2.2.Abu Rayxon Beruniyning ekologik tarbiyaga oid qarashlarini o’rganish
hamda tahlil qilish
Insoniyat intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab-Xorazm Ma’mun
akademiyasida samarali faoliyat olib borgan Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.
Manbalarda aytilishicha ulug’ qomusiy alloma 150 dan ziyod asar yozgan. Ulardan
faqat 31 tasi bizgacha yetib kelgan. O`zbekistonning birinchi Prezidenti I. A.
Karimov takidlaganidek, “Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo’lib
dengizlar nazaryasi va yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o’ziga xos
yangi g’oyalarni taklif etdi, yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum bo’shliq holatini
32
izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari
ortida qit`a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning
nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr
dunyo tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas.
Miloddan avval o‘tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk
olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan
250 yil ilgari iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning
o‘lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon)
shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o‘lchaydi, keyin
bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo‘ladi va Yer radiusini 6840
kilometr deb chiqaradi.Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo‘ladi
yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian
aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan.Yer meridian aylanasining
uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo‘lsa kerak, degan fikrga kelgan Darhaqiqat,
tabiat ne’matlarini ko’z qorachig’idekasrab-avaylash, ularni qadrlash va har
tomonlama o’rganish milliy ma’naviyatimizga chuqur singgan, xalqimizga xos
ezgu fazilat hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” asarida 1118 turdagi dorivor, shu
jumladan, 750 ta o’simlik hamda 101 hayvonga batafsil tarif beriladi. U o’z ishida
arab, yunon, hind, fors, so’g’d va boshqa tillarga oid 4500 ta o’simlik nomi hayvon
mineral va ulardan olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot to’plab, o’sha davr
dorishunoslik atamalarini tartibga solishga o’zining katta hissasini qo’shgan.
Beruniyning “Agar insonlar tabiatga nisbatan zo’ravonlik qilib, uning qonunlarini
qo’pollik bilan buzsalar, bir kun kelib, tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni
solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas” degan so’zi bugungi
global ekologik muammolarning bundan ming yil oldin bashorat qilinganini
ko’rsatadi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mamlakatimizda katta
o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, milliy qadriyatlarimiz qayta tiklana
boshladi.Olloha hamdu sanolar bo’lsinkim, 80 yildan ko’proq davr ichida unitilgan
33
qadriyatlarimiz asta-sekin tiklanishi, bu ham mustaqillik mevasi hamda uning
sharofati, tufayli desak xato qilmasak kerak. O’zbek xalqining qadriyatlari
umuminsoniy qadriyatlar orasida alohida o’rin tutadi va muhim tarbiyaviy
ahamiyat kasb etadi. Hayot sarvari insondir. Dono xalqimiz qadriyatlari orasida
yangi avlodning ona qornida paydo bo’lishi, dunyoga kelishi va kamolotga
erishuvi bilan bog’liqligi bag’oyat ibratlidir. Respublikamiz miqiyosida barkamol
avlod tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda aynan ana shu etibor tufayli
mamlakatfarovonligini biz yoshlarga ishonish orqali bizga yanada ma’suliyat
hissi yuklanadi.
Bunday ishonchni oqlash uchun yoshlar yanada ko’proq meh nat
qilmog’imiz va o’z ijodiy ishlarimizni ilm-fanga bag’ishlamog’imiz kerak
bo’ladi. O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash uchun
birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning hatti-harakati bilan mamlakatimizdagi
barcha turdagi ta’lim maskanlarida yangi o’quv jihozlari, zamonaviy texnika va
texnalogiyalar bilan jihozlanishi bejiz emas albatta. Ushbu shart-sharoitlardan
unumli foydalanish orqali mutafakkirlar ijodini ilmiy,amaliy-nazariy jihatlarini
yosh avlod ongiga singdirish muhim masalalardan biridir.Shuni alohida
ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
barcha asarlarida yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash,
o’quvchilarni nazariy bilimlarini bobokalonlarimizning ilmiy-ma’rifiy ijodiyotiga
oid g’oyalari, ularning pand-nasihatlari va o’gitlari asosida yoshlarni mulkiy
ongini oshirish hamda o’quvchilarni ekologik madaniyatini shakllantirsh bilan
bog’liq fikr-muloxazalarini tarkib toptirish kabi g’oyalari keltirilgan. Ushbu
g’oyalar asosida yoshlarni ekologik dunyoqarashlarini nazariy jixatdan
shakllantirish bugungi kunning ustivor vazifalaridandir.
Bizga ma‘lumki o’tmish tajribalarisiz vatanni ravnaq toptirish va
yuksaltirish juda mushkul ishdir. Sharq mutafakkiridan biri bobokalonimiz
Yusuf Xos Hojibning komil inson shaxsini shakllantirish va farzand tarbiyasi
to’g’risida turli xildagi ijobiy g’oyalari mavjud bo’lib, ushbu ilmiy-ma’rifiy
fikrlar zaminida katta hayotiy hikmat yotadi.Bugungi kunda ta’lim-tarbiya
34
sohasida ham mutafakkirlarning milliy merosiga murojat qilmasdan turib uni
rivojlantirib yoki ravnaq toptirib bo’lmaydi. Yosh avlodni har tomonlama
tarbiyalab shaxsini kamol toptirishda ulkan hissa qo’shgan buyuk
mutafakkirlarimizdan biri Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlariga va
uning milliy merosiga murojaat qilish mumkin.
Abu Rayhon Beruniy «Geodeziya» asarida Orol dengizining kelib chiqish
tarixi, Kalif, Uzboy Amudaryoning eski o‘zani ekanligi haqidagi qimmatli
ma’lumotlarni beradi. Uning mulohazalariga ko‘ra Amudaryo vohasi Qizilqum va
Qoraqum tabiati geologik, ham tarixiy o‘tmishda doimo o‘zgarishda bo‘lib , suvlik
bilan quruqlik almashinib turgan, o‘shbu cho‘llarda uchraydigan dengiz hayvonlari
qoldiqlari qadimda suv ostida bo‘lganini bildiradi. Beruniy ba’zi tabiiy - ilmiy
masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga urinadi va shu zaylda, umumiy
shaklda bo‘lsa ham keyingi davrlardagi tabiatshunos olimlarga ba’zi ilmiy
yutuqlarga erishish uchun yo‘l ko‘rsatib beradi. Masalan, Beruniy aytadiki,yerdagi
hayvonot va o‘simliklar cheksiz ko‘payishga intiladi vash u maqsadda kurashadi.
Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr bildiradi: «Ekin va
nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi». Beruniy asarlarida o‘simlik va
hayvonlaning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati
haqida ma’lumotlar topish mumkin.
Beruniyning ilmiy qarashlari asosan «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi
ajdodlardan qolgan yodgorliklar», asarida Xorazmning turli o‘simliklari, va
hayvonot dunyosni bayon etgan. Ushbu asarda o‘simlik va hayvonlarning tashqi
muhit bilan aloqasi, ularning xulq – atvori yil fasllarining o‘zgarishi bilan bog’liq
ravishda o‘zgarish misollar bilan tushuntiriladi. Jumladan asarda qish qattiq, sovuq
kelsaqushlarning tog’dan tekisliklarga tushishi, chumolilarning uyasiga bekinib
olishi, va hokazolar ifoda etiladi. Beruniy yer qiyofasining o‘zgarishi o‘simlik va
hayvonot dunyosining o‘zgarishlariga, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi
bilan bog’liq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Qumni kovlab, uning orasidan
chig’anoqni topish mumkin deydi u alloma. Buning sababi shuki, bu qumlar
qachonlardir okean tubi bo‘lgan, deb xulosa qiladi. Shu o‘rinda Istahriyning
35
e’tiborga loyiq ma’lumotlarini keltiramiz: Xorazmdan uzum, ko‘p mayiz ,
pishiriqlar, kunjut, yo‘l – yo‘l kiyimlar gilamlar, go‘zal kimhob, kulflar, rangli
kiyimlar, eng kuchli kishilar tarang qiladigan kamonlar, zardob, baliq,
yetishtiriladi. «Bu yerda kemalar qurilib pardozlanadi». «Ular yurtida (Xorazmda)
oltin va kumush konlari va hech qanday qimmatbaho toshlar yo‘q. Ularning
boyliklarining ko‘p qismi turklar bilan qilinadigan savdodan va mol
boqishdan».Ushbu manbada Xorazm rivojlangan chorvachilik bo‘lganligi va
shubhasiz xo‘jalikda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi to‘risida gapiriladi.
Temuriylar saltanatida shaharlar qurilishida, saroylar qurilishida birinchi
navbatta atrof – muhitning toza saqlanishiga, chiqindi suvlarni quvurlar orqali
chiqib ketishiga katta e’tibor qaratganlar. Beruniyning “Agar insonlar tabiatga
nisbatan zo’ravonlik qilib, uning qonunlarini qo’pollik bilan buzsalar, bir kun
kelib, tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech
qanday kuch qaytara olmas” degan so’zi bugungi global ekologik muammolarning
bundan ming yil oldin bashorat qilinganini ko’rsatadi.
Abu Rayhon Beruniy tabiatda simmetriya qoidasi mavjudligini e’tirof etadi.
Goho tabiat o’z ishlarida yanglishadi, deydi Beruniy. Yanglishish deganda o’z
joyiga zid ish tushiniladi. Olamni idora qilivchi manba- “tuzilish va buzilish”
degan ibora ziddiyatdir, degan fikrni quvvatlaydi Beruniy. Olamda narsalar
rivojlanib turadi, narsalarning nihoyasiz ravishda yashirinlikdan yuzaga chiqishi,
mavjudlikka chiqishi rivojlanishga dallildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |