www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
sizni bu maqsadlarga yaqinlashtiruvchi xatti-harakatlar yo'riqlarini ishlab chiqishingiz
kerak. Hamma ilg'or sportchilar o'z kelajagini rejalashtiradilar. Ular musobaqalar vaqtida
yaxshi formada bo'lishga harakat qilishi va shu holatni o'zlariga ta'minlash uchun mashq
qilish jadvalini tuzadilar. Musobaqadan avval va keyin ikki hafta — ularga to'g'ri
kelmaydi. Agar ular eng yaxshi natijalarga erishmoqchi bo'lsalar, o'sha voqeaning aynan
o'sha davrida ularning eng yaxshi holati zarur. Xuddi shuning kabi hayotda ham: o'z
mulkini yaratishda avval harakatlar rejasini o'ylab olib, shu asosda amal qilmagan biron-
bir millioner yo'q. Bundan bir necha yillar muqaddam juda badavlat va tadbirkor
biznesmendan uning muvaffaqiyatlarining siri nimadaligini so'raganimda, u menga uch
narsaga: tartibli bo'lish, tartibli bo'lish, tartibli bo'lish!.. qoidasiga amal qilgani tufayli
hamma tilaklariga yetganini aytib berdi. Bu javobda chuqur ma'no bor. Siz arxitektor
rejasisiz imorat qurishni tasavvur eta olasizmi? Buning uchun qanday ashyo va uskunalar
talab etiladi? Poydevor qayerga qo'yiladi? Bino qanday shaklda bo'ladi va necha qavatli
quriladi? Agar rejangiz bo'lmasa, hatto ishni nimadan boshlashni ham bilmaysiz.
Yigitcha rozi bo'lganday bosh irg'adi.
— Nima qurish niyatida bo'lsangiz ham, bu uy, kema, avtomobil... yoki davlat
bo'lsin, o'sha tamoyillar hamma narsalarga qo'llanadi. Barchasi uchun harakatlarning
o'ylangan rejasi zarur.
Harakatlarning o'ylangan rejasini tuzib, hayotimizni shunchaki qurishga kirishish
o'rniga o'zimiz istaganimizcha umr kechirmoq uchun hayotimizni rejalashtira olamiz. Bu
hatto mayda masalalarda ham asosiy o'rindir: faraz qilaylik, televizoringiz ishdan chiqdi va
sizga yangisi kerak. Siz sotib olmoqchi bo'lgan televizor rusumi va sotuvchi ham ma'lum.
Keyingi savol: uni olish uchun nima qilish kerak?
— Siz o'sha do'konni topishingiz, u yerga borib, zarur molni xarid qilishingiz kerak,
— dedi yigitcha.
— Yaxshi, bunday televizorlar sotiladigan, do'konni topdingiz. Lekin ular juda
qimmat bo'lsa-chi?
— U holda uni xarid qilolmaysiz. Bu juda oddiy hol, — javob berdi yigit.
— Keksa xitoylik bilan suhbatlashganingizda muammolarni yechishning oltin
qoidasini aytganmidi? — so'radi Xill xonim. U yon daftarchasini varaqlab, yigitga kerakli
betni topdi. «Sen barcha imkoniyatlarni sinab ko'rgandek tuyulgan taqdirda —o'qidi u, —
bunday emasligini yodingda tut».
— To'g’ri! — xitob qildi Xill xonim. — Doim boshqa bir yo'l bor. Shunchaki uni
topishingiz kera Demak, faraz qilaylik, televizor ikki yuz funt turadi, sizda esa faqat yuz
funt bor. O'sha televizorni sotib olish uchun nima qilasiz?
— Kutishingiz mumkin. Yuz funtini to'lab, qolganini yig'ishingiz mumkin. Oyiga o'n
funtda yig'ilsa, o'n oy ichida televizor sizniki.
— Ha, shunday imkoniyat ham bor. Lekin unda o'n oy davomida umringizni
televizorsiz o'tkazishingizga to'g'ri keladi. Yana nima qilishingiz mumkin?
— Menimcha, qarz ko'tarishim yoki uni kriditga olishim mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |