S xolmuratov korxonada kadrlar


  Zaxiradagilarni  kasbiy faoliyatga  tayyorlash



Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/130
Sana10.09.2021
Hajmi1,64 Mb.
#170966
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130
Bog'liq
2321-Текст статьи-5722-1-10-20200702

7.  Zaxiradagilarni  kasbiy faoliyatga  tayyorlash 
 
7.2.  Ekspertlar,  shu  jumladan,  tanlov  komissiyasi  a’zolari 
ham,  korxona  kadrlar  reestriga  kiruvchi  har  bir  lavozim  guruh-
laridagi  xodim  uni  muvaffaqiyatli  bajarish  uchun  ega  bo‘lishi  
kerak  bo‘lgan  (kasbiy,  ishchan,  shaxsiy)  fazilatlarning  majmuini 
ishlab  chiqadilar.  Tanlov  komissiyasi  a’zolari  nomzodlarning 
ushbu  fazilatlarga  ega  bo‘lishi  nuqtayi  nazaridan  zaxira  tarkibiga 
kiruvchi har bir nomzodni baholaydi. 
7.3.  Ishbilarmon  lavozim  o‘sishining  istiqbollariga  qarab 
zaxira  tezkor  va  strategik  yo‘nalishda  bo‘lishi    mumkin.  Tezkor 
zaxiraga  rivojlanish  salohiyati  kamroq  bo‘lgan  va  lavozim 
ko‘tarilishida  cheklangan,  strategikka  esa  katta  rivojlanish 
salohiyatiga  ega  zaxiradagilar  kiradi.  Bu  zaxirani  tayyorlash 
mablag‘larni samarali taqsimlash imkonini beradi. 
7.4.  Zaxira  tarkibi,  rejalashtirilgan  lavozimni  egallashga 
tayyorgarlik darajasiga qarab,  shartli ravishda uch turga bo‘linishi 
mumkin:  
- tayyor; 
- istiqbolli; 
- maxsus.   
Bunga  asosan  shakllangan  zaxira  tarkibi  turli  guruhlarga 
bo‘linadi.  Kadrlar  xizmati  zaxiradagilarning  keyingi  ta’lim  bos-
qichlarini  ishlab chiqadi. 
• Tayyor zaxira – hozirgi paytda rahbarlik lavozimini egallashi 
mumkin  bo‘lgan  xodimlar  va  ularga  buning  uchun  maxsus 
qo‘shimcha tayyorgarlik talab qilinmaydi. 
• Istiqbolli    zaxira    –  oliy  o‘quv  yurtlarining  istiqboli  bor 
talabalari,  31  yoshgacha  bo‘lgan  yosh  mutaxassislar.  Bu  maxsus 
tayyorgarlikdan  so‘ng  rejalashtirilgan  rahbarlik  lavozimini 
egallashi  mumkin  bo‘lgan  xodimlar  guruhi.  Oliy  o‘quv  yurtlari 
talabalari  orasidan  istiqbolli  zaxira  tarkibiga  nomzodlarni 
ko‘rsatish  oliy  o‘quv  yurtlarining  rahbariyati  tomonidan  amalga 


51 
oshiriladi,  31  yoshgacha  bo‘lgan  yosh  mutaxassislar  esa 
korxonaning  tarkibiy  bo‘linmalar  rahbarlari    tomonidan  tavsiya 
qilinadi.  
Istiqbolli  zaxira  bilan  ishlashning  o‘ziga  xos  xususiyati  turli 
jamoat  tashkilotlarini  ishga  jalb  qilish,  tahliliy  ishlarni 
tayyorlashda  ishtirok  etish,  turli  treninglarda  ishtirok  etish  orqali 
kelajak rahbarning fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. 
•  Maxsus  zaxira  –  boshqaruv  faoliyatida  o‘z  qobiliyatlarini 
namoyish  etgan  va  ishida  eng  yaxshi  natijalarga  erishgan,  har 
qanday  vaziyatda  vakant  rahbarlik  lavozimiga  tayyor  bo‘lgan 
nomzodlardir.  
Zaxiradagilarni    muayyan  zaxira  turiga  kiritish  to‘g‘risida 
qarorni tanlov komissiyasi qabul qiladi. 
7.5.  Zaxiraga  tayyorlashning  asosiy  shakllari  quyidagilardan 
iborat: 
ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim (tayyorlash, qayta tayyor-
lash, malaka oshirish); 
individual  rivojlanish  rejalari  bo‘yicha  mustaqil  ta’lim  (mus-
taqil o‘qish); 
seminarlar;  
stajyorlik. 
Zaxira bilan ishlash tizimida tayyorgarlikning boshqa shakllari 
ham qo‘llanishi mumkin: 
korxona    rahbariyatining  majlislari,  seminarlari,  kengashlari, 
komissiyalari ishida ishtirok etishga jalb qilish; 
dolzarb muammolar bo‘yicha tahliliy sharhlarni tayyorlash;  
rahbarlik lavozimini vaqtincha almashtirish; 
almashtirishga  rejalashtirilgan  rahbarlik  lavozimi  ixtisosi 
bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik.  
7.6.  Zaxiradagilarni    rejalashtirilgan  lavozimlariga  jadallash-
tirilgan  ta’lim  va  ko‘tarilishining  muhim  elementi  rotatsiya 
bo‘lishi  mumkin.  Rotatsiya  xodimni  gorizontal  ravishda  axloqiy 
va  moddiy  qo‘shimcha  sabablar  bilan  bitta  mansabli  darajadagi 
lavozimga tayinlashdir. 
Rotatsiya  qisqa  va  uzoq  muddatli  bo‘lishi  mumkin.  Xodim 
tomonidan boshqa bo‘linmalarning ishini tasavvur etishi, korxona 


52 
faoliyatining ishlab chiqarish davri va o‘zini boshqa sohada sinab 
ko‘rish  imkoniyati,  yangi  bilim  va  ko‘nikmalar,  Shu  jumladan, 
boshqaruv bilimlarini olish rotatsiyaning ustunliklaridir. 
Muvaffaqiyatli rotatsiya shartlari – ixtiyoriylik, bo‘sh o‘rinlar 
mavjudligi,  almashtiriluvchi  va  yangi  bo‘ysunuvchilarning  ham 
bevosita rahbari sifatida rotatsiyaga tayyorlanishdir. 
7.7.  Zaxiradagilarni    tayyorlashning  muhim  shakli  turli 
davriylik  bilan  o‘tkazilishi  mumkin  bo‘lgan  “zaxiradagilar  kuni” 
bo‘lishi  mumkin.  Uning  mohiyati  – zaxiradagilar   kun  davomida 
amaliyotda  bilimlarni  qanday  qo‘llashni  bilishni  o‘rganadilar. 
Zaxira  tarkibiga  kiritilgan  xodimlar  rahbar,  uning  lavozimida 
zaxiradagilardan  foydalanishi  shart  bo‘lib,  lavozim  vazifalari, 
huquqlari  va  mas’uliyatini  bir  kunga  o‘z  zimmalariga  oladilar. 
Ikkinchisi  rejalashtrilgan  lavozimda  ishni  tashkil  etish  bo‘yicha 
barcha  kerakli  chora-tadbirlarni  bajaradi,  Shuningdek  barcha 
qabul  qilinayotgan  qarorlar  uchun  mas’ul  bo‘ladilar.  Zaxiradagi 
xodimni  kurator  nazorat  qiladi  –    uning  tayyorgarlik  darajasi, 
amaliy  tashkiliy  va  boshqa  qobiliyat  hamda  ko‘nikmalarini 
tartibga  soladilar.  Zaxiradagilar  kuni  tugagach,  zaxiradagi 
bevosita  rahbar  bilan  birgalikda  tarkibiy  bo‘linmaning  ishlab 
chiqarish  faoliyatini  tahlil  qiladi.  Tahlil  jarayonida  zaxiradagi  
xodimning  ijobiy  va  salbiy  natijalari  aniqlanadi,  kelgusida  ularni 
to‘g‘irlash  va  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  xatolarga  e’tibor 
qaratiladi.  Tanlov  komissiyasi  yig‘ilishida  bo‘linma  rahbarlari 
“zaxirachi  kuni”ning  o‘tkazilishi  haqida  hisobot  beradilar, 
zaxiradagilarning  kasbiy  faoliyati  natijalarini  ko‘rib  chiqadilar, 
ularning keyinchalik kasbiy o‘sishi bo‘yicha takliflar kiritadilar. 
7.8.  Istiqbolli    zaxirada  bo‘lganlarning    professional  tayyor-
garligi  tadbirlari  bevosita  va  yuqori  turuvchi  rahbar,  Shuningdek, 
korxonaning    kadrlar  xizmati  rahbari  ishtirokida  maxsus  ishlab 
chiqiluvchi individual rivojlanish rejalariga muvofiq o‘tkaziladi. 
•  Individual  rivojlanish  rejasi  zaxirada  bo‘lish  butun  davri 
mobaynida  amal  qiladi  va  zaxiradagilarni    eng  yuqori  darajadagi 
lavozimlarni  egallashga  tayyorlashni  rejalashtirish,  o‘z-o‘zini 
nazorat qilish va xodimning lavozim o‘sishini tuzishda qo‘llashga 
mo‘ljallangan. Agar zaxiradagi  shaxs  tavsiya qilingan muayyan 


53 
lavozimga  bosh  nomzod  sifatida  ko‘rsatilsa,  uning    individual 
rivojlanish  dasturi  zaxiradagi  kadr  shaxsiy  ishining  bir  qismi 
hisoblanadi  va  vaqti-vaqti  bilan  faollashtiriladi.  Individual 
rivojlanish  rejasi  zaxiradagilarning  kelgusi  lavozimlar  maqsad  va 
vazifalariga bog‘liq rejalar mazmuni, o‘qish shakllarini o‘z ichiga 
oladi.  
U quyidagi vazifalarga ega: 
– 
stajyorlikka;  
– 
rotatsiyaga; 
– 
malakani oshirishga; 
– 
boshqaruvga tayyorgarlikka; 
– 
tahliliy  hujjatlarni,  tashkilotning  ham  umuman  olganda  va 
lavozimni  almashishga rejalashtirilgan  vakolatlar doirasiga  kiruv-
chilar  ham  faoliyatiga  daxldor  qarorlar  loyihasini  tayyorlashda 
ishtirok etish; 
– 
ish joyidagi murabbiy bilan loyihaviy ta’lim; 
– 
mustaqil  ta’lim,  kelgusi  lavozimi  amalga  oshirilganda 
foydalanishi mumkin bo‘lgan belgilangan yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or 
tajribani o‘rganish. 
 

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish