O’roqsimon hujayrali kamqonlik
O’roqsimon hujayrali kamqonlik ( Gemoglobinopatiya -S) - eritrotsitlarning o’roqsimon
shaklga kirishi bilan kechadigan irsiy gemolitik kamqonlik.Kasallik ko‘pincha Amerika, Afrika,
Hindiston, Gretsiya davlatlarida keng tarqalgan.
Patogenez.
Kasallik patogenizi asosida betta polipeptid zanjiridagi autosom gen mutatsiyasi yotadi.Bunda
valin o’rniga glutamin kislota kelib o’rnashadi.Natijada fizik va ximiyaviy jihatdan o’zgargan S
shaklidagi anomal gemoglobin paydo bo‘ladi.Dezoksigenizirlangan (kislorodini bergan)
gemoglobin S tez erimaydi,polimerazatsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lib,ipsimon bo‘lib
qoladi.Keyinchalik ular kristallarga aylanadi.Bu o‘zgarishlar eritrotsitlar membranasini
deformatsiyasi va funksional o‘zgarishi,gemoliziga olib keladi.Eritrotsitlar mo’rt,yashash
davomiyligi kamaygan,oson gemolizlanadigan bo‘ladi.Bundan tashqari eritrotsitlar bir-biriga
yopishib,mexanik to’siq hosil qiladi.Bu mikrotsirkulyatsiyaga xalakit berib,trombozlarni yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi.
Klinika.
Geterozigotali formasi-kasallik yoki onadan,yoki otadan o’tadi.Kasallik og‘ir kechmaydi.Ular
tashuvchi hisoblanadi.Ularning eritrotsitlarida birdaniga HbA1 va HbS aniqlanadi.Bunday
munosabat (normal va patologik gemoglobin) fiziologik sharoitda eritrotsitlar o’roqsimon shaklga
kirmaydi,yashash muddati ham qisqarmaydi.
Gomozigotali formasida-kasallik belgilari bolaning 6-8 oyligida namoyon bo‘ladi.Xuddi mana
shu vaqtda HbF HbS ga aylanadi.O‘tkir va surunkali turi farqlanadi.
O‘tkir turida sariqlik,bel va qorin sohasida og‘riq,ossalgiya (naysimon suyaklarda), tovon va oyoq
panjalarining shishishi (o’roqsimon daktilit ), o‘tkir ko’krak sindromi (ko’krak qafasida og‘riq,
hansirash, qon tupurish, o’choqli pnevmaniyaning fizikal simptomatikasi, plevra ishkalanish
shovqini), o‘tkir nevrologik sindrom (insult, tutqanoqlar, tranzitor ishemik ataka), ko’z qon-
tomirlarida qon aylanish yaxshi bo’lmaganligi sababli ko’rish pasayadi.Siydik ajratish sistemasida
priapizm, makrogematuriya, buyrak so’rg’ichlari nekrozi, tana haroratining ko’tarilishi, arterial
gipertoniya kuzatiladi. Splenomegaliya, sovuk terlash kuzatiladi.
Surunkali turida kasallik vaqt- vaqti bilan qo’zib turadi.Kasallarni umumiy holsizlik, teri va
shilliq qavatlar sarg’aygan, hansirash, bel sohasida og‘riq, mushaklar atrofiyasi, yurganda
bo’g’imlarda og‘riq, bosh og’rigi, xotira pasayishi, parez, paralich,tutqanoqlar, polineyropatiya,
periferik nevrit, nutq buzilishi kuzatiladi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |