Hujayralarning ajoyib sifatlaridan biri – uning o`zidan ko`payishidir. Bu jarayon hujayra
yoki nobud bo`lishigacha bo`lgan siklik davrdir. Ko`p hujayrali hayvonlarda hujayraning hayot sikli
42
doimo yangi hujayralar bilan almashinib turadi. Hujayraning reproduktsiyasi organizm o`sishi va
taraqqiyotining asosi hisoblanadi.
Hujayra reproduktsiyasining bir necha turlari bor: mitoz (noto`g`ri bo`linish), meyoz va
poliploidiya.
Mitoz. Mitotik bo`linish o`tgan asrning oxirlarida hayvon hujayralarida Flemming (1882),
o`simlik hujayralarida Strasburger (1882) tomonidan ta’riflangan. Mitoz (yunoncha mitos - ip)
bo`linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir.
Hujayra bo`linishidagi jarayonlar ma’lum qonuniyat asosida borib, ularni ketma-ket keladigan
interfaza va mitozga bo`lish mumkin. Ba’zi bir hujayralar populyatsiyasi bo`linishda bo`ladi (kambial
zona hujayralari). Bo`linishga tayyorgarlik vaktini: (interfaza) va mitoz bo`linishni qo`shib mitotik
sikl deyiladi (25-rasm).
I n t e r f a z a ilk davrida hujayra ichidagi strukturalarning keskin
o`sishi va shakllanishi
boshlanadi. Bu davrga G
1
– sintez oldi davri deb ataladi. Bioximiyaviy tomondan bu davr oqsil va
RNK intensiv sintezi bilan ifodalanadi, bu davr bo`linuvch hujayralar generatsiya vaqtining 30-40%
ni tashkil etadi. G
1
davrida uzun va o`zaro chigal hosil qilgan yadro xromatini bo’- yoqlarni yomon
qabul qiladi (geteroxromatin bo`limlaridan tashqari). So`ngra DNK
sintezi davriga o`tadi Bu - sintetik
davr - S. Bu davr davomida yadroda DNK sintezi kuzatiladi. Generatsiya vaqtining 30-50% ini tashkil
qiluvchi bu davrda DNK ning spetsifik azot asosi timidin yadro xromatini tarkibiga kiradi. Sintetik
davr natijasida xromosomalar, ya’ni hujayraning nasl materiali ikki marta ko`payadi. S davrdan so`ng
G
2
- mitoz oldi davri kelib, u hujayraning spetsifik oqsillar hamda
ATF sintezi va hujayraning bo`linishiga tayyorgarligi bilan
ifodalanadi. Bu davr generatsiya vaqtining 10-20% ini tashkil
etadi. G
2
-davridan so`ng, generatsiya vaqtining 5-10% ini tashkil
qiluvchi M - mitoz davri boshlanadi.
M i t o z jarayonining o`zida 4 faza farq qilinadi (26, 27,
34-rasmlar).
Profazada xromosomalarning kondensatsiya bo`lishi va
mitotik apparatning shakllanishi kuzatiladi. Xromosomalar
kattalashadi va yo`g`onlashadi. Bu hodisa S davrida hosil bo`lgan
xromatidalarning spirallanishi bilan tushuntiriladi. Spiralizatsiya
protsessida xromatidalarning biri ikkinchisi atrofida aylanmay,
balki har biri o`zicha spiral hosil qiladi. Shuning uchun ular
mitozning keyingi fazalarida yengil ajraladi. Profazaning oxirida
xromosomalar
juft
xromatidalardan
tashkil
topdi.
Xromosomalarning kattalashishi va yo`g`onlashishi bilan birga
xromatidalar sentromerlar deb ataluvchi ma’lum bo`lmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida
xromosomalar bo`linayotgan yadroning ekvatorial yuzasida joylashib, bo`linish dukchasini hosil qila
boshlaydi (27-rasm, a). Duk ikki tipdagi ipchalardan - qutblarni birlashtirib turuvchi markaziy va
qutblarni xromosoma sentromerlari bilan birlashtirib turuvchi xromosoma ipchalaridan tashkil
topgan. Elektron mikroskopiya mitotik apparat ipchalari zich devorli naychalardan tashkil
topganligini ko`rsatadi. Ularning diametri 20 nm, devori qalinligi 4-5 nm.
Hayvonlarda sentriolalar orasidagi dukcha sentriolalar yad-roning bir tomonida yotganda hosil
bo`ladi. So`ngra, sentriolalar yadroning qarama-qarshi qutblariga qarab siljiydi. Bu vaqtda dukcha
kattalashib, yadro sohasini egallab oladi. Profaza uchun yadrochaning yo`qolishi va yadro qobig`ining
erishi xarakterlidir. Elektron mikroskopik kuzatishlar mitoz davrida yadro. qobig`ining bo`lakchalari
yo`qolmay, balki endoplazmatik to`r membranalarga aylanishini ko`rsatdi. Mitoz oxirida yadro
qobig`i donador endoplazmatik to`r membranalaridan qayta hosil bo`ladi.
25- rasm. Mitotik sikl
(sxema).
G
1
-
presintetik
(postmitotik) davr; S - sintetik
davr;
G
Do'stlaringiz bilan baham: