xirurgik tozalash. Bunga yaralarni kesib kattalashtirish, qisman kesib
shimadigan bog‘lam va drenajlar qo‘yish.
8
kuchsizlantirish, yara to‘qimalarining reaktivligini kuchaytirish,
operatsiya qilinadigan maydon, xirurgning qo‘li, tikuv materiallari,
qo‘lqop va asboblarni zararsizlantirish.
Biologik antiseptika. Antibiotiklar, vaksina, spesifik zardob,
antivirus, bakteriofaglarni ishlatib, yaralarni zararsizlantirish.
Hayvonlarda jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazishda kimyoviy
antiseptik moddalardan foydalaniladi. Kimyoviy antiseptik
moddalarning ta’siri qoniqarli darajada bo‘lmasa-da, lekin ulardan
foydalanishga to‘g‘ri keladi, chunki hayvon terisidagi, jarrohning
qo‘llaridagi bakteriyalarni yo‘qotishning boshqa usullarini masalan,
yuqori harorat ta’sirini qo‘llanib bo‘lmaydi.
Karbol kislota (Acidum carbolicum) tozalangan oq va pushti
rangdagi kristallar bo‘lib, o‘ziga xos achchiq hidga ega. U iliq suvda yaxshi
eriydi. Antiseptik modda sifatida uning 2–5 % li eritmalari ishlatiladi.
Sulema – simob dixlorid (Hydrargyrum bichloratum). Kristall
parchalari, tabletkalar, kukunlar va eritma sifatidagi kuchli
dezinfeksiyalovchi modda. Suvda yaxshi eriydi, osh tuzini qo‘shish
bilan uning eruvchanligi oshadi. To‘qimani qitiqlovchi ta’siri esa
kamayadi. Uning 1:300000 nisbatdagi eritmasi bakteriyalar o‘sishini
to‘xtatadi.
Vodorod peroksidi (Hydrargenium hyperoxydatum) bu tiniq
suvdek rangsiz suyuqlik bo‘lib, odatda 2–3 % li yangi tayyorlangan
eritma holatida ishlatiladi. Ta’sir qiluvchi qismi – ajralib chiqayotgan
kislorod. Yaraga vodorod peroksidi qo‘yilsa qon oqishi to‘xtaydi,
ko‘piklanib, yaradagi ifloslar, yaraning po‘sti va yiringgi yuvilib
ketadi. Asboblarga vodorod peroksidi ta’sir qilmaydi. U zaharli emas.
Bog‘lamlarni yumshatish, yara va bo‘shliqlarni tozalash, anaerob va
chiritadigan infeksiyaning oldini olish uchun ishlatiladi.
Kaliy permanganat (Kalium hypermangonici) to‘q binafsha
rangdagi mayda kristallardan iborat, suvda yaxshi eriydi, uni qizil
rangga aylantiradi, kuchliroq eritmalari esa qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangda
bo‘ladi. Kaliy permanganat kuchsiz dezinfeksiya qiluvchi modda
bo‘lib, ham zaharli. U yarada parchalanganda ajralib chiqadigan
kislorod ta’sir qiladi.
Yod nastoykasi (Tinctura iodi) – yodning 5–10 % li spirtdagi
eritmasi kuchli dezinfeksiya qiluvchi modda, to‘qimalarga
ta’sirlantiruvchi va kuydiruvchi ta’sir qiladi, terini qalinlashtiradi,
teshiklarini yopadi, uzoq ishlatilganda kuydiradi, terini va uning
po‘stini ko‘chiradi. Terini dezinfeksiya qilish uchun (operatsiya
bo‘ladigan joyni, qo‘llarni va barmoqlarni) ishlatiladi.
9
Xloramin (Xloraminum) ta’sir qiluvchi qismi 25 % miqdorida
bo‘ladigan erkin xlordir. Bu kuchli antiseptik moddaning tirik
to‘qimalarni shikastlashi uning ta’sirining salbiy tomoni hisoblanadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, xloramin ancha keng ko‘lamda
qo‘llaniladi, chunki oqsilli muhitda (masalan, yarada) boshqa
antiseptik moddalarga qaraganda uning bakteriosid kuchi ozroq
kamayadi. Xloraminning 1–5 % li eritmasi bo‘shliqlarni yuvish,
yaraga kirgiziladigan tamponlarni ho‘llash uchun va turg‘un
zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganda ishlatiladi.
Rivanol (Rivanol) – oltinsimon sariq suyuqlik, uning 1:50,
1:1000 nisbatdagi eritmasi yaralarni yuvish, tamponlarni ho‘llash,
bog‘lamlarni namlash uchun ishlatiladi.
Furatsillin – sariq kristall kukun. Grammusbat va grammanfiy
mikroblarga ta’sir qiladi (stafilokokklar, ichak tayoqchasi, anaeroblar),
1:5000 nisbatdagi eritmasi bilan yiringli bo‘shliqlar yuviladi.
Aseptika – yaralarni davolashda ishlatiladigan hamma asboblarni
fizik omillar ta’sirida zararlantirish. Bunda asbob-anjomlar
qaynatiladi yoki bug‘ bosimi ostida avtoklavda qizdiriladi.
Hozirgi kunda aseptika tushunchasini antiseptikadan ajratib
bo‘lmaydi. Ular bir-birlarini to‘ldirib, jarrohlik sohasida bir butun
aseptik-antiseptik kompleksni tashkil etadi.
Veterinariya sohasida aseptik-antiseptik tadbirlar kompleksiga
quyidagilar kiradi: 1) jarrohlik xonasini yaraga tushishi mumkin
bo‘lgan mikroblardan zararsizlantirish; 2) jarroh qo‘llarini opera-
tsiyaga tayyorlash; 3) hayvonlarni hamda operatsiya qilinadigan
maydonni tayyorlash; 4) asboblarni sterilizatsiya qilish; 5) bog‘lov
materiallari bilan xirurgik kiyimlarni sterilizatsiya qilish; 6) yaralarni
tikish uchun ishlatiladigan materiallarni sterilizatsiya qilish; 7) qo‘l-
qopni sterilizatsiya qilish; 8) operatsiyada paydo bo‘lgan yarani
yiringlab, zo‘rayishidan saqlaydigan boshqa qo‘shimcha profilaktik
tadbirlar (antibiotiklardan foydalanish).
Do'stlaringiz bilan baham: