sug’urtasi va pensiya ta’minoti.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga
amaldagi qonun va qonun osti hujjatlari hamda ularda belgilangan tariflar va
baholash mezonlari bo’yicha ishning miqdori hamda sifatiga muvofiq haq
to’lanadi. Ushbu davr mobaynida mehnat qonunchiligi normalari va mehnat
vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga to’lanadigan oylik ish haqi
qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bo’lishi
va eng yuqori miqdor bilan chegaralanishi mumkin emas. Eng kam ish
haqiga qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantiruvchi to’lovlar,
normalar ish vaqtidan tashqari qilingan mehnat uchun oshirilgan to’lov,
shuningdek, tuman koefitsentlari ish haqi hisobiga kirmaydi.
Mahkumlar mehnatiga ishbay va vaqtbay tartibida haq to’lanadi.
Mahkumlar mehnatiga haq to’lashning asosiy tizimi barcha ishlarda
me’yorlashtirish va aniq hisob-kitobni ta’minlovichi ishbay haq to’lash
hisoblanadi. Ishbay haq to’lash individual yoki jamoaviy bo’lishi mumkin.
Mehnatga individual haq to’lashda mahkumning butun maoshi u tayyorlagan
yaroqli mahsulot miqdori va har bir mahsulot birligi uchun ishbay baholash
yo’li bilan aniqlanadi. Jamoaviy haq to’lashda jamoa (brigada)ning umumiy
maoshi muayyan vaqt, (smena, hafta, oy) davomida bajarilgan butun ish
natijalariga qarab hisoblanadi. Lekin jamoaning har bir a’zosiga bu maosh
unga belgilangan tartibda berilgan malakaviy razryadi va jamoada ishlagan
vaqtni hisobga olgan holda ajratiladi. Vaqtbay haq to’lash faqat me’yor-
lashtirilmagan va aniq hisobga asoslanmagan ishlarda qo’llaniladi.
Mahkumlarga vaqtbay haq to’lashda har oylik ish kuni uchun kunlik ta’rif
stavkasi ajratiladi. Oylik haq to’lashda mahkumning oylik maoshi kalendar
bo’yicha bu oydagi ish kuni miqdoridan qat’iy nazar qa’tiy oylik stavkasi
shaklida, lekin har bir kunda ishlagan vaqtni hisobga olgan holda belgilanadi.
Mahkumlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish, ishlab chiqarish
samaradorligini va rentabelligini oshirish, mehnat unumdorligini o’stirish,
mahsulot sifatini yaxshilash va hokazo maqsadida vaqtbay-mukofotlash va
ishbay-mukofotlash tarzida haq to’lash tizimi joriy qilinadi.[ Jinoyat-ijroiya
huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Mas’ul muharrir: B.J.Axrorov. –T.:
O’qituvchi, 2002. – 208 b.]
Mahkumlar dam olish va bayram (ish kunidan tashqari) kunlarida
ishga, shuningdek, hashar ishlariga jalb qilinganda ularga ikki baravardan
kam bo’lmagan haq to’lanadi.
151
Tungi vaqtdagi ishga (22-00 dan 6-00 gacha) bir yarim baravar
miqdorda haq to’lanadi. Tungi vaqtdagi ishlar uchun haq to’lash ta’rif
stavkalariga kiritilmaydi.
Mahkumning aybi bilan yo’l qo’yilgan to’liq ishlamaganlik yoki
qisman ishlanmagan vaqt uchun haq to’lanmaydi. Mahkumning aybi bilan
yo’l qo’yilgan qisman sifatsiz bajarilgan ishlar uchun kamaytirilgan
miqdorda haq to’lanadi. Mahsulotning yaroqlilik foizi bunday hollarda
muassasa ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Agar sifatsiz maxsulotni
ishlab chiqarishda mahkumning aybi bo’lmasa, u holda mahkumning
o’rtacha maoshi saqlab qolinadi. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarilgunga
qadar sifatsiz mahsulotlar uchun tegishli razryaddagi ta’rif stavkasi hisobidan
haq to’lanadi.[ Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. / M.H.Rustamboev,
B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev.
– T.: TDYI, 2007. – 574 b.]
Mahkumlarning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug’urtasi masalasi
Jinoyat-ijroiya kodeksining 96-moddasida o’z ifodasini to’gan.
Mahkumlarni oylik maoshidan davlat sug’urtasi uchun mablag’lar
ajratilmaydi. Ozodikdan mahrum etilgan mahkumlarga O’zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan Davlat ijtimoiy sug’urtalash
mablag’lari hisobidan ta’minot turlari bo’yicha nafaqalar qo’llanilmaydi.
Nafaqaxo’r ozodlikdan mahrum etilganida unga belgilangan
nafaqaning to’lovi to’xtatiladi. Nafaqaxo’r ozodlikdan mahrum etish
joylaridan ozod bo’lib chiqqanidan so’ng, unga belgilangan nafaqaning
berilishi u murojaat qilgan kundan boshlab tiklanadi. Ozodikdan mahrum
etish ko’rinishidagi jazoni o’tash davrida mahkumlar tomonidan yetkazilgan
moddiy zararni qo’lash huquqidan foydalanmaydilar.
Jazoni o’tash mobaynida mehnat qilish layoqatini yo’qotib, o’rnatilgan
tartibda nogiron deb tan olingan shaxslar nafaqa olish huquqiga egadirlar.
Nogironlik bo’yicha nafaqa tayinlashda mehnatga layoqatlilik yo’qotilgan
holatlari ham ahamiyatga ega. Jazoni o’tash davrida mahkumlarning
mehnatga layoqatliligini yo’qotganligi “umumiy kasallanish” natijasida
mehnatga layoqatlilikni yo’qotish, deb hisoblanadi. Nafaqa miqdorini
belgilashda shaxsning mehnat staji ham inobatga olinadi. Jazoni o’tash davri
mehnat stajiga kiritilmasligi tufayli mahkum jazodan ozod etilgach yoki uni
o’tab bo’lgandan so’ng, nafaqaga chiqishida uing ozodlikdan mahrum
etilgunga qadar bo’lgan mehnat staji e’tiborga olinadi.
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo’lgan shaxslarga nafaqa
tayinlash masalasi ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan hal etiladi.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |