organizmiga kirishi va ko‘payishi. Infeksiya kasallik shaklida,
shuningdek, bakteriya tashuvchanlik shaklida namoyon bo‘ladi.
xususiyatlari va ijtimoiy sharoit muhim rol o‘ynaydi.
bog‘liq. Odatda shish tez tarqaladi, atrofi qizaradi, ustidagi teri
tutash yallig‘lanadi, juda qattiq og‘riydi. Hayvon harorati ko‘tariladi,
og‘irlashadi. Flegmona oyoqlarda bo‘lsa, hayvon cho‘loq bo‘lib
qolishi mumkin. Flegmona dastlab, yallig‘lanish infiltrati, uning
terlanadi. Undan keyin yiringlagan joy yumshaydi. Ko‘pincha
va sochiq bilan artib quritiladi. Kasallikning birinchi, ikkinchi
kunlari dezinfeksiya qiluvchi va isitadigan kompresslar qilinadi.
bog‘lanadi. Keyinchalik bilqillagan joy tilinib, yiringi yaxshilab
oqiziladi. Yiringlagan joy tilinganda ham ko‘p yiring chiqmasa
teshikka qarama-qarshi joy tilinib bo‘shliqqa drenaj qo‘yiladi.
47
Sepsis – organizmning og‘ir kasalligi bo‘lib, uni qonga
o‘tgan har xil mikroblar va ularning toksinlari qo‘zg‘atadi.
Jarayon organizmning o‘ziga xos reaksiyasi bilan yuzaga
chiqadi,bunda kasallik qo‘zg‘atuvchilari xilma-xil bo‘lishiga
qaramay klinik ko‘rinishi bir xil kechadi. Sepsisda anatomik
o‘zgarishlarni aniqlab bo‘lmaydi, biroq kompleks o‘zgarishlar
kuzatilib, ularning paydo bo‘lishi shu kasallikka xosdir. U orga-
nizm reaktivligining o‘zgarishi bilan o‘tib,allergik xarakterga ega
bo‘ladi. Sepsis birlamchi yoki mavjud yiringli jarayon (abssess,
karbunkul, flegmona) bilan qo‘shilganda ikkilamchi bo‘lishi
mumkin. Bu kasallikda yashirin davr muddatlari aniq emas.
Mikrobning kirish yo‘lini, birlamchi o‘choq mavjudligini
aniqlash mumkin, biroq rivojlanish jarayonida bu o‘choqning
septik jarayonining o‘tishiga ta’siri kamayishi va sezmaydigan
bo‘lib qolishi ham ehtimoldan xoli emas.
Kasallik belgilari. Hayvon umumiy ahvolining og‘irlashuvi,
ishtahasining yo‘qolishi, terlash, umumiy tana haroratining
ko‘tarilishi va nihoyat hayvonning oriqlab ketishi va boshqalar.
Hayvon tashqi muhit ta’siriga sezilarli javob bermaydi. Organizmda
gemoglobin va leykositlarning kamayib ketayotganligi, leykositar
formulaning chapga surilishi kuzatiladi.
Davolash – mahalliy va umumiy bo‘lib, kompleks davolanadi.
Birinchi navbatda patologik manbani zararsizlantirish yoki butunlay
olib tashlash lozim. Buning uchun yaraning og‘zini ochib, o‘lik
to‘qimalar olib tashlanadi, yiringli ekssudatni yaxshilab chiqarib
tashlab, so‘ngra antiseptik (penitsillin, sulfanilamid va boshqa)
preparatlar ishlatiladi. Umumiy davolaganda organizmni musta-
hkamlaydigan dorilar berish, bu bilan organizmning infeksiyaga
qarshilik ko‘rsatish kuchini oshirish lozim. Kasal hayvon podadan
ajratilib, zoogigiyena talabiga javob beradigan alohida molxonada
sifatli em-xashaklar bilan boqilishi zarur. Vena qon tomiriga
urotropin aralashtirilgan glukoza, 10 % li kalsiy xlorid eritmasi,
sulfanilamidlar yuboriladi. Penitsillin bilan davolash ham yaxshi
samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: