Amaliy mashg‘ulot.
Ochiq shikastlanish deb tashqi kuch ta’sirida teri va shilliq
qavatlar butunligining buzilishiga aytiladi va u yara deb ataladi.
Jarohatlangan hayvonlarni mahalliy va umumiy tekshirish.
Jarohat to‘g‘risida anamnez ma’lumotlar to‘planadi, bunda
jarohatning kelib chiqishi, ko‘rsatilgan birinchi yordam to‘g‘risida
ma’lumotlar yig‘iladi. Keyin hayvonning umumiy holati, tana
harorati, puls soni va nafas olishi, shilliq pardalar holati ko‘zdan
kechiriladi, yurak urishi eshitiladi, harakat organlari funksiyasi
aniqlanadi. Yaralar qorin sohasi va tos bo‘shlig‘ida bo‘lganda
qo‘shimcha siydik va tezak tarkibida qon bor yo‘qligiga, bog‘lam
olingandan so‘ng yiringli oqmaning xarakteri, hidi, terining jarohati
(teri yorig‘ining chuqurligi), yallig‘lanishning paydo bo‘lishi (trom-
boflebet, limfonodulit), limfa tugunlari atrofi yallig‘lanishiga e’tibor
beriladi. Yaraning og‘riqliligiga, shilinganligi, infeksiyaning limfa
tizimi orqali tarqalishi yoki tarqalmasligiga e’tibor qaratiladi.
Tekshirilayotgan joyning simpatik joyda joylashganligi, yallig‘langan
shishning tarqalishi va yaraning yallig‘lanish xarakteri taqqoslanadi.
Yara atrofi jundan tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi.
Yarani tozalash. Yara ekssudatining chiqib ketishiga to‘sqinlik
qiluvchi chuqurcha va burchak joylarni yo‘qotish,ezilib ketgan
43
to‘qimalar va ivib qolgan qonni olib tashlash,ya’ni yara jarayonining
normal o‘tishi uchun qulay sharoit yaratish yarani xirurgik tozalash
deyiladi.
Yarani kesib kattalashtirish – operatsiya qilinadigan joyni
tayyorlab og‘riqni yo‘qotish chorasi ko‘rilgandan keyin yara kanali
skalpel bilan kesib kattalashtiriladi,uzilmay qolgan to‘qima to‘siqlari
yo‘qotiladi,ezilgan va osilib turgan to‘qimalar kesib tashlanadi va yara
oddiy holatga keltiriladi. Yarani uning ekssudati bemalol chiqib keta
oladigan qilib kesish kerak. Agar yara ichida juda chuqur burchaklar
bo‘lsa, qarama-qarshi tomonidan ham kesib ochiladi. Yaraning ichi
mexanik tozalanib, qon to‘xtatilgandan so‘ng yuviladi, surtma surtib
qo‘yiladi yoki antiseptik dorilar sepiladi. Zarur bo‘lsa yara ichiga
dokadan qilingan drenaj kiritiladi va u chiqib ketmasligi uchun
vaqtincha bir, ikki joyidan tikib qo‘yiladi. Shundan keyin yara
bog‘lanadi.
Yarani qisman kesib olib tashlash – yara kesib kengaytiril-
ganidan so‘ng uning yara ichiga kirib turgan shikastlangan va
ifloslangan hamma to‘qimalarini skalpel yoki qaychi bilan kesib
tashlanadi. Atrofida sog‘lom to‘qimalargina qoldiriladi. Jonli
to‘qimadan qon oqib turadi, uni pinset bilan ushlaganda fibrillyar
ravishda qisqarib kengayadi va unda o‘zgarishlar ko‘rinmaydi. Katta
tomir tashlanadi. Ko‘pchilik jarrohlar yarani xirurgik tozalagandan
so‘ng qisman tikib qo‘yadilar. Bunda yaraning yuqorigi qismi tikib
bog‘lab qo‘yiladi, pastki qismi esa yara ekssudati chiqib turishi
uchun ochiq qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |