Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/267
Sana06.09.2021
Hajmi4,98 Mb.
#165968
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   267
Bog'liq
mojlar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi

 
 
 


37 
 
2-modul. Moylarni olinish texnologiyalari  
5-mavzu. Neftli (mineral) va sintetik moylar. 
 
Neft moylarini sinflanishi, moylarni asosiy sifat belgilari. 
Neft  moylari  yuqori  haroratda  (300-800
0
S)  qaynovchi  fraktsiyalar  bo‘lib, 
ularning  tarkibida  parafinlar,  naftenlar,  aromatik  va  ularning  suyuq  uglevodorodli 
aralashmalari,  oltingugurtli,  azotli  va  kislorodli  birikmalar    hamda  juda  kam 
miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo‘ladi. 
        Neft  moylari  distillyatli,  qoldiq  va  kompaundirlangan  moylarga  bo‘linadi. 
Neftdan  moylarni  olish  yo‘li  va sifatiga ko‘ra: oq  moylar,  izolyatsiya, konservastion 
va surkov moylariga bo‘linadi. 
   Neftning  distillyatli    va    qoldiq  moylarni  tozalash  usuliga  ko‘ra  mineral  surkov 
moylari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Ishqor yordamida tozalash. 
2.  Kislota-ishqorli  tozalangan,  bunda  distillyatli  moylar  H
2
SO
4
  bilan  ishlov  berilib, 
uning tarkibidan smolali moddalar va to‘yinmagan uglevodorodlar ajratiladi. 
3.  Kislota-kontaktli  tozalangan,  ya’ni  distillyat  va  qoldiq  neft  moylari  H
2
SO
4
  da 
ishlov  berish  orqali  olingan  moyda  keyingi  tozalash  jarayonida  oqartiruvchi  qum-
tuproqda  yuqori  haroratda  H
2
SO
4
    qoldiqlari  parchalanishi  va  ajratilishi  uchun 
o‘tkaziladi. 
 4. Selektiv tozalangan, bu moylar selektiv erituvchilar yordamida tozalangan bo‘lib, 
uning  tarkibidagi  keraksiz  uglevodorodlar  va  smolali  moddalarni  eritib  olish  bilan 
tozalangan mineral surkov moylari vazifasiga ko‘ra quyidagi moylarga bo‘linadi: 
1. Industrial moylar. 
2. Ichki yonuv dvigatel moylari. 
3. Bug‘  mashina moylar. 
4. Maxsus moylar. 
    Industrial  moylar-  fabrika,  zavodlar  va  qishloq  xo‘jaligida  mashina  va 
mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. 
     Industrial moylar sinflanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 


38 
 
- engil qovushqoqlikdagi 50
0
Sda 3,9-8,5 sstgacha qovushqoqlikka ega; 
- o‘rta qovushqoqlikdagi  50
0
Sda 12,0-57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi; 
- og‘ir qovushqoqlikdagi 57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi. 
            Yengil  industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. 
      Velosit moyi engil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni moylash 
uchun qo‘llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun ishlab chiqarish 
mexanizmlari.  Vazelin  moyi  50
0
S  dagi  qovushqoqligi  5,0-8,5  sst  bo‘lib, 
parfyumeriyada,  charm  ishlab  chiqarish  va  nazorat  o‘lchov  asboblarini  moylash 
uchun ishlatiladi.  
      O‘rta  industrial  moylar  guruhiga  vereten  va  mashina  moylari  kiradi.  Vereten 
moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko‘ra vereten-2 va vereten-3ga bo‘linadi. 
       Vereten-2  50
0
S  dagi  qovushqoqligi  11,8-  14,0  sst  bo‘lib,  kam  quvvatli 
elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. 
       Vereten  3    50
0
S  dagi  qovushqoqligi    19  -23 ,5  sst  bo‘lib,  u  materiallarga  ishlov 
berish  sanoatidagi  turli  mexanizmlar,  chilangarlik,  silliqlash,  teshik  ochuvchi, 
kesuvchi va boshqalarni moylashda qo‘llaniladi. 
     Mashina  moylari  qovushqoqligiga  ko‘ra  L    va    S  markalarga  bo‘linadi.  L  
markadagi  moy  turli  mashina  detallarini  moylash  uchun  qo‘llaniladi.  S  marka  esa 
katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. 
       Og‘ir  industrial  moylar  guruhiga  kislota  kontaktli  usulda  tozalangan  distillyat 
moyi  silindr-2 kiradi. 
         Silindr-2  moyi  yuqori  haroratda  ishlovchi,  katta  kuchlanishli  va  kichik 
tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. 
      Stilindr-2  moyini  qovushqoqligi  100
0
S  da  9,6-14,0  sst.  Ichki  yonuv  dvigatellari 
uchun moylar qo‘llanilishiga ko‘ra:  
1. Aviatsiya. 
2. Avtomobil. 
3. Traktor. 
4. Dizel. 
5. Motor moylariga bo‘linadi. 


39 
 
      Aviatsiya  moylari  qishki  va  yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz  mavsumida MK-22 
va  MK-20  markada  bo‘lib,  100
0
S  dagi  qovushqoqligi  22  va  20  sstga  teng.    S 
markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo‘lib, aviamotorlarda ishlatiladi. 
     Avtomobil  va  traktor  moylari  barcha  turdagi  avtomobil,  traktor  va  mototsikl 
dvigatellarida  ishlatiladi.  Avtotraktor  moylari  (avtollar)  qovushqoqligi  bo‘yicha 
avtol-4,  avtol-6,  avtol-10  va  avtol-18ga  bo‘linadi.  Sellektiv  tozalashdan  olingan 
avtollar (AS-5 va AS-9,5). Faqat karbyuratorli dvigatellarga mo‘ljallangan.        Dizel 
moylari og‘ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo‘llaniladi. 
        Motor  moylari  qo‘zg‘almas  dizel  va  neftli,  gazli  dvigatellarda  qo‘llaniladi. 
Motor  moylari  M(45-50  sst)  va  T  (62-68  sst)  markalarga  bo‘linadi.  Bu  moylar 
qo‘llanilishi  asosan  dvigatel  quvvatiga  bog‘liq.  Yuqori  quvvatli  dvigatellarga  T 
markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo‘llaniladi. 
         Bug‘  mashina  moylari  asosan  silindr  moyi  deb  ataladi  va  bug‘  mashinasi 
detallarni moylash uchun ishlatiladi. Bug‘ mashinalari bug‘ turiga bog‘liq bo‘lib, ular 
yordamida ishlatilishiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug‘da 
ishlovchi  mashinalarga  bo‘linadi.  To‘yingan  bug‘da  ishlovchi  mashinalar  uchun 
silindr  vispozin  3  va  nigrol  L  navli  moylar  ishlatiladi.  Qayta  qizdirilgan  bug‘da 
ishlovchi  mashinalarda  veport,  silindr-6  va  veport-gidro  navli  moylar  qo‘llaniladi. 
Maxsus  moylar  guruhiga  transformator,  turbina,  kompressor,  parfyumeriya  va 
meditsina  moylari kiradi.   Transformator  moylari tranformator  o‘zagi  va o‘ramlarini 
sovitish va himoyalash uchun ishlatiladi. 
      Turbina  moylari  bug‘li  va  suvli  turbina  podshipniklarni  moylash  uchun, 
shuningdek bug‘li turbogeneratorlarni boshqarish tizimini to‘ldirish uchun ishlatiladi. 
Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi: 
1.  Turbina  L  marka  (20-23  sst,  50
0
S),  kichik  va  o‘rta  quvvatdagi  bug‘li  turbinalarni 
moylash uchun ishlatiladi. 
2.  Turbina  UT  marka  (28-32sst,  50
0
S)  aylanishlar  soni  minutiga  2000-3000  bo‘lgan 
kuchli bug‘li turbinalar uchun qo‘llaniladi. 
3. Turbina T marka (44-48 sst, 50
0
S).  


40 
 
4.  Turboreduktor  moyi  (55-59sst,  50
0
S)  paraxod  qurilmalarini  moylash  uchun 
ishlatiladi.  
Kompressor moylari 2ga bo‘linadi: 
1.  Kompressor  M  marka  (9,5-14sst,  100
0
S),  havo  haydovchi  va  havoli  2  bosqichda 
siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi. 
2.  Kompressor  T  marka  (14-20  sst,  100
0
S)  yuqori  bosim  (44dan  225  atm.)dagi  ko‘p 
bosqichli kompressorlarda ishlatiladi. 
    Parfyumeriya  va  meditsina  moylari  o‘ziga  xos  rang  va  hidga  ega.  Parfyumeriya 
moylari, qovushqoqligi 50
0
Sda 15-20sst, meditsina  moylari 50
0
S da 28-31sstga teng. 
Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi. 

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish