Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
boy bulish siri

Uchinchi sir 

NIYATNING ANIQLIGI QUVVATI 

Yigit  kelasi  haftada  xitoylik  bergan  ro'yxatda  keltirilgan  uchinchi  shaxs  —  Maykl 

Chepmen degan kishi bilan uchrashmoq uchun shahar markaziga yo'l oldi. Janob Chepmen 

xalqaro  aloqa  korporatsiyasi  prezidenti  edi.  Bu  odam  baland  bo'yli  va  ozg'in,  salobatli 

ko'rinishli, egniga yeng so'nggi rusumdagi mayda yo'lli to'q kulrang kostyum kiygan, toza 

paxta  matosidan  oq  ko'ylagiga  oddiyroq  bo'yinbog'  taqqan  edi.  U  qirqlardan  oshgan, 

jigarrang  sochlari  tekis  qirtishlangan  va  ohuday  yirik-yirik  ko'zlari  tufayli  ancha  yosh 

ko'rinardi.  Yigit  janob  Chepmenga  keksa  xitoylik  bilan  shuningdek,  undan  keyingi  ikki 

uchrashuv  to'g'risida  so'zlab  berganida,  u  barmoqlarini  bir-birig,  kirishtirgancha  chuqur 

o'yga cho'mgandek o'tirga o'rindig'iga suyandi. 

—  O'zingiz  haqingizda  biroz  so'zlab  bersangiz,-dedi  u  yigitga  qarata.  — 

Hayotingizda nimalarga erishmoqchisiz? 

— 

Kechirasiz,  janob?  —  janob  Chepmenning  to'g'ridan-to'g'ri  savolidan  biroz 



esankiragancha yigit unga qaytadan savol nazari bilan qaradi. 

— Hayotdan nimani tilaysiz? — takrorladi u. 

—  Ee...  mening  istagim,  bu...  baxtli  bo'lish,  salomat...  va  albatta,  boy  bo'lish,  — 

javob berdi yigit Axir buni har qanday inson istaydi-ku? 

— Ha. Xuddi shu bois juda kamchilik odamlar baxtli, sog'lom va boydirlar! 

— Bu bilan nima demoqchisiz? 

— Agar siz o'z hayotingizda nimani izlayotganingizni bilmasangiz, unda buni qanday 

topishingiz mumkin? 

— Hozirgina aytdim-ku, sog'lom, baxtli va boy bo'lishni istayman, — ta'kidladi yigit. 

—  Lekin  bularning  barchasi  juda  umumi  havoyi,  noaniq  gaplar.  Bularning  ortida 

nimalarni nazarda tutmoqdasiz? 

— 

Kechirasiz,  —  dedi  yigit  so'zini  bo'lib-bo’lib,  —  lekin  men  sizni  unchalik 



anglayolmayapman. 

— Yaxshi, unda «boy» tushunchasini ko'rib chiqaylik, axir aynan shuning uchun bu 

yerga  kelgansiz-ku.  O'zingizni  boy  deb  hisoblashingiz  uchun  qancha  mablag'  topishingiz 

kerak? 


— Ha... tushunarli, — dedi yigit undan nima istayotganlariga nihoyat aqli yetib. — 

O'zimni boy deb hisoblashim uchun jilla qursa hozirgidan ikki barobar ortiq pul topishni 

istar edim. 

— Yaxshi, shundan boshlaymiz. Yana nima? 

— Men hech qanday qarz-halovatsiz shaxsiy uyim, mashiham bo'lishini istardim... 

— Qanday uy va qanday mashina? — janob Chepmen uning so'zini bo'lib so'radi. 

— Bilmadim, — javob berdi yigit. — Buning ahamiyati yo'q. 

— Rostdanmi, — qiziqdi janob Chepmen. — Shahar harobalari tomondagi atigi bir 

xonali uy ham bo'laveradimi? 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish