214
qaerga va kimga yuborilayotgani, teskari manzili (faqat barcha nomlar va manzilgohlar, albatta
elektrondir) ko’rsatiladi. Siz xatni “kopirka” (nusxa) orqali bir necha manzilgoh bo’yicha
jo’natishingiz, xatga fayl qo’shib yuborishingiz mumkin. Elektron xat bilan bo’ladigan keyingi
ishlar oddiy xatni jo’natishni eslatadi. Siz pochta serveri bilan bog’lanasiz (odatda, POP 3 - Post
Office Protocol - Pochta protokoli, 3-versiya) va xatni shu serverga jo’natasiz. (Pochtaga olib
borasiz). Keyin pochta serveri xatni oluvchining pochta serveriga yetkazib berishni tashkil qiladi,
u yerdan xatni oluvchi olishi mumkin. Odatda, elektron xat jo’natilgan zaxoti kelib elektron pochta
idishida xat oluvchi tomonidan olinish uchun saqlanadi. SHunday qilib, bu tizim oddiy pochtaga
nisbatan kuchliroq va egiluvchandir. Elektron pochta xabarlarni shunchaki tez yetkazishga nisbatan
xizmatlarni
kengroq turlarini tavsiya qiladi. Elektron pochta, matndan tashqari, ovozli yoki grafikli
fayllarni hamda boshqa ikkilik axborotlarni, masalan, dasturlarni ham o’zida tutishi mumkin.
Elektron pochtaning eng asosiy afzalligi xatlarni tez yetkazib berishidir. Agar siz xatni elektron
pochta orqali yuborayotgan bo’lsangiz siz bilan pochta oluvchi o’rtasida qancha masofa borligi
sizga baribir. Amalda jo’natilgan zaxotiyoq xatingizni olishi mumkin. Xatni bir yo’la bir necha
manzilga yuborish ham juda oson. Bu degani istalgan vaqtda Siz xabarlarni yuborishingiz va ularni
bir necha sekunddan so’ng dunyoning turli joylarida o’qishlari mumkin.
Elektron pochtaning yana bir afzalligi shundaki, manzilning uzoqligi yetkazib berish tezligiga
ham, qiymatiga ham hech qanday ahamiyati yo’q. Xatni elektron pochta orqali Germaniyani ichida
SHimoliy Qutbga yoki bir vaqtda bir necha punktga yuborishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni xost-
kompьyuteringiz telefon aloqasidan foydalanganligingiz uchun haq to’laysiz. Internetga mustaqil
ulangan kompьyuterlar xost-kompьyuterlar (host-xo’jayin) deyiladi.
Internet elektron pochtasi taxminan oddiy pochtaga o’xshash ishlaydi.
Sizning E-mail dasturingiz xatingizni
xatning sarlavhasiga - konvertga o’xshab - (mail-
header) joylashtiradi. va SMTP yordamida uni tarmoqga jo’natadi. Pochta - server bilan muloqot
qilish uchun elektron pochtaning mijoz-dasturi ikkita protokolidan foydalanadi: bittasi xabarni
jo’natish uchun, ikkinchisi uni olish uchun. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol)- Pochtani
uzatish oddiy protokoli xabarlarni jo’natish uchun foydalaniladi; ROR 3 (Post Office Protocol) -
Pochta protokoli, 3-versiya, ularni olish uchun foydalaniladi. Keyin sizning xabaringiz tarmoq
orqali tarmoqlararo o’tishlar (mail gateways) yordamida uzatiladi. Xabaringiz kerakli tarmoqga
kelib tushgandan so’ng,
pochta agenti (mail agent) uni oluvchining pochta qutisiga yetkazib
beradi. Manzildagi xabarni tarmoqdan POP 3 pochta protokoli orqali oladi.
Xat sarlavhasi (mail header) quyidagicha bo’ladi:
E-mail. Xat sarlavhasi;
Komu;
Kopiya;
Vlojenie;
Tema;
E-mail mijozlari.
Elektron pochtadan foydalanishning turli xil turlari mavjud. Ulardan ayrimlari:
Oddiy yozishma. E-mail asosan xabarlar va fayllarni boshqa kishilar bilan almashish uchun
foydalaniladi. Elektron pochta muassasalar tomonidan ilgaridan foydalaniladi. Lekin hozir
ko’pchilik undan do’stlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish uchun foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: