Texnik Elektronikada elektron va ion asboblar, qurilmalar va tizimlarni
fan, sanoat, aloqa, xalq xoʻjaligi, transport va boshqalar sohalarda qoʻllash
nazariyasi va amaliy hal qilish masalalari koʻriladi. Texnik E.ga elektronnurli
trubka, ossillograf, rentgen qurilmalari, EHM, simobli tok oʻzgartirgichlar,
radiolokatorlar, integral sxemalar va boshqalar kiradi. Elektron apparatlarning
qoʻllanishiga qarab, texnik E. mustaqil radioelektronika, sanoat, yadro E.si kabi
yoʻnalishlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |