Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Bog'liq
boy bulish siri

www.aql.uz  - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar 

— Yo'g'-e, albatta yo'q, — dedi yigit. 

— Unda bu qanday uy bo'lishi kerak? 

— Shaharning shimoliy chekkasida besh xonali uyim bo'lishini istardim. 

— Mana, nihoyat, nimagadir kelib to'xtadik, — dedi janob Chepmen. 

—  Siz  ikki  barobar  ko'p  maosh  olsangiz,  shunday  uyni  sotib  olaman,  deb 

o'ylaysizmi? 

— Yo'q, — deya kulib yubordi yigit. — Buning uchun o'n barobar ko'p pul topishim 

zarur. 

—  Bo'lmasa  nima  uchun  hozirgina  ikki  barobar  ko'p  pul  topsam,  o'zimni  boy  deb 

hisoblardim, dedingiz. 

— Men... men bu haqda jiddiyroq o'ylab ko'rmagan ekanman, — tan oldi yigit. 

— So'zdagi qarama-qarshilikni ko'ryapsizmi? — so'radi janob Chepmen. 

—  Ko'pgina  kishilar  boy  bo'lish  istagini  bildiradilar,  lekin  ulardan  kamchiligi 

haqiqatda  nimani  va  nima  uchun  istashlarini  o'ylab  ko'rishga  fursat  topmaydilar.  Agar 

Haqiqiy  Boylik  yaratishni  boshlash  istagida  bo'lsangiz,  buning  hammasini  o'ylab 

olishingiz darkor. Nimani istashingiz va nima kerakligini eng mayda-chuydalarigacha aniq 

bilib olishingiz kerak. Masalan, yangi mashina olishni istayman, deyishning o'zi yetmaydi. 

Siz bu mashinaning rusumi, ko'rinishi va rangini aniq bilishingiz kerak, faqat o'shandagina 

aqlingiz  nimadadir  jamlanib  bir  fikrga  keladi.  Shu  bilan  birga,  aniq  maqsadingizga 

qo'shimcha  sifatida  nima  uchun  shuni  istashingiz  va  bu  maqsadga  yetishish  sizg  qanday 

foyda keltirishi sabablarini bilishingiz kerak. 

—  Men  yosh  chog'imda,  —  davom  etdi  janq  Chepmen,  —  mavjud  tizimni  yenga 

olaman,  del  o'ylardim.  Menga  hech  qanday  attestatlar  kerak  emas  edi,  ilm  meni 

qiziqtirmasdi.  Vaqtimni  chog’  o’tkazish  to'g'risidagina  qayg'ulardim.  Lekin  ko'p  o'tmay, 

hech qanday malakam bo'lmagani uchul tuzukroq ish topolmasligimga aqlim yetdi. Hozir 

o'tmishga nazar solganimda, bularning barchasi nihoyatda kulgili tuyuladi, lekin o'shanda 

maktabda  o'qigan  yillarimni  ayblardim.  Menga  doimo  o'qish  va  mutaxassislikni  egallash 

naqadar muhimligini aytishsa-da, bu gaplarga quloq solmasdim. 

O'z hayotimni qanday tashkil etishi zarurligini bilmas edim. Men g'oyat xafa, ezilgan 

ahvolda,  alam  og'ushida  edim.  Birovlarda  yangi  mashinalar,  katta  imoratlar  bor,  ular 

buyurtma berib kiyim tiktiradilar, jannatday joylarda hordiq chiqaradilar-u men esa nima  

uchun  bunday  qilolmayman.  Boshqalar  shularga  ega  bo'lish  uchun  o'z  vaqti  va 

harakatlarini sarfladilar shunga erishdilar, men esa yoshligimni behuda sovurib yubordim, 

degan  xayollar  meni  tark  etmasdi.  Buning  uchun  o'z  ota-ohamni,  o'qituvchilarni,  hatto 

hukumatni  ham  aybdor  hisoblardim,  ammo  haqiqatda  aybdor  faqat  bir  kishi  —  mening 

o'zim edim. 

Kunlardan bir kun keksa xolamdan meros oldim va ikki haftada hammasini sovurib, 

yaxshilab dam olib kelish uchun qanday joy tanlasam ekan, deya sayohatchilar  byurosiga 

bordim.  U  yerdan  sayohatlar  loyihalarini  olib,  diqqat  bilan  o'rganib  chiqish  maqsadida 

boqqa yo'l oldim. 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish