1.1 rasm sharq mutaffakirlariningntug’ilgan joylari karta sxemasi.
manba;H.Hasanov .O’rtaosiyolikgeografvasayyohlar .T, O’zbekiston , 1974yil
Ulardan biri o‘zidan boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan yirik olim, davlat va
siyosat arbobi, jadidchilik harakatining namoyondasi, ma’rifatparvar olim
10
Abdurauf Fitratdir. Uning yozgan asarlarida atrof-muhitga, tabiatga munosabat
masalasiga alohida urg’u berilgani barchaga kundek ravshan. Abdurauf Fitrat
o‘zining asarlarida jismoniy mehnat, iqtisodiy tarbiya berish muhimligini
ta’kidlagan. Abdurauf Fitrat o‘zining “Munozara” va “Hind sayyohining qissasi”
kabi dastlabki asarlaridayoq, Turkiston va Buxoro amirligidagi qishloq va
shaharlaridagi tozalik masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Uning “Rahbariy najot”
axloqiy didaktik asarida tozalik va ekologik tarbiyaga oid qarashlarni yanada
kengroq beradi. Buyuk alloma Fitrat, ayniqsa, bolalarning tarbiyasida, ularning
yetuk va sog’lom bo‘lishlari uchun tozalikning ahamiyati muhim deb biladi va
shunday deb yozadi: Nazokat va tozalik bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga
egadir. Nafosat va pokizalik katta yoshdagi insonlarga qanchalik muhim bo‘lsa,
kichiklarga o‘n barobar zarur va keraklidir. U bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga
amal qilish lozimligini alohida ta’kidlaydi.“Bolaning tarbiyasida toza havoning
ahamiyatiga to‘xtalib: havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. 5-6 soat
ovqatsiz turish mumkin, lekin bir daqiqa ham havosiz turish mumkin emas.
Shuning uchun bolalarni toza havoga, chorbog’larga olib chiqish lozim’’, - deydi.
Abdurauf Fitrat o‘z pedagogik qarashlarida bolalarni atrof – muhitni sevishga,
asrashga chaqiradi. U o‘z darslik va qo‘llanmalarida ham tabiatga oid ko‘plab
materiallarni kiritgan.
Xalqimizda “Bolaning quvvati–ovqat, aqlning quvvati–hikmatli so‘zdir” –deb
uqtirib kelingan. Hadislarda bayon etilgan ana shunday hikmatli so‘zlar–
donishmandlik durdonalari sanaladi. Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani
singdirishga katta yordam beradi. Hadis ilmini taraqqiy ettirishga munosib
hissasini qo‘shgan O‘rta Osiyolik mashxur allomalar Al-Buxoriy hamda At-
Termiziylarning hadislaridan ekologiya va tabiatga mehr-muhabbat mavzusiga,
tabiat muhofazasiga oid bandlaridan namunalar keltiramiz:
44-band. Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar. Dehqonchilik murakkab kasbdir.
Unga qo‘riqchilarni ko‘paytiringlar.
176-band. Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat-
qoyim bo‘lishi aniq bo‘lganida ham ulgursangiz uni ekib qo‘yavering.
11
586-band. Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do‘zaxga
tashlanadi.
706-band. Tejab sarflagan kambaal bo‘lmaydi.
732-band. Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‘tkazsa, so‘ng uning
mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan yeyilgan narsaning har biridan
unga sadaqa savobi yoziladi.
837-band. Kim suv toshqini to‘xtatsa yoki yoninni o‘chirsa, unga shaxidlik ajri
beriladi. [11]
Bolalarga atrof-muhitni muhofaza qilish tarbiyasini berish ishlari milliy
qadriyatlar asosida amalga oshirilgan. Azal-azaldan ham ta’lim-tarbiya tizimida
avlodlarimizni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalash masalalari tarbiya
yo‘nalishlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz o‘z
farzandlariga oila davrasida pand-u nasihat va turli suhbatlarda quyidagilarni
alohida uqtirganlar:
-
Suvni iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladilar;
-
Rizq-ro‘zingni isrof qilma, gunohkor bo‘lasan;
-
Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni
o‘zing iste’mol qilasan;
-
Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh bo‘ladi, chunki
unda ahli-mo‘minning nasibasi bor.
O‘zbek oilasidagi tarbiyaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki,
bolalar kundalik uy-ro‘zor, poliz, bodorchilik, me’morchilik, duradgorlik,
chorvachilik ishlarini ota-onalari bilan bajarib ham jismonan, ham ruhan kamol
topib boradilar. Bu jarayonda har qanday ota-ona o‘z bolalarida mehnatsevarlik
fazilatlarini kamol toptirishga harakat qiladi. Bu esa oila an’anasiga aylanib boradi.
Keksa avlod vakillari yoshlarga gunoh bilan savob haqida pand-u nasihatlarni,
ya’ni suvni harom qilmaslik, axlatlarni uy yoki hovliga to‘kmaslik, daraxt va
o‘simliklarni behuda sindirmaslik haqida doimo ta’kidlab kelishgan. Bu esa oilada
bolalarga beriladigan ekologik va tabiat muhofazasi tarbiyasining asosiy
namunalaridan biridir.
12
Tabiat shunday odil mo‘jizaki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Tabiatda biror
jonzotning qirilib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, shunga boliq bo‘lgan muvozanat buzilib,
xavfli vaziyat vujudga keladi. Inson hayoti tabiat bilan chambarchas bog’langan
ekan, tabiatdagi mavjud muvozanatning buzilib, xavfli vaziyat yuzaga kelishining
oldini olishi zarur.
Inson onadan tug’ilib, dunyoga kelar chog’idanoq, tabiat ehsonlaridan,
ne’matlaridan bahramand bo‘ladi. Inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan suv, oziq-
ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi. Hattoki, insonning
hastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni
ishlab chiqarish uchun ham ona tabiatdan yetishgan mevalar, turli giyohlar va
ziravorlardan foydalaniladi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo bo‘lmaganiday,
tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo‘q. Ularning hammasi hayot uchun
zarur. Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat bilan yaratgan bog’-rog’lari, ulkan
qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u Buxoroni, ko‘hna Urganch hamda
Xivani bezab, yer yuziga zeb berib turibdi. Hozirgi yosh avlod tabiat qo‘ynida
yashaydi, mehnat qiladi. Ularga tabiat haqida, ekologik vaziyat haqida oshkora
tushuncha berish, tabiatni asrash, unga ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalash
bizning asosiy vazifamizdir. Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila,
ota-ona, maktab, do‘stlar, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at,
adabiyot va tabiat tarbiyalaydi. Bolani rivojlanish jarayonida uni boshqarib borish
kerak. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki
hislatlarining to‘laqonliligini, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik va ekologik
qarashlari yig’indisini o‘z ichiga oladi.
Ekologik tarbiya – atrof–muhitga, olamga, odamga, hayvonot va o‘simlik
dunyosiga muhabbat hamda ehtiyotkorona munosabatlarni shakllantirish
zaruriyatidir.
Tabiat – yosh avlodni tarbiyalashning ta’sirchan vositalaridan biri, u ezgulik,
insoniylikni his etib, go‘zallikni ko‘rish va tushunish, kuzatuvchanlik, tabiat
qonunlarini o‘rganishga intilish, mehnatsevarlik, o‘zining jonajon o‘lkasini,
Vatanini sevish kabi ko‘pgina xarakter belgilarini uyg’otish va rivojlantirish
13
imkonini beradi. Inson – tabiatning oliy mahsuli. Boshqacharoq qilib aytganda,
farzandi. Tabiat marhamatlarisiz yashay olmas ekanmiz, demak, u bizning onamiz.
Ha, shuning uchun ham ona tabiatni, uning ne’matlarini, qushlarini, hayvonot
dunyosini, o‘simliklarini va boshqa boyliklarini sevishimiz, e’zozlashimiz va
ko‘paytirishimiz kerak.
Tabiat insonga birgina toza suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechaknigina emas, balki
sog’liqning mustahkamligi va a’lo kayfiyat ham beradi. Tabiatni muhofaza etish
davrimizning g’oyat muhim muammolaridan biridir. Boshlang’ich sinf
o‘quvchilari tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan ma’lumotnomasi –
tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atrof-muhit tozaligini, boyliklarni saqlash,
shovqin muammosini, tabiat ne’matlaridan to‘ri foydalanish, tabiat qonuniyatlari,
uning o‘zgarib borishi haqidagi bilimlarni egallashi lozim.
Tabiat – tarbiya tayanchi, zero, bolalik inson hayotining eng muhim davri. Tabiat
in’omlari, mo‘jizalarini boshlang’ich sinf o‘quvchilariga o‘rgatish va Vatanga
muhabbat, mehnatsevarlik kabi el e’zozlagan insoniy sifatlarni ularda
shakllantirish davr talabidir. Ekologik ta’lim va tarbiyaning tub ma’nosi – tabiat va
jamiyat o‘rtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog’lovchi tabiiy hamda
ijtimoiy qonunlarni o‘rganish, hayotga tadbiq qilishdan iborat. Ekologik ta’lim va
tarbiya – bu insonni tabiatga qadam qo‘ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti
davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, odob-axloq
yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e’tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini,
udumlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish, bog’-rog’lar, gulzorlar
tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi hislatlarni uyg’otishdan iborat.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida,
xususan, ekologik ta’lim va tarbiyaga alohida e’tibor berila boshlandi. Buning
uchun uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiyani amalga oshirishning dasturi ishlab
chiqildi.
Ekologik tarbiyaga milliy istiqlol mafkurasini yaratishning tarkibiy qismi deb
qarash mumkin. U yoshlarning barkamol, aqlli inson sifatida shakllanishiga
qaratilgan. Har tomonlama mukammal shaxsni kamol toptirish uzoq davom
14
etadigan murakkab jarayon bo‘lganidek, o‘quvchilarga ekologik tarbiya berish juda
muhim ta’limiy vazifa sanaladi. Shu sababli bu faoliyatni o‘quvchi maktabga ilk
qadam qo‘ygan chog’idan – birinchi sinfdan boshlashimiz zarur. 1-4-sinf
o‘quvchilarining tabiat qo‘yniga uyushtirgan sayr va sayohatlar vaqtida dov
daraxtlarning turli-tumanligiga, ularning tana po‘stloqlariga, barglardagi
tafovutlarga diqqatini jalb qilish lozim. Masalan: Bolalar bahor faslida tabiatni
uyg’onishi daraxtlarning kurtak chiqarish gullashi, barg yozishi, maysalar, o‘t-
o‘lanlarning sabzi o‘rishi, tabiatning yashil libosga burkanishi, yozga har-xil
mevalarnig pishib yetilishi, kuzda esa daraxt barglarining sarayishini biladilar.
O‘quvchilar tabiat qo‘yniga sayr qilish bilan daraxtlarning soyalari, gullarning
muattar, mayn va nihoyat yashil do‘stlarimizning havoni tozalab berishi haqidagi
tushunchalarga ham ega bo‘ladilar.
Tarbiya atrof muxitni muxofaza qilish borasida insonlarning ezgu-istagini
ro’yobga chiqaradigan milliy qadriyat bo’lib, o’quvchi shaxsini
shakllantiradigan o’zbek xalqining azaliy qadriyatidir.Yosh avlodni ekologik
ongini shakillantiruvchi ekologik tarbiya azaldan xalqlarni atrof muxitga bo’lgan
tuyg’ularini shakllantiruvchi tarbiya turlaridan biridir. Muxtasar qilib aytganda
talaba va o’quvchilarni allomalar ijodi bilan tanishtirish, ularni ta’lim-
tarbiyaga oid qarashlari hamda ta’limotlarini nazariy bilim berish orqali
o’qitish lozimdir.
Sharq mutafakkirlarining ekologik tarbiyaga oid ilmiy ta’limotlarini yosh
avlodga o’qitish va u orqali o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantirish,
shu bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish bugungi kuning ustivor
masalalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |