www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
kelajakda biron bir yorug'lik chiqishidan umidsiz, buning ustiga ustak yana muzlatgichsiz
qolgandim. Uning gaplarini o'ylab ko'rish kferak edi. Shu bois cholning aytishicha, o'sha
sirlarni anglata oluvchi o'n kishidan iborat ro'yxatni qo'limga tutganida, ular bilan
uchrashib, bu haqda ko'proq bilib olishga ahd qildim.
Omadim kelgani shu-da! Ular hayotimda men uchun eng muhim dars berdilar, unga
ko'ra, o'z taqdirim uchun o'zim mas'uliyatli ekanimni angladim. Nima bo'lishidan qat'iy
nazar, yo'limd qanday vaziyatlar ko'ndalangligiga qaramay, istiqbolim uchun javobgarman
va o'zim istagancha kelajakni yaratish quvvatiga egaman.
Braun xonimning kuchli hissiyot va ishonch ufurib turgan hikoyasi yigitchaning
ruhini ko'tardi — uning so'zlarida samimiy ishonch borligiga hech shubha yo'q edi.
— Menda, ayniqsa, kuchli taassurot qoldirgan sir — bu maxsus bilimlar siri, — dedi
u.
— Chol haqiqatni so'zlagan, — dedi yigitcha. Bilim — bu kuch.
—Yo'q! — javob berdi Braun xonim, — bilim — bu yashirin kuch. Ular
tartiblashtirilib va harakatlarning o'ylangan rejasi yordamida aniq vazifani aql bilan
bajarilgan taqdirdagina kuchga aylanadi.
Yigitcha yon daftarchasiga yozib qo'ydi. Braun xonim esa so'zida davom etardi:
— Boylik to'plash uchun umumiy bilimlar hech qanday qimmatga ega emas, —
tushuntirdi u.
— Qulog'ingizga chalingan minglarcha mayda-chuydalarni bilishingiz mumkin, lekin
ular sizdagi yashirin imkoniyatlarga hech bir ta'sir ko'rsatmadi yoki sizni biroz bo'lsa-da
boyitmadi.
Boshqa tomondan, maxsus bilimlar doimo daromad keltirishga qodir. Qaysi biznesga
qo'l urmang, agar o'sha biznes haqida maxsus bilimlarga ega bo'lmasangiz,
muvaffaqiyatga erishish g'oyatda mushkul bo'ladi. Bu tushunarlidir: masalan, agar
do'stingiz sizga yangi tashkil etayotgan biznesga — aytaylik, antikvariat bilan savdo qilish
uchun pul qo'yishni istamaysizmi, deb so'rasa, unga ilk savolingiz qanday bo'lardi?
— Men undan antikvariat va u bilan savdo qilish to'g'risida nimalar bilishini
so'rayman, — deb javob berdi yigitcha.
— Albatta, — rozi bo'ldi Braun xonim, — axir do'stingiz sotib olayotgan va
sotayotgan narsalar hamda ularni sotish mumkin bo'lgan bozor to'g'risida hech nima
bilmasa, biznesi rivojlanmasligini bilasiz.
Lekin shunday savollarni o'zimizga tez-tez beramizmi? Pul va unga xarid qilish
mumkin bo'lgan narsalarga egalik qilishni istaymiz, lekin o'sha pul haqida nimalar bilish
zarurligini o'ylab ko'ramizmi? Agar, masalan, soliq to'lash huquqi to'g'risida hech nima
bilmasangiz, to'lash zarur bo'lgan miqdordan ko'ra ko'proq soliq to'layotganingizni bexos
bilib qolishingiz mumkin. Faqat meni to'g'ri tushuning, sizning soliq to'lovlaridan
qochishingizga mutlaqo undayotganim yo'q. Men aytmoqchimanki, modomiki siz
amaldagi soliq haqidagi qonunlardan boxabar bo'lsangiz — bu maxsus bilimlarni
o'zlashtirsangiz — zarur bo'lgandan ortiqroq darajada katta summalar to'lamasligingizga
imoningiz komil bo'lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |