Havoli-elakli separatorlar. Bu xildagi separatorlar donni begona
jismlardan kengligi, qalinligi va aerodinamik xususiyatlarining farqi
hisobiga tozalaydi. Ular ZSM elakli separatorlarga o ‘xshash 4ta turdagi
qabul qilish, navlash, to‘kish va elash elaklaridan tuzilgan bo‘lib,
tozalanayotgan donni shakli va o ‘lchamlariga qarab ajratadi.
ZSM tipidagi separatorlarda qo‘shimcha ventilator va pnevmatik
elash kanali qo‘llaniladi. Bunday separatorlar 4 ta modifikatsiyada chiqa-
riladi, ular 2,5 dan 10 t/soat gacha o‘zgarib turadigan ish unumi bilan farq
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |