70
XULOSA
Soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish hisobiga ularning
o’zlarida qoldirilishi va ushbu mablag’lardan samarali foydalanish iqtisodiy
taraqqiyotga xizmat qilishi bilan birga ijtimoiy sohadagi muammolar, ya’ni
aholining kam daromadli tabaqasining daromadi oshishiga va ish o’rinlari yaratilib,
bandlik masalasini ijobiy hal etishga va bularning natijasida byudjet daromadlarini
kshpayishiga sharoit tug’diradi. Ayni bu holat soliq yukini kamaytirish bo’yicha
eng muhim vazifa sifatida belgilangan ishlab chiqarishni faollashtirish omili
bo’lgan xarid talabining jadal o’sishini ta’minlash vazifasini amalga oshirishga
zamin yaratadi. Umumiy talabning o’sishi deyarli barcha tovarlar, shu jumladan
iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni oshirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi
omillarni yaratadi. Shu borada, avvalo, aholining daromadlari o’sishini ta’minlashi
ko’zda tutilgan.
Bugungi kunda davlat soliq siyosatining samarasi ko’p jihatdan olganda,
egri soliqlar bo’yicha soliq yuki darajasini iloji boricha muayyan belgilash va
taqsimlash jarayoniga bog’liq. Egri soliqlar bo’yicha soliq yukini muayyan
belgilashda fikrimizcha, soliq to’lovchilarning iqtisodiy faolligini kamaytirmaslik,
iste’molchining real pul daromadi haddan ziyod kamayib ketishiga yo’l
qo’ymaslik, qolaversa, ayrim olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi
soliq yukini boshqa soliq to’lovchilar hisobidan qoplamaslik holatlariga alohida
e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi boblarda tahlillar natijasida ko’rdikki, ayrim soliqlar bo’yicha
reja bajarilmagan, ayrimlari bo’yicha esa ortig’i bilan bajarilgan. Bunday holatlarni
kelib chiqishiga birinchi tomondan soliqlarni rejalashtirishni to’ri yo’lga
qo’yilmagaligi bo’lsa, ikkinchi tomoni tushumlarni o’z vaqtida va to’liq
tushmasligidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjet daromadlarini rejalashtirishni
takomillashtirish yo’nalishlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
71
byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar bazasini
etarli va sifatli darajada shakllantirish;
bu boradagi huquqiy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish va byudjet
daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usullari, muddatlari hamda
ishtirokchilar vazifalarini aniq ko’rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul qilish;
ilmiy asoslangan va jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida
qo’llaniladigan usullarni tatbiq qilish;
oliy
o’quv yurtlari va mutaxassislar malakasini oshirish
muassasalarda zarur mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish.
Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligi tomonidan tayyorlangan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni
sifatini yaxshilash yordamida kelgusi yilgi O’zbekiston Respublikasining
konsolidatsiyalashgan byudjeti loyihasini tayyorlash uchun daromadlar va
xarajatlarning prognoz ma’lumotlari to’g’ri shakllantiriladi.
Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, davlat
byudjeti
tarkibida
soliqsiz
daromadlarning ulushi past, shu sababli ushbu daromadlarni ko’paytirish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
davlat korxonalari va tashkilotlari ixtiyorida bo’lgan ko’chmas
mulkdan foydalanish, ularni ijaraga berish shartlari va ijaradan olingan
daromadlarni davlat byudjetiga kelib tushishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish;
banklar, fondlar, investitsion va moliyaviy kompaniyalar kapitalida
davlat ishtirokini optimizatsiyalash yuzasidan ishlarni amalga oshirish;
davlat byudjetiga maksimal foyda keltirgan holda davlat ixtiyoridagi
aktsiya, ulush va paylarni arzonroq narxda sotish.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri
hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij
tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining
ahamiyatini kuchaytirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: