Transport jarohatlari – hayvonlarni suv, temir yo‘l, avtomobil
yo‘llari, havo transportida olib yurishda kuzatiladi. Transport
jarohatining oldini olish maqsadida hayvon guruhlari va podalarini
to‘g‘ri tuzish kerak. Tuyoqli hayvonlar tuyog‘ini o‘z vaqtida
tozalash, qoramollarning o‘tkir shoxini kesish zarur. Podani
kuzatuvchi xodimlar hayvonlarni haydash, ortish, tushirishda
gigiyenik, veterinariya-zootexniya qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida
maxsus tayyorgarlik ko‘rishlari zarur.
Operatsiyadan paydo bo‘ladigan jarohatlar – u ko‘pincha
veterinariya xodimlari tomonidan hayvonlarning qator yuqumsiz
invazion hamda yuqumli kasalliklardan davolash, shuningdek,
ularning maxsuldorligini oshirish maqsadida amalga oshiri-
ladigan operatsiyalarda (bichish) paydo bo‘ladi. Kasal hayvon
uchun optimal sharoit yaratilib oziqlantirish sharoitlarini yax-
shilash zarur.
Kollaps – to‘satdan ro‘y beradigan vaqtinchalik yurak
faoliyatining susayishi, qon tomirlari tonusining pasayishi, hamma
hayotiy funksiyalar, arterial va venoz qon bosimining keskin tushishi
bilan kuzatiladi. Asosiy sabablar kuchli qon ketishi va og‘riqlardir.
Ba’zan kollaps o‘tkir intensifiksatsiya (zaharlanish) oqibati, ko‘r-
qish va muskullarning charchashi sababli ham ro‘y beradi.
Klinik belgilari: to‘satdan umumiy holsizlanish, yurak urushining
tezlashishi, yuzaki nafas olishi, konyunktiva va shilliq pardalar
42
oqarishi, badan haroratining pasayishi, oyoqlar sovushi, mushaklar
bo‘shashishi kuzatiladi.
Davolash – yurak muskulini susaytiruvchi sababni topish va
uning funksiyasini yaxshilash lozim. Agar qon ketish kuzatilsa uni
to‘xtatish (jgut qo‘yib, tamponada qilish, qon tomiriga kalsiy xlorid
yuborish) lozim. Qon bosimini oshirish va faoliyatini kuchaytirish
uchun qon tomiriga askorbin kislotasi, glukoza va osh tuzi (fiziologik
eritma) eritmasi yuborilsa yaxshi natijaga erishiladi. Qon tomiriga
poliglukin, gemodez, gidrolizat l–103, kazeyin gidrolizati yuborish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zaharlanishda qon tomiriga 40 % li urotropin eritmasi kofein
bilan birga quyiladi.
Yurak faoliyatini yaxshilash va perefirik qon aylanishini stimul-
lash uchun teri ostiga kamfora moyi, kofein yoki mayda hayvonlarga
25–30, yirik hayvonlarga 250–300 g dan qon tomiriga kamfora
zardobi kuniga ikki marta yuboriladi. Yuqorida aytilgan davolash
usullari bilan birga hayvonlar badanini grelkalar bilan isitib, o‘rash
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |