Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

Filtrlash. Qattiq moddalarni suyuq moddalardan yupqa g‘ovakli to‘siq orqali 
ajratishdir.  Suyuq  filtrlanuvchi  modda  material  kapillyarlaridan  o‘tadi,  kapillyar 
o‘lchamidan  katta  bo‘lgan  zarrachalar  esa  material    yuzasida  ushlanib  qolinadi  va 
cho‘kma hosil qiladi. Bu cho‘kma filtrlash jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki u 
to‘planib, uning o‘zi filtrlovchi material sifatida xizmat qiladi. 
Filtrlash tezligini (m/cek) quyidagi formula bilan ifodalanadi. 


Sd
V


 
Filtrlashning asosiy differensial tenglamasi quyidagicha 
)
(
фn
oc
R
R
P
Sd
V






 
bu yerda: V - filtrat hajmi, m
3

               s  - filtrlash yuzasi, m
2

              

 - filtrlash vaqti, c;             
               p - bosim farqi, n/m
2

               

 - suyuq fazaning dinamik qovushqoqligi, Pa∙c; 
               R
oc 
- cho‘kma qatlamning qarshiligi, m
-1

               R
fn
 - filtrlovchi to‘siqning qarshiligi, m
-1

Filtrlash tezligini oshirish uchun bosimni oshirib, qovushqoqlikni kamaytirish 
kerak.  Cho‘kma  siqiladigan  va  siqilmaydigan  guruhlarga  bo‘linadi.  Siqilmaydigan 
cho‘kmalar,  bu  shunday  cho‘kmalar,  bunda  g‘ovaklar  bosimlar  farqi  ko‘tarilganda 
ham kamaymaydi, aksincha g‘ovaklar siqiladigan cho‘kmalarda kamayadi. Yog‘larni 
filtrlash  jarayonida  hosil  bo‘ladigan  cho‘kmalar  (fosfatidlar,  oqsillar,  shilimshiq 
moddalar  va  x.k.)  siqiladigan  cho‘kmalardir.  Yog‘-moy  sanoatida  paxtali  (belting, 
diagonal) yoki sintetik filtrlovchi gazlamalar ishlatiladi. 
Filtrlash  jarayoni  davriy  yoki  uzluksiz  usulda  olib  boriladi.  Filtrpress  to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklidagi vertikal birin-ketin joylashtirilgan ariqchali plitalar va bo‘sh 
ramalardan tashkil topgan. Har bitta rama filtrli mato bilan o‘raladi. Plita va ramalar 
qo‘zg‘almas  korpusga  mustahkamlangan  gorizontal  tayanch  balkalarga  tirab 
qo‘yiladi. Plita va ramalarning yon qismida teshiklari bo‘lib, ular birlashib kanal hosil 
qiladi. Filtrpress yuqori qismidan suspenziya (yog‘) beriladi va pastki qismidan filtrat 
oqib tushadi.  
Filtrpress  gorizontal  staninaga  joylashtirilgan  15-50  ta  vertikal  filtrlash 
yacheykalardan iborat.  


 
15 
 
4 – rasm. Filtr-press elementlari. 
  
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki (7) kanaldan (5) teshik orqali yog‘ rama 
II ning ichki qismini to‘ldiradi. Bosim ostida yog‘ mato orqali o‘tib filtrlanadi. 
 
Yog‘  I  plitaning  rifli  yuzasidan  oqib  tushadi  va  (4)  teshik  orqali  yig‘ish 
tornoviga  yig‘iladi.  Filtr  mato  yuzasida  yig‘ilgan  cho‘kma  asta-sekin  ramaning 
bo‘shliq  qismini  to‘ldiradi.  Ramaning  bo‘shliq  qismi  cho‘kma  bilan  to‘lganda 
filtrlash  jarayonining  bosimi  ko‘tariladi,  filtrlash  to‘xtatiladi  va  filtrpress tozalanadi. 
Filtrlash jarayoni boshlanishida filtr mato yuzasida filtrlash qatlami hosil bo‘lganda, 
loyqa  filtrat  oqadi,  u  alohida  yig‘iladi  va  qaytadan  filtrlashga  beriladi.  Filtrpress 
ishlaganda bosim 0,15-0,20kPa (1,5-2,5 kgc/sm
2
)dan oshmasligi kerak. 
CHo‘kmalarni  mexanizatsiyalashgan  va  avtomatlashgan  holda  bo‘shatishga 
asoslangan  turli  filtrlar  ma’lum.  Uzluksiz  ravishda  ishlash  uchun  odatda  2  ta  filtr 
o‘rnatiladi.  Hozirgi  zamon  uzluksiz  ishlaydigan  filtrlar  diskli,  patronli,  ko‘rinishda 
bo‘ladi. Filtrlashdan oldin odatda filtrlovchi elementda yupqa qatlam hosil qilinadi. 
 
 
Takrorlash uchun savollar 
1.  Moylarni rafinatsiyalashning zarurligi. 
2.  Rafinatsiya usullari 
3.  Rafinatsiya qilingan yog‘ga qo‘yiladigan talablar. 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar 
1. Rafinatsiya 
2. Tozalanmagan forpress moyi 
3. CHo‘ktirish  
4. Tindirish 
5. Sentrafugalash 
6. Filtrlash 
7. CHo‘kish tezligi 
 
 
 
 
 


 
16 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish