsiz? — so'radi yigitcha.
— Siz nimani istashingiz va nima uchun istashingizni bilishingiz juda muhim va
ba'zan hayotingizga maqsadlaringizni kiritish uchun shuning o'ziyoq kifoya etadi. Basharti
ko'zlagan maqsadingizga erishish yo'lida biror-bir harakatni qo'llalamoqchi bo'lsangiz,