Dezinfeksiya – bunda asboblarni sterilizatsiya qilish uchun
kimyoviy antiseptik eritmalar qo‘llaniladi. Ular bakteriosid va
bakteriostatik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Bu usulni qaynatishning
iloji bo‘lmagan vaqtda qo‘llash mumkin. Buning uchun asboblar
emallangan idishga solinadi va ustidan botguncha eritma quyiladi,
dezinfeksiya 30–60 minut davom ettiriladi. Jarrohlik amaliyotida
quyidagi eritmalar qo‘llaniladi: Korretnikov eritmasi (formalin 20,0;
karbol kislota, 3,0; natriy-bikorbonat 15
o
, suv 1000), 5 % li karbol
kislota, 1 % li brilliant yashili, rivanol, 1–2 % li lizol.
Jarrohlik asboblarini saqlash – ular quruq xonalarda saqlanadi,
agarda namlik bo‘lsa biror idishga kalsiy xlor, bo‘r kukuni solib
qo‘yiladi, uzoq vaqt saqlanadigan asboblarga texnik vazelin surtib
qo‘yiladi. Shpris porsheni harakatsiz bo‘lib qolsa antifermin eritmasiga
solinadi. Agarda asboblarda zang paydo bo‘lsa 2:1 bo‘r va nashatir
spirti aralashmasi bilan tozalanadi.
Tikuv materiallari sterilizatsiyasi. Tikuv materiallari to‘qimalarni
birlashtirish uchun ishlatiladi va ular uzoq vaqt to‘qimalarda
saqlanadi. Shuning uchun ular steril bo‘lmasa mikroblar manbai
bo‘lib to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonini chaqirishi mumkin.
Jarrohlik amaliyotida to‘qimalarga chok qo‘yishda quyidagi
materiallar qo‘llaniladi: iðak, zig‘irpoya, paxta va sintetik iðlar,
ketgut.
Paxta va zig‘irpoya iðlari sterilizatsiyasi – bunda Sadovskiy
usulini qo‘llash mumkin yoki formalinning 4 % li suvdagi
eritmasida 24 soat davomida sterilizatsiya o‘tkaziladi.
Sintetik iðlar sterilizatsiyasi – bu iðlar o‘zining mustahkamligi
bilan boshqalaridan ajralib turadi, ular qaynatish va kimyoviy
eritmalar ta’sirida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Shuning uchun
ular 20 minut davomida distillangan suvda qaynatilib sterilizatsiya
qilinadi.
Ketgutni sterilizatsiya qilish – inglizcha cat – mushuk, gutt –
ichak, birinchi marta mushuklar ichagining shilliq osti qavatidan
tayyorlangan. Hozirgi vaqtda ketgut qo‘ylar ichaklarining muskul
12
va seroz qavatidan tayyorlanadi. Ketgutni sterilizatsiya qilish quyidagi
usullar bilan olib boriladi.
Pokotilo usuli – ketgut 72 soatga 4 % li formalin-suv eritmasiga
solib qo‘yiladi.
Gubarev usuli – ketgut 12 soat benzinda yog‘sizlantiriladi,
quritib 14 kunga 1 % li yod va kaliy yodning spirtdagi eritmasida
saqlanadi.
Sadovskiy usuli: ketgut 30 minutga, 0,5 % li nashatir spirti
eritmasiga solinadi, keyin biroz muddatga 65 % li spirt, 2 % li for-
malin eritmasiga solinadi va unda, ishlatilguncha saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |