6.2. Ozuqa materiallarini tozalash
Konsentrlashtirilgan, aralash va shirali ozuqalar tayyorlash texno-
logiyasiga muvofiq, dastlab mahsulotlar oldindan begona jismlardan
tozalanadi. Tuganak ildiz-mevalarni undan tashqari kichik iflosliklaridan
ajratish uchun yuviladi.
Konsentrlashtirilgan ozuqalami tozalashda elak, havoli elak, magnit
va elektromagnit separatorlardan foydalaniladi.
Donlarni tozalash separatorlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- dondan begona jismlaming kamida 60 % ni ajratish;
- tozalangan donda katta begona jismlar yo‘q bo‘lishi, ajratilgan
iflosliklarda esa don bo‘lmasligi kerak;
- kichik va yengil iflosliklaming umumiy massasidagi don miqdori
2 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |