18-rasm
Yagona g’azna hisobvarag’iga asoslangan Davlat byudjeti
daromadlari g’azna ijrosining istiqboldagi mexanizmi
55
55
Eshnazarov T. O’zbekistonda moliyaviy sektorning rolini oshirish va unda ilg’or xorij
tajribasidan foydalanish mavzucidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami, I
qism, 2015 yil 2 aprel Toshkent «Iqtisod-moliya» 2015
Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar
mahalliy byudjet shartli
hisobvaraglari
Shahar va tuman
mahalliy byudjet
mablag’lari shartli
2
1
3
Moliya vazirligi
G’aznachiligi
“Yagona g’azna
hisobvarag`i” YaG`H
Bank tizimi orqali soliq
to`lovchilar
Respublika
byudjeti
mablag’lari shartli
hisobvaragi
Soliq organlari
64
Bu yerda:
1-umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig’imlar;
2- xarajatlar to’lovi;
3- byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy
to’lovlarni qaytarish;
yagona g’azna hisobvarag’iga kelib tushgan soliqlar, yig’imlar va majburiy
to’lovlarni Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjeti, shahar va tuman mahalliy byudjetlarining
shartli hisobvaraklarida hisobga olinishi;
byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy
to’lovlarni qaytarilishi.
Istiqbolda ushbu mexanizmni joriy etish uchun “Respublika yagona g’azna
hisobvarag’i” va “Hududiy g’azna hisobvarag’larini” avtomatlashtirilgan axborot
tizimi orqali birlashtirish natijasida O’zR Markaziy bankida G’aznachilikning
Yagona g’azna hisobvarag’ini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bunda
jarayonlar vaqt birligi rejimida (on-line) amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlari g’azna ijrosida davlat byudjeti daromadlari
bo’yicha barcha tushumlar tijorat banklar tomonidan g’aznachilikning Yagona
g’azna hisobvarag’i (YaG’H)ga kirim qilinadi va g’aznachilikda undagi mablag’lar
kirimi
va
chiqimi
respublika
va
mahalliy
byudjetlar
hisobi
shartli
hisobravaraqlarda yuritiladi.
Bu esa, o’z navbatida, G’aznachilikni, soliq, bojxona organlari, banklar
byudjet mablag’lari taqsimlovchilar va oluvchilar, ya’ni byudjet va soliq
jarayonlarining barcha sub’ektlarining axborot va huquqiy o’zaro hamkorligini
tashkil qilish masalasini sifat jihatdan ancha yuqori darajada hal qilishni va
avtomatlashtirilgan axborot tizimini ham xalqaro standartlarga mos ravishda
takomillashtirishni taqozo etadi va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf
etadi. Bundan tashqari Davlat byudjeti daromadlarini amaldagi taqsimoti
tartibotlari ham byudjet ijrosini tez, aniq va to’la tukis ijrosini amalga oshirishda
muammoli tomonlarga egadir.
65
Bu holat byudjetning daromad qismiga kiritiladigan o’zgartirishlar bilan
bog’liq. Bunda turli byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar yuzaga keladi. Bu
esa, o’z navbatida, amaldagi soliq tushumlari prognoziga va byudjetlar daromadlari
rejasiga o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi va davlat soliq tushumlariga ma’sul
(davlat soliq xizmati) hamda byudjetlar daromadlari tushumiga ma’sul (xokimlik
moliya
bo’limlari)
shaxslar
manfaatdorlik
qiziqishlarini
o’ziga
xos
to’qnashuvlarini keltirib chiqaradi. Bu erda davlat soliq xizmati daromadlar
prognozi rejasini bajarilishidan manfaatdor bo’lsa, xokimlik moliya bo’limlari
mahalliy byudjetlarga tushishi lozim bo’lgan daromad tushumlaridan manfaatdor
bo’ladi.
Bizningcha, bu erda xokimliklar, soliq, moliya va g’aznachilik organlari
tomonidan soliq va majburiy to’lovlarni yig’ish jarayonida kuchlarning
birlashtirilishi yuzaga kelgan qiziqishlarni bartaraf etadi va salmoqli darajada
davlat byudjeti daromadlari tushumi ijrosini kafolatlaydi. Buning uchun, albatta,
byudjet daromadlari prognozlariga yil davomida o’zgartirishlar kiritish hamda
umumdavlat va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishni amaldagi
mexanizmini takomillashtirish va ko’pgina rivojlangan mamlakatlar tajribasiga
tayanib, daromadlarni o’rta va uzoq muddatli byudjetlar bo’yicha rejalashtirish
hamda ularni shakllantirishni yangi mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.
Shuningdek, byudjet daromadlari ijrosining yagona dasturga asoslangan
byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab olinishi, birinchidan, moliya organlari
hamda soliq xizmati o’rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf etishga,
byudjetlar o’rtasida daromadlarni taqsimlash jarayonida tijorat banklarining
aralashuviga yo’l qo’ymaslikka xizmat qilsa, ikkinchidan, byudjet daromadlari
tushumlarini o’z vaqtida ijrosini aniq va to’g’ri bajarilishiga imkon berib, ularni
monitoring va nazorat qilishga zaruriyat qolmaydi, uchinchidan, daromadlarni
yig’ish, hisob-kitobini olib borish va byudjetlar o’rtasida taqsimlash jarayonlarida
ishtirok etuvchi ma’sul manfaatdor shaxslar tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin
bo’lgan xato va qonunbuzarliklar bilan bog’liq xavf-xatarlar, ularni topish va
to’g’rilashga ketadigan qushimcha vaqt sarflarini ham oldi olinadi. To’rtinchidan,
66
davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisob-kitob va hisobot larni sifatini
yaxshilash bilan bir qatorda ularni tayyorlash jarayonini ham bir necha martaga
qisqartiradi. Bizningcha, Davlat byudjeti g’azna ijrosida daromadlarni kassali
rejalashtirish
va
ijrosini
amalga
oshirish
ham
byudjet
muvozanatini
barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Davlat Byudjeti daromadlarini ijrosini kassali
rejalashtirish bu daromad tushumlari prognozlari, ularga tuzatishlar kiritishning
tezkor mexanizmi bo’lib, kassa rejasi G’aznachilikning Yagona g’azna
hisobvaraqlaridan o’tuvchi moliyaviy oqimlarning kunlik prognozlarini ko’rsatadi
va mablag’ jalb qilish rejalarini tuzishga asos bo’ladi. Daromadlar kassa rejasida
byudjet daromadining har bir turi (soliqlar, soliqdan tashqari tushumlar va bq), aks
ettirilib tuziladi va doimiy ravishda monitoring va tahlil natijasida prognoz va
amaldagi natijalar o’rtasidagi farqqa qarab har haftada yangilanib borilishni taqozo
qiladi. Prognoz qilishni har haftada yangilash jarayoni prognoz va amaldagi
natijalar o’rtasidagi farqlar vaqtinchalik yoki doimiy o’zgarishlarni aks ettirish-
ettirmasligini aniqlashga qaratiladi.
Daromadlar kassa rejasi kutilayotgan daromadlar va ularning kelgusidagi
o’zgarishlari to’g’risida faraz qilish imkonini beradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet daromadlarini
shakllantirishda soliqlarni takomillashtirish, hisoblashni va byudjetga to’lanish
nazorat amalga oshirish hamda soliq ma’murchiligini yuksaltirish eng dolzarb
muammolardan hisoblanadi. Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturda byudjet-
soliq yunalishida quyidagi muhim vazifalarni belgilab berildi:
soliq yukini kamaytirish;
soliq stavkalarni unifikatsiya qilish;
lavlat byudjetini barqarorligini ta’minlash;
mahaliy byudjet daromadlarini mustahkamlash;
soliq ma’murchiligini takomillashtirish;
soliq solish mexanizmini takomillashtirish;
soliq to’lash muddatlarni qisqartish va boshqalar.
67
Davlat moliyasini barqarorligini ta’minlashda soliq va soliqsiz to’lovlar
muhim o’rin tutadi. Amaldagi soliq tizimida byudjetga tushish va uning
to’ldirilishi jihatdan egi soliqlarning o’rni yuqori. Rivojlangan davlatlar tajribasi
shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy taraqqiyot sur’atining oshib borishiga nisbatan egri
soliqlar yukining kamayib borishi teskari mutanosiblikda ro’y beradi. Iqtisodiy
rivojlanish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning daromad olish manbai va soliq
obyektining kengayishini xarakterlaydi hamda byudjetga to’g’ri soliqlardan
ko’proq moliyaviy resurslar yo’naltirilishiga olib keladi.
Davlat byudjetining boshqa daromadlari tushumini oshirish orqali byudjet
daromadlarini oshirish pirovardida soliq yukini pasaytirishga imkonini beradi.
Respublikamizda keng doirada byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash va
iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirish zarurati istiqbolda qo’shimcha moliyaviy
resurslarni aniqlash va ulardan foydalanish yuzasidan ishlarni faollashtirishni
taqozo etadi.
Davlat byudjeti boshqa daromadlaridan tushumlar byudjet daromadlari
hajmida yuqori ulushga ega bo’lmasa-da, ularni hisoblash va undirish tartibi mol-
mulkdan foydalanish, amalga oshirilayotgan ishlarni maqsadga muvofiqligi va
qonunlar doirasida ekanligini ta’minlash, korxona va tashkilotlar ixtiyoriga kelib
tushadigan ba’zi mablag’larni shakllantirish va ulardan to’g’ri foydalanish ustidan
nazoratni tashkil etishda muhim hisoblanadi. Boshqa daromadlar asosan qo’yilgan
biror bir tartibni buzganlik, ulardan noto’g’ri foydalanganlik yoki biror narsaga
davlat boji to’lash bilan bog’liq jarayonda yuzaga keladigan moliyaviy munosabat
hisoblanib, ushbu to’lovlarni amalga oshirilmasligi jamiyatda tartibsizlik,
boshboshdoqlik va egasizlik hissini keltirib chiqaruvchi psixologik vaziyatni
yuzaga keltiradi. Shuning uchun boshqa daromadlar ularning byudjetdagi ulushi
bilan emas insonlardagi to’lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan psixologik
vaziyat bilan baholash to’g’riroq bo’ladi.
Fiskal xarakterdagi yig’imlar va boshqa daromadlarni ajratishda aniq
mezonlarning mavjud emasligi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni
kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
68
byudjetga tushadigan to’lovlarni soliqli yoki huquqiy-fuqarolik
to’lovlar sifatida qayd etib tasniflash;
kompensatsiya to’lovlarni undirishning huquqiy-fuqarolik rejimidan
to’liq voz kechish zarur, chunki byudjetga kelib tushadigan aynan bir xil turdagi
to’lovlar ba’zida yig’imlar sifatida, ba’zida boshqa daromadlar sifatida tushishini
to’g’ri holat deb bo’lmaydi deb hisoblaymiz.
Boshqa daromadlarni shakllantirilishni takomillashtirish yuzasidan quyidagi
yo’nalishlarni ko’rsatish mumkin:
rejalashtirish va prognozlashtirishda yanada takomillashgan uslublarni
qo’llash, iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish asosida hisob-kitoblarning
bir nechta variantda bo’lishini ta’minlash hamda shu asosida optimal variantni
tanlash; bir necha (ko’p) variantli byudjet loyihasini tuzishga o’tish;
byudjetning boshqa daromadlarini rejalashtirish asosi hisoblangan
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni yuqori darajada aniqligini ta’minlash;
boshqa daromadlarni hisoblash uchun qonunchilikda kutilayotgan
o’zgarishlar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish;
byudjet daromadlari tarkibidagi jarima va sanktsiyalar summasini
rejalashtirishdan voz kechish.
Davlat va mahalliy byudjet daromadlarining shakllanishida asosiy o’rinni
soliqlar egallaydi. Bozor munosabatlariga asoslangan davlatlarda soliqlar byudjet
daromadlarini shakllantirishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim vazifalarni
amalga oshiradi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish
davlatning soliq siyosati bilan bevosita bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |