uchun ahamiyati juda katta va xilma-xildir. Teri to‘qima va organlarga,
lariga birinchi bo‘lib duch keladi. Teri kasalliklari juda ko‘p va xilma-
xildir. Bu kasalliklarni o‘rganish va davolash bilan turli fanlar
50
Ekzema – terida tez-tez uchrab turadigan yuqumsiz
kasalliklardan biri. U har xil ko‘rinishda uchrashi mumkin, ammo
teri epidermisi zararlanishi ekzemaning o‘ziga xos xususiyatidir.
Ekzemaning kechishiga qarab og‘ir va surunkali shakli farqlanadi.
Ekzema, asosan, ot bilan qoramollarning oyoqlarida tushov
bo‘g‘imida, itlarning orqa elkasida bo‘lib, u «mokres» deb ataladi.
Sabablari. Hayvonlarning terisi uzoq vaqt tozalanmasa, zax va
iflos molxonalarda boqilsa, loy yerlarda yotqizilsa, noto‘g‘ri ishlatilsa
ekzema avj oladi. Hayvon vaqti-vaqtida cho‘miltirib turilmasa, uning
terisi va juniga chang qo‘nadi, loy yopishadi, bu terining epider-
mis qatlamiga tushib, keyinchalik parchalana boshlaydi. So‘ngra bu
jarayon terining oqyem bo‘lgan shox qismiga o‘tib,
mikroorganizmlarning to‘qimalarga kirishi uchun qulay sharoit
yaratadi. Namlik teri shox qatlamini yumshatadi, u erda to‘plangan
chang, loy, qum va boshqalar kasallikning surunkali kechishiga
sabab bo‘ladi. Ekzemaning paydo bo‘lishida mexanik ta’sirlar ham
katta ahamiyatga ega. Uzoq vaqt ishqalanganda, masalan, ot afzallari
(egar, ayil, bo‘yintiriq va boshqalar) tanani haddan tashqari
ezganda, hasharotlar chaqqanda, mikroblarning kirishi uchun yo‘l
ochiladi, natijada kasallikning kechishi bir muncha og‘irlashadi.
Klinik belgilari. Ekzemaning klinik belgilari uni vujudga keltirgan
sabablar va kasallikning muayyan rivojlanish davriga bog‘liq. U bir
necha davrni o‘z ichiga oladi, ammo atiðik ko‘rinishda kechishi
ham mumkin. Bu sabablarning ta’sir etish kuchi, muddati va
xarakteriga, nihoyat ekzema kechayotgan muhitdagi sharoitga
bog‘liq. Klinik belgilariga qarab namlanib turuvchi va yarasimon
ekzema farqlanadi.
Davolash. Ekzemani davolash terining jarohatlangan qismini
kimyoviy tozalashdan boshlanadi. U yerdagi jun qirqib tashlanadi.
Terini loy va parazitlardan tozalash uchun issiq suv bilan sovunlab
yuviladi. Ho‘llanib turuvchi ekzemani davolash uchun uning pufakli
va pustulali davrida antiseptik dorilar, ya’ni 2-3 % li pikrin kislota
eritmasi, 2-5 %li lyaps eritmasi, 4-5 % li piaktanin va brilliant
yashili ishlatiladi. Ekssudat kamaya boshlagandan keyin kukun
shaklidagi talk, kraxmal va boshqalarga kseroform, rux oksidi
aralashtirib sepiladi, undan tashqari har xil surtmalar (Vishnevskiy
surtmasi va boshqa) ishlatiladi.
Ekzemani davolash uchun hayvonga yaxshi zoogigiyenik sharoit
yaratib,uning terisini tez-tez tozalab turish, sifatli yem-xashaklar
berib boqish katta ahamiyatga ega.
51
Dermatit. Terining chuqur qatlamlari va teri asosining
yallig‘lanishi dermatit deyiladi. Hamma xildagi ekzemani
qo‘zg‘atadigan sabablar dermatitni ham qo‘zg‘atadi, faqatgina
gangrenoz va verrukoz dermatitlar o‘ziga xos kasalliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: