Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan
zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri
qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani
oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish
bilan shugʻullanadigan sohasi. Matematika, fizika, nazariy elektronika kabi fanlar
Elekronikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Elektronikada axborotni diskret va
uzluksiz elektromagnit signallar koʻrinishida olish va ularni oʻzgartirish,
almashtirish masalasi ham oʻrganiladi. Elektronlarning juda kichik inersion
xossaga ega ekanligi ularning elektron asboblar ish hajmidagi makromaydonlar
bilan ham, atom, molekula yoki kristall panjara ichidagi mikromaydonlar bilan
ham oʻzaro taʼsiridan chastotasi 1012Gs gacha boʻlgan elektromagnit
terbanishlarni, shuningdek, chastotasi 1012— 1020Gs boʻlgan infraqizil, optik,
ultrabinafsha va rentgen nurlanishlarni samarali generatsiyalash, oʻzgartirish va
qabul qilish imkonini beradi. Elektron jarayonlar va hodisalarni, shuningdek,
elektron asbob va qurilmalar yaratish usullarini tadqiq qilish natijalari elektron
texnikaning turlituman asbobuskunalarini, hisoblash texnikasi, informatika, aloqa,
radiolokatsiya, televideniye, telemexanika va boshqalar sohalardagi murakkab
masalalarni hal qilishga moʻljallangan turli tizimlar va komplekslarni yaratishda
oʻz aksini topgan.
Elekronikaning asosiy ilmiy masalasi vakuum, elektromagnit maydon va bir
jinsli boʻlmagan muhitda zaryadlangan atom zarralarining harakati va bu bilan
bogʻliq fizik hodisalarni oʻrganish va amaliy yoʻnalishini belgilash, amaliy
masalasi esa axborotni hosil qiluvchi, oʻzgartiruvchi va uzatuvchi tizimlarda,
hisoblash texnikasida, energetik qurilmalarda, ishlab chiqarish texnologiyasida har
xil vazifalarni bajaruvchi elektron asbob va qurilmalar yaratishdan iborat.
Elektronika yutuqlari radiotexnika taraqqiyoti, tranzistorlar, uzatuvchi televizion
trubkalar yaratilishi bilan uzviy bogʻliq.
Elektronika faniga hissa qo’shgan olimlar: J.K.Maksvem, O.U.Richardson,
T.A.Edison, T.Gers, Gʻ.V.Rentgen, J.Tomson, X.K.Lorentsyatlsh ishlari 20-asr
boshida Elektonikaning fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi. Rus olimlari:
A.G.Stoletov, A.BonchBruyevich, N.G.Basov, A.M.Proxorov, S.V.Vavilov,
A.A.Chernishev va boshqalar. Amerika olimlari: Ch.Tauns, L.De Forest,
Z.Varvan, R.Varman, R.Kompfner va boshqalar bu fan taraqqiyotiga muhim hissa
qoʻshishdi.
Elektronika 3 boʻlim: fizik Elektronika, texnik Elektronika va Elektronika
texnologiyasi boʻlimlaridan iborat.