24
II.BOBSHARQ MUTAFFAKIRLARI IJODIDA EKOLOGIK TARBIYAGA
OID QARASHLARINI O’RGANISH HAMDA TAHLIL QILISH.
2.1. Abu Nosir Farobiyning va Abu Ali Ibn Sino ekologik tarbiyaga doir
g’oyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishning usullari.
Abu Nasr Farobiyning ham ekologik tarbiyaning rivojlanishida o’ziga xos
o’rni bor, uning “Hindiston dorilari va dorivor o’simliklari”, “Inson a’zolari
haqida risola”, “Hayvon a’zolari haqida so’z” kabi asarlari alohida ahamiyatga
ega. U Yevropa olimlaridan bir necha asr avval fiziologiya faniga ilmiy asos
solganligining o’ziyoq jahon ilm-fani tarraqiyoti beshigini kimlar tebratganini
isbotlab turibdi.
Har qanday jarayon o’z natijasiga erishishga qaratilgan qonuniy va
izchil harakatlar jamidan iborat bo’ladi. 1991 yil O’zbekiston mustaqil bo’lishi
bilan milliy ong, mahnaviyatimiz manbai tarixiy - madaniy qadriyatlarimizni
o’rganish va tiklashga musharraf bo’ldik. Bu esa tarixni, ota-bobolarimizni
bilishga katta ta’sirini ko’rsatmoqda. Ko’rinib turibdiki, xar bir davrda ilm-fanga ,
manaviyatga, madaniyatga va ta’lim-tarbiyaga o’zlarining xissalarini qo’shgan
olimu fuzololar, shoirlar yetishib chiqqan.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
aytganlaridek ―“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q’’.Hayot rivojlanib borar ekan
har bir sohada tarixga nazar solmasdan turib, ya’ni o’tgan davrda kelajakni
ko’ra olish juda mushkul jarayon xisoblanadi. [1]
Bu hatti-harakatlarnig barchasi mamlakat farovonligini yuksaltirish va
komil inson ta’lim-tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish bilan boliq masalalardan
biridir. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi har tomonlama kamol topgan
shaxsni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib
uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o’zi aktivlik
ko’rsatishni ham talab etadi. Chunki u tarbiyaning umumiy maqsadlarini
amalga oshirish dasturini ishlab chiqadi, tarbiya formalari, metodlari va
usullarini asosli tarzda tanlab oladi va tadbiq etadi.Sharq mutafakkirlari ijodida
ekologik tarbiyani bitiruv ishida tadqiq qilish aynan ularni yaratib qoldirgan
ta’limotlarini o’qish shu orqali bilimlarimizni boyitib borish ularni ta’lim-
25
tarbiyaga doir ayniqsa, ekologik tarbiyaga oid qarashlarini imkon qadar
o’zlashtirish hamda keyinchalik kelgusi avlodlarga uqtirib borish kabilarni
bitiruv ishining asosiy yo’nalishi qilib belgilab olishimiz ham fikrimizning
yorqin dalilidir.
Yurtga, vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-
qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni
asrab, avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik
O’zbekistonning munosib o’g’il - qizlari qilib tarbiyalash masalasi ma’naviyat
va atrof-muxitga nisbatan mehrli qilib tarbiyalash sohasidagi ishlarimizning
asosiy yo’nalishini tashkil etmoi kerak. Yoshlar tarbiyasida ekologik tarbiyaning
axamiyati yuqori bo’lib, undan oqilona foydalanish, tarbiyalanuvchilarni
vatanparvarlik, rostgo’ylik, xalqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi. Aslida
olganda ahloq mahnaviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchaki salomalik xush
muomaladagina iborat emas.
Ahloq bu insof va adolat tuyg’usi, imon, halollik deganidir.Qadimda
ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini zamonaviy
tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar.Ushbu misol qilib
aytish kerakki, sharq tarbiyasida islom dinining roli muhimdir. «Islom dini-bu
ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham
mahrifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatli kishilarimiz jon-jon deb
qabul qiladigan va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli,
oriyatli bo’lishiga izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Islom dini har qanday davrda ham insonlarni poklikka undagan, yaxshi
xislatlarni ko’paytirib yomon xislatlardan xalos etishga chorlagan. Shular
qatorida islom dini boy bo’lishning bir qancha sirlarini ham o’zida
mujassamlashtiradi. Jumladan, hadisdan: «Chorva boqinglar chunki u
barokatdir» deb aytilishi bejiz emas albatta allomalar ijodiyotinig o’ziga xos jixati
ham shundaki ular o’sha zamonlarda ham islom dini g’oyalari asosida ilmiy
va mahrifiy bitiklarini yozishganlar.Ekologik tarbiyaning asosiy tushunchasi
barkamol shaxsni ekologik bilimli, ko’nikma va malakalar bilan qo’rollantib
26
yoshlarni tejamkrolik g’oyalari asosidagi ongli munosabatini shakillantirishdan
iborat.
Abu Nasr Farobiyning ta’kidlashicha, tarbiyalash va o’qitish jarayoni
(natijasida) odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni
tarbiyalash va o’qitish orqali o’zida oldin bo’lmagan ma’naviy intellektual
sifatlarga ega bo’ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom
etadi va uning intellektual salohiyatli bo’lib yuksalishiga olib keladi.Sharq
mutafakkirlari ijodiyotni o’rganish orqali ekologik tarbiyaning axamiyati va
amaliyoti taraqqiyotida bu jarayonning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari,
ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish, hamda umumlashtirish usullaridan
foydalaniladi.Sharq mutafakkirlar ijodiyotida ekologik tarbiyani yoshlar ongiga
singdirishning muhim yo’nalishlaridan biri shundaki barcha ta’lim
muassasalarida allomalarning milliy merosidan oqilona foydalanishning
tashkiliy - ekologik mexanizmlarini takomillashtirishni o’ziga xos
xususiyatlarini zamonaviy usullaridan foydalanishda yangicha yondoshuvlar
asosida o’quvchilar ongiga singdirish ekologik tarbiyaning ustivor masalalardan
biri ekanligani belgilab beradi. Sharqda ham azaldan farzand tarbiyasiga katta
e’tibor bilan qarab kelingan.
Ma’rifatparvar bobomiz Abu Nasr Farobiy uning inson kamoloti
haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Abu Nasr
Farobiy mashhur mutafakkir allomalardandir, u ilmiy ma’rifiy g’oyalarni
asoschisi va yaratuvchisi hamdir. Shular qatorida tarbiyani ham oldingi
o’rinlarga chiqarib talqin qilgan allomalarimizdan hisoblanadi.
Abu Nasr Farobiy o’rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu
Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin
Sharqda o’z bilim, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiy yirik
mutafakkir - «Muallimi soniy» -«Ikkinchi muallim» deb ataydilar.Abu Ali Ibn
Sino tibbiyot ilmini rivojlantirish bilan bir qatorda u yosh avlodni komillikka
eltuvchi birqancha tarbiyaga oid izgu-ishlarni yaratib kelganligi bilan itirof
etiladi. U tejamkorlik, mulkni asrash, mehnatkashlik sirlari, axloqlilik,
27
odoblilik, jismoniy va huquqiy tarbiyani bir qancha xususiyatlarini ilmiy
jihatdan asoslab berganligini uning ta’limotlarida ko’rish mumkin. Ibn Sino kabi
o’tkir gavhar sohiblarini ijodini o’rganish bilan birgalikda kollej
o’quvchilariga o’qitishning yangicha usullar bilan yangi pedagogik
texnalogiyalar asosida o’qitish va yoshlarni ongiga singdirish bugungi kunning
asosiy talabidir. Shuningdek, ekologik tarbiyaning mohiyati va ro’li to’g’risida
gapiradigan bo’lsak ekologik tarbiya - bu shaxsga nisbatan mulkiy ongni,
ekologik munosabatlarni, jamiyatni ekologik qonuniyatlariga itoatkor xulq-
atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, aniq maqsadni
ko’zlagan holda ifodalanishidir.
Ekologik tarbiyani bolaning kichik yoshidan boshlab amalga oshira
boshlash, Atrof muxit bilan bog’lik axborotlarning birinchi darajali tus olishiga
erishish, shaxsning umumiy dunyoqarashi va ijtimoiy yo’naltirilganligining
tarkibiy qismi tarzida ekologik qarashlariga asoslanishi zarurdir.Sharqda «Shayx
ar-Rais» nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk
mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy
olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot,
dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya
sohalarida ijod etgan va dunyoga mashxur yirik asarlar meros qoldirgan
olim.Allomadan keyigi avlodlarga 250 dan ortiq ilmiy asar boy meros bo’lib
qoldi.Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Donishnoma», «Ash-Shifo», «An-
Najot» kabi asarlari shular jumlasidandir.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o’zinnng ta’lim-
tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog’liq xolda
ifodalagani, maxsus risolalar talqin etgan. Shuningdek fanlarni tasnif etadi.
Bunda u birinchi o’ringa tibbiyot fanlarnni qo’yadi. Abu Ali ibn Sinoning
tog’larning paydo bo‘lishi, yer yuzasidagi tabiiy jarayonlarning davrlar o‘tishi
bilan o‘zgarishiga oid g’oyalari pedagogika fanining rivoji uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
28
Tashqi muhitning odamlar tanasiga ko‘rsatadigan ta’siri, ular solig’ini
saqlash, parhez, shaxsiy gigiena to‘g’risidagi fikrlar alloma tomonidan yaratilgan
“Tib qonunlari” asarining bosh g’oyalari sanaladi. Allomaning inson tanasida
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri suv, yer va havoda
mo‘tadillikning buzilishi bilan bog’liqligi, yashash joylarining torligi, ozoda
bo‘lmasligi, yuqumli ( chechak, vabo isitmasi, yiring, toshma kabi) kasalliklarning
tez tarqalishi uchun qulay sharoit yaratishi, yuqumli kasalliklarning aholi zich
joylashgan joylarda havo va boshqa omillar orqali yuqishiga doir o‘gitlari bugungi
kunda ham muhim ijtimoiy-tibbiy ahamiyatga egadir. Mutafakkirning “Agar
havoda chang va g’ubor bo‘lmaganida edi, inson ming yil umr ko‘rgan bo‘lar edi”
degan mashhur iborasi esa o‘quvchilarda havoni ifloslantirmaslik, atrof-muhitni
ozoda saqlash va tabiatga ziyon etkazmaslik ko‘nikma va malakalariga ega
bo‘lishlariga yordam beradi.
Olimning fikricha, inson tabiatdan moddiy hayot manbalarini o‘zlashtiribgina
qolmay, balki ruhiy va jismoniy quvvat ham oladi. Shuningdek, u ayrim
kasalliklarni davolashda tabiiy manbalar, xususan, qum, tuproq, suv va
o‘simliklardan foydalanish zarurligini uqtirib, zarur tavsiyalar beradi.
Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo’ladi.
Nazariy guruh kishilarni o’zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni
egallashga yo’llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilish kerakligini
o’rgatadi, deydi.Ubirinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi
guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o’rgatuvchi
barcha fanlarni kiritadi.Inson yashab turgan ijtimoiy muhitida hissiy va ma’naviy
talablarni ajratib olishi va yosh avlod har tamonlama rivojlanishlari uchun
Sharq mutafakkirlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini va ularni
imkoniyatlarini to’liq o’rganib chiqish, bu imkoniyatlar asta-sekin inson fe’l-
atvoriga xos xislatga aylana boradi. Shunday ekan, o’quvchi shaxsini
shakillantirish murakkab ishligini va bularning barchasi jismoniy mehnat sarf
qilish orqali amalga oshirilishini hamda insot sog’lom fikrlash uchun
avvalambor jismonan baquvvat va sog’lom bo’lishi kerakligini aytib o’tadi.
29
Tarbiya va uni turlarini mazmuni hamda mohiyati to’g’risida gapirar ekan. U
ekologik tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o’z
vazifasini bajarish bilan birga, quyidagi asosiy yo’nalishlarni belgilab oladi.
Ular: -atrof- muxit haqidagi bilimlarni o’zlashtirish va bu haqdagi g’oyalar
bilan insoni chiniqtirish hamda shu orqali tarbiyalanuvchilarni ongini
rivojlanishiga yordam berish;
-tabiiy resurslarni asrab-avaylash ;
-tabiatda bo’lib turadigan turli jarayonlar haqidagi ma’lumotlardan xabardor
qilish;
-yosh avlodni mehnat qilish orqali oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishlarini
rag’batlantirish;
-mehnatni samarali tashkil qilishni uqtirish va ongida tarkib toptirish;
-yosh avlodlarni haqiqiy chidamli, bardoshli va kuchli xarakterli shaxslar
sifatida rivojlantirish;
-bilimli va sog’lom ruhda tarbiyalashni anglab yetishlari uchun shart-sharoitlar
yaratib berish kabilarni yosh avlodlarda uqtirib borish . Ekologik tarbiyaning
vazifasi atrof muxit va tabiiy resurslarga nisbatan yoshlarda to’g’ri
munosabatni shakllanishiga yordam berishdir. Bunda ko’proq ko’rgazmali
vositalar, ongni shakllantiruvchi usullardan va odatlantirishga qaratilgan
tarbiyaviy yo’nalishlardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish zarur.Ali Ibn
Sino tibbiyot ilmini mukammal darajada o’zlashtirib dunyoga davrii ketgan 5
tomli-«Tib qonunlari» asarini barcha mamlakat xalqlari shu kunga qadar dastur
sifatida qo’llab kelmoqdalar. Alloma yoshlarda sog’liqni saqlashning eng muhim
omillari sifatida quyidagilarni e’tirof etgan: 1) badan tarbiya; 2) to’g’ri ovqatlanish
va dam olish; 3) yetarli va samarali bo‘lgan uyqu .
U badan tarbiyani kishining yoshiga, salomatligiga va kasalligiga qarab, turli
usullarda o‘tkazish kerakligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, bolalik, o‘smirlik, yigitlik va
qarilik davrida kishi jismoniy mashg’ulotlarga turlicha munosabatda bo‘lish kerak.
Abu Ali ibn Sino: “Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga
majbur qiladigan ixtiyoriy harakat” ekanligini qayd etgan holda muntazam
30
ravishda badan tarbiya bilan shug’ullangan kishiga dard yaqin yo‘lamasligi,
tabibga ham, dori-darmonga ham muhtojlik sezmasligini aytib o‘tadi.
Abu Ali Ibn Sinoning atrof muhitning inson organizmiga ko‘rsatadigan
ta’sirlari va inson salomatligini saqlashga oid qarashlaridan pedagogikada
foydalanish amaliyahamiyat kasb etadi. Fan va texnika taraqqiyoti
mutaxassislikka nisbatan yuksak talablar qo’ymoqda. Bu hol o’quvchilarni
mehnatga tayyorlash, unga o’rgatish yo’l va vositalarini takomillashtirishni
taqozo qilmoqda. Bu esa o’quvchilarni oilaga sadoqat va milliy g’urur bilan
shakillanishlarini o’qitishning zamonaviy ko’rinishlarini o’zlashtirini nazarda
tutmoqda.
Abu Ali Ibn Sinoning fikricha insoni har tamonlama komillik sari intilmoqchi
bo’lsa u har tomonlama tarbiyalanmog’i muhim masalalardan hisoblanadi.
Ayniqsa, axloqiy jixatdan tarbiyalanganlikni yetakchi o’ringa ko’taradi. Ibn
Sinoning fikricha aqliy tarbiya turli bilimlarni o’rganish natijasida amalga oshsa,
axloqiy tarbiya ko’proq yaxshi axloqiy xislatlarii mashq qildirish, odatlantirish,
suhbat orqali amalga oshadi deb ta’kidlaydi. Ibn Sinoning tarbiyaviy
qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin berilgan. Chunki
inson avvalo oilada kamolga yetadi.Olimning buyuk xizmatlaridan biri
shundaki, u insonlarning mehnati, qobiliyati, aql-zakovotini ulug’laydi,
insonlardagi qudratga ishondi, inson tafakkurinnng tantana qilishi kerakligini
tinmay tarib qildi. Bu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan qarashlarda
umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan bo’lib, ular yoshlarga o’qitish juda
muhim xisoblanadi. Bu esa har bir davr uchun o’ziga xos ahamiyat kasb
etuvchi ilmiy va tarbiyaviy jarayondir.Sharq mutafakirlarning ijodida ekologik
tarbiyani kasb-hunar ta’limi kollejlari o’quvchilarga o’rgatishda zamonaviy
ta’lim usullaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Ekologik bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib olishgina o’quvchilarga
atrofdagi kishilarning tabiiy resurslarga nisbattan xatti-harakatidagi qaysi jihatlar
yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi va bu kishilik
jamiyatida muhim xisoblanadi. Olimning fikricha, yoshlar olgan bilimlarni
31
axamiyatini, bu bilimlardan maqsad nima ekanini aniq anglab, bilimlarini
takomillashtirib borishlari, ularni xayotga tadbiq etish yo’llarini bilishlari,
jamiyat va xalq farovonligi yo’lida zarur xunarlarni egallab olishlari lozim.
Shu bois Ulug’bek bilimlarni nafaqat kitoblardan balki bevosita xayotning
o’zidan xam olishlari lozim deb aytgan.
Abu Ali Ibn Sinolarning ijodida ekologik tarbiya masalalarini tadqiq
qiladigan bo’lsak insoniy munosabatlar tizimida ekologik bilimlarning
ahamiyati beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashning o’ziga
xasligi shundaki, ekologik tarbiya mezonlarini ularga uqtirmasdan turib
yoshlarning ongiga atrof – muxit tushunchalarini singdirish qiyindir. Ibn
Sinolarning katta xizmati yana shundaki, u bevosita ilmiy pedagogik qarashlari
bilan ham odamlarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga da’vat etadi. Uning falsafa
tarixi, astronomiya, matematika, geografiya, adabiyot fanlariga oid ko’p jildlik
asarlarida o’z davri uchun muhim bo’lgan tabiiy fikrlarni ilgari surdi, odamlarni
o’zaro do’st va birodar, mehnatsevar va insonparvar, tinchliksevar va adolatparvar
tabiatni sevuvchi shaxs bo’lishga targ’ib etdi.
Abu Ali ibn Sino jismlar to’rt unsurdan tashkil topgan deydi. Bu to’rt unsur-
havo, suv, olov, tuproq o’zaro bog’liq bo’lib, ular bir-biriga ta`sir etadi. Kishi
organizimiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma ayrim kassaliklarning
suv va havo orqali tarqalishi haqida o’z fikrlarini bayon etgan, ya’ni kassalikning
yuqish masalasini hal etishga harakat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |