Ikkinchi turdagi sun’iy energiya manbalariga elektr energiyasi, sanoat
korxonalarida olinadigan energiyalar kiradi.
Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan parrandachilikda birlamchi tabiiy
energiya manbalari sifatida suyuq gaz va qattiq holdagi yoqilg‘ilar va ular
asosida ishlaydigan texnika vositalari ishlatiladi.
Quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya turlaridan foydalanish
hozirgi vaqtda juda kam miqdomi tashkil etadi. О ‘ zbekistan Respublikasida
quyosh energiyasidan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud b o iib
hozir fanning bu sohasini rivojlantirishga katta e ’tibor berilmoqda. Bu
turdagi energiya manbasidan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida, shu
jumladan qishloq xo‘jaligida keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Xalq xo‘jaligida birlamchi tabiiy energiya manbalaridan texnik vosi-
talar yordamida mexanik, issiqlik, elektr energiyalari ishlab chiqariladi va
bu turdagi energiya vositalari chorvachilikdagi asosiy energiya manba
lari b o iib xizmat qiladi. Chorvachilikdagi turg‘un texnologik jarayonlar
uchun nisbatan arzon elektr energiyasidan foydalanish iqtisodiy jihatdan
ancha samaradorligi bilan xarakterlanadi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan energetika vositalari
va ulaming energetika balansi taqribiy ravishda, foiz hisobida quyidagi
cha: [7]
- traktor va o ‘zi yurar shassilar ...................................36,8;
- avtom obillar............................................................ 28-30;
- turli xil o‘zi yurar kombaynlar...............................12-15;
- elektr dvigatellari va qurilmalari .................................20;
- turli xil mexanik dvigatellar ...................................... 2-3;
- turli xil ish hayvonlari quvvatidan foydalanish.........0,5.
Qishloq xo‘jaligida energetika manbalari va vositalari qancha ko‘p
boiishiga qaramasdan traktorlar, o ‘zi yurar shassilar, kombaynlar va
elektr dvigateli asosiy energetik vositalari b o iib qolmoqda. Parrandachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirishda ishlatiladigan texnika vositalari shu turdagi energiya
vositalari yordamida ishlatiladi.
Parrandachilikda ishlatiladigan barcha texnika vositalari ko‘chma,
harakati cheklangan va turg‘un holatda ishlaydigan turlarga boiinadi.
Ko‘chma energetik vositalarga - traktorlar, o‘zi yurar shassilar,
o‘zi yurar kombaynlar, avtomobillar va turli ish hayvonlaridan tuzilgan
transport vositalari kiradi.
Harakati cheklangan energetik vositalarga - relsli yoiaklarda (yerga
o‘matilgan yoki osma holda) harakatlanadigan va sirpanuvchi elektr
kabellari bilan jihozlangan texnika vositalari (zanjirli-skreperli qurilmalar,
maxsus ozuqa tarqatgichlar, elektr telferlari va boshqalar) kiradi.
Turg‘un energetik vositalariga fermalarda ishlatiladigan texnologik
vositalaming elektr dvigatellari, shamol dvigatellari, turg‘un holda
ishlcg^Jadigan ichki yonuv dvigatellari va boshqalar kiradi.
Respublikamizda organik yoqilgi manbalarining cheklanganligi va
ekologik muhitning mo‘tadilligini saqlash maqsadida muqobil energiya
manbalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda.
Qishloq xo‘jaligida muqobil energiya manbalari bilan ishlatiladigan
texnika vositalarini yaratish va joriy etishga katta e’tibor berilmoqda.
Bu turdagi energiya vositalaridan foydalanishni quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha olib borish rejalashtirilgan:
- quyosh energiyasidan cpshloq xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarni
bajarishda asosiy issiqlik manbayi sifatida foydalanish;
- quyosh energiyasini boshqa turdagi energiya vositalariga aylanti-
rish, xususan elektr energiyasiga;
- to g ii hudud'larda suv energiyasidan unumli foydalanish va uni
elektr va mexanik energiyaga aylantirish;
- cho‘l hududlarida shamol energiyasini elektr yoki mexanik ener
giyasiga aylantirish, suv chiqarish va parrandachilik fermalarini
elektr energiyasi bilan ta’minlash;
- parrandachilik fermalari chiqindilaridan yuqori sifatli organik o‘g‘it
tayyorlash va biogaz ishlab chiqarish;
- chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari uchun kam
energiya bilan ishlaydigan mashina va qurilmalar tizimini yaratish
va amaliyotga tadbiq etish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: