6
1. Qonli operatsiyalar – teri, shilliq parda va qon tomirlar
birligining buzilishi, masalan: yumshoq tovon tog‘ayini kesish.
2. Qonsiz operatsiyalar – bunda teri qoplamlari birligi
buzilmasdan operatsiya bajariladi (chiqqan bo‘g‘imlarni joyiga qayta
solish, bog‘lam ishlatish).
3. Radikal va palliativ operatsiyalar. Radikal – (lotincha radix-
ildiz, o‘zak – asosiy hal qiluvchi) kasallik belgisidan tashqari, uning
sababini ham bartaraf qilish, masalan, chirigan tishni qirqib (kesib)
olib tashlash – eksterpatsiya qilish, siydik xaltasida va uning yo‘llarida
paydo bo‘lgan toshni olib tashlash. Palliativ (fransuzcha palliative;
lotincha palliare – yashirmoq) – vaqtincha kasallikka yengillik berish.
Hayvondagi og‘riqni pasaytirish orqali uning xo‘jalik faoliyati va
hayotini uzaytirish; qorin bo‘shlig‘ida to‘plangan zardobni chiqarish.
Nafas qaytishining oldini olish uchun traxeotamiya o‘tkazish va
boshqalar.
4. Kechiktirib bo‘lmaydigan va rejali operatsiyalar. Birinchisi
darhol operativ aralashuvni talab qiladi, chunki kasal hayvonning
hayoti xavf ostida bo‘ladi, masalan, tomoq yoki qizilo‘ngachda yot
jismlarning tiqilib qolishi, qisilgan dabba, qon oqish va boshqalar.
Rejali operatsiyada esa kasal hayvon holatiga, kasallikning kechish
jarayoniga qarab operatsiya o‘tkazishni bir qadar kechiktirish
mumkin.
5. Aseptik va septik operatsiyalar. Aseptik – toza,
mikroorganizmsiz sharoitda, ifloslanmagan to‘qimada operatsiya
o‘tkaziladi, masalan, teri ostida joylashgan o‘smani olib tashlash;
septik – abssess, flegmona kabi yiringli jarayonlarda va boshqalarda
o‘tkaziladi.
6. Diagonostik operatsiyalar – turli kasalliklarni aniqlash yoki
tashxis (diagnoz) qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday operatsiya
ko‘pincha oyoq kasalliklarini aniqlashda ko‘p ishlatiladi.
7. Bir va ikki fursatli katta va kichik operatsiyalar. Kichik
operatsiyalar qatoriga teshish, sanchish, shuningdek, yuza
joylashgan abssesslarni yorib ochish va boshqa operatsiyalar, kattasiga
esa anatomik bo‘shliqlar va chuqur joylashgan to‘qimalarda operatsiya
o‘tkazish kiradi. Bir fursatli operatsiyalarda harakat aralashuvi bir
harakat bilan oxiriga etadi, ikki fursatli operatsiya jarayoni ikki va
undan ortiq marotaba qaytariladi, lekin ma’lum vaqtdan keyin u
yana takrorlanishi (masalan: yiringli bursalarda to‘plangan suyuqlikni
teshib chiqarib tashlangandan, keyin 5–7 kun o‘tgach, patologik
bursa kapsulasi olib tashlanishi) mumkin.