Korroziyaga qarshi qo‘ndirmalar va korroziya ingibitorlari
Yoqilg'i ishlatishdagi korroziya jarayonlari dvigatel ishining yoqilg'i
sistemasi, truboprovod, sig‘imlar va boshqa apparaturalarning ishonchliligini va
uzoq vaqt ishlashini kamaytirishiga sabab bo'ladi. Korroziyaga qarshi qo‘ndirmalar
chet ellarda kimyoviy korroziyani yo'qotuvchi sifatida ishlatiladi.
Ko‘p aminlar, metall naftenlari, ayrim kislotalarning ammoniyli tuzlari,
nitrollangan va sulfolangan yoqilg‘ilar va boshqa mahsulotlar korroziyaga qarshi va
yoqilg‘ilar uchun qo‘ndirmalar sifatida tavsiya etiladi.
Dizel yoqilg‘ilariga korroziyaga qarshi qo‘ndirmalar sifatida neft sulfonatlari
ishlatiladi. Bu qo'ndirmalaming 0,004 % qo'shilishi yoqilg'ilarning himoya xossasini
tez yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |