Vetinariya 2016. pmd



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/75
Sana08.09.2021
Hajmi2,62 Mb.
#168151
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

Gangrenoz dermatit. Terining ayrim joylarining namlanib qolishi

gangrenoz dermatit deyiladi. Kasallik, asosan, otlarning tushov

bo‘g‘imi orqasida bo‘lib, anaerob guruhlarga kiruvchi tayoqcha-Bac-

terium necrophorum qo‘zg‘atadi, u odatda gangrenoz  mokres deb

ataladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar terining yorilgan, tirnalgan joylari

va boshqa jarohatlar orqali to‘qimaga kiradi. Otlarni sovuq otxonalarda

saqlash, to‘shamalarni o‘z vaqtida almashtirmaslik, butazorlar ko‘p

bo‘lgan yaylovda boqish gangrenoz kasalligining rivojlanishiga sabab

bo‘ladi.


Kasallik belgilari. Bu kasallik hayvon oyog‘ining mahalliy qizishi,

shishishi, oqsoqlanishi, tana haroratining ko‘tarilishi, tomir urishi

va nafas olishining zaiflashishi bilan ajralib turadi. Shishgan joydan

sariq yopishqoq ekssudat ajralib chiqadi, u juda yomon qichitadi,

bunga chiday olmagan hayvon jarohatlangan joyini yalab, qashishga

harakat qiladi. Kasallikning uchinchi kuni sassiq hidli ba’zan qon

aralash yiring paydo bo‘ladi. Yallig‘lanib yiringlagan teri ajralib

tushadi, uning  o‘rniga uzoq vaqtgacha bitmaydigan maraz-yara

paydo bo‘ladi. Yaraning osti biroz ko‘tarilgan, osongina qonaydigan,

granulasiyasi sassiq yiring bilan qoplangan bo‘ladi. Ushbu jarayon

atrofidagi to‘qimalarning (tuyoq, tog‘ay, chuqur eguvchi pay)

o‘lishi (nekrozi) tufayli og‘irlashadi. Jarohat bitib, hayvonning

tuzalishi 1–1,5 oyga cho‘ziladi.

Davolash.  Hayvonni ishdan ozod qilish, tinch qo‘yish, toza,

quruq otxonada boqish kerak. Jarohatlangan teri yaxshilab tozalanadi.

Kasallikning boshlanish davrida yaraga sulema, kamfora yoki ixtiol

surkab bog‘lanadi. Yiring paydo bo‘lishi bilan magniy sulfat, natriy

xlor tuzlarining giðertonik eritmalari qo‘llanilsa yaxshi yordam

beradi. Agar gangrenozli yara rivojlangan bo‘lsa, o‘lgan to‘qimalarni

kesib tashlash maqsadga muvofiqdir.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish