Internetda qidiruv
Odatda, har qanday foydalanuvchi Internetra ulanayotganda quyidagi chizmaga amal qilinadi:
Foydalanuvchi o’zining lokal qurilmasini mintaqaviy provayderi bilan bog’lash kerak. Aloqa
o’rnatish uchun ko’pchilik foydalanuvchilar modem va telefon liniyasini qo’llashadi. Lokal va
uzoqlashgan serverlar, odatda, Internet bilan nisbatan tezkor aloqa kanali yordamida bog’langanlar.
Internet bilan hamkorlikning bunday mexanizmini Mijoz-Server tizimining klassik varianti sifatida
tavsiflash mumkin. Tizimning asosiy funktsiyalari serverda to’plangan.
Internetda axborotlar juda ko’p bo’lganligi uchun, Siz kerakli narsani topish uchun, qaerdan
qidirish kerakligini aniq bilmasangiz juda qiyin.
Axborotni qidirish yetarli darajada sodda bo’lgan takrorlanuvchi jarayon bo’lib quyidagi uch
bosqichdan iborat:
1. Kerakli axborot qaerda bo’lishini o’ylab ko’ring. Buning uchun, yangiliklar guruhi,
Serverlar, FTP, Gopher va Weblarni ko’rib chiqishimiz ehtimoldan holi emas.
2.
Kerakli axborotga “Yaqinlashish” uchun birinchi qadamni qo’ying. Qandaydir qidiruv
vositasidan foydalanishingiz yoki boshqa axborotlar ko’rsatkichlari yozilgan, strukturalashgan
ro’yxatlardan birini ko’rib chiqishingiz mumkin.
3. Va nihoyat, eng zarur boskich - bu ushbu axborot serverida topilgan, qidirayotgan
predmetga eng yaqin bo’lgan axborotni o’rganish.
Va oxirgi maslahatimiz: Sizga qiziq tuyulgan joylarini belgilab qo’ying. Axborot Internetdan
elektron pochtasining oddiy matnli xabarlar bajariladigan fayllar va ma’lumot fayllari shaklida
o’tadi.
Pochta Internet yo’llarining muhim qismi bo’lib, axborot qidiruvda har doim foydalaniladi.
Yangiliklar guruhi axborot almashuvining eng ommabop shakli bo’lib, elektron pochtaga
asoslangan.
Yangiliklar guruhi asosida yotgan g’oya juda sodda. Xususiy shaxslar savollar yoki
axborotlarni yangiliklar guruhiga elektron pochtaga xabarlar berish orqali jo’natadilar. Unga
Фойdаlануvchi
оddiй теrмiнаl
Маhаlliй sеrvеr
Поchта
Поchта муhаrriri
Янгiliкlаr гуrуhi
Оldiнdан куrish dаsтуri
Янгiliкlаr гуrуhlаri
Stp - мiжоз
Gopher- мiжоз
Web - мiжоз
Узо=lаshтirilган sеrvеr
Internet
Lокаl sеrvеr
Фойdаlануvchi
206
yangiliklar guruhida axborot bir ob’ektdan boshqasiga uzatiladi. Yangiliklar guruhiga jo’natilgan
xabar sanoqli soatlarda butun dunyoni kezib chiqadi. Odatda, mintaqaviy serverda 5000 dan 10.000
gacha turli xil yangiliklar guruhi bo’ladi. Eng ommaviy yangiliklar guruhlari axborotlarni juda tez
uzatishini ta’minlaydi. Axborot FAQ (Fruquently Asked questions - tez-tez beriladigan savollar)
fayllar, ya’ni tez-tez beriladigan savollarga javob beruvchi uzun xabarlar shaklida kelib tushadi.
Yangiliklar guruhi - eng samarali axborot manbaidir. Axborot olishning eng oddiy usuli
uzoqlashgan serverlari bilan fayl almashish. Ma’lumot uzatish protokoli (FTP - File Transfer
Protocol) fayllar shaklida saqlanuvchi fayllarni almashishining standart usulini belgilab beradi.
Fayllarda kompьyuter ishlay oladigan har qanday axborot bo’lishi mumkin. FTP esa ixtiyoriy
fayllarni ko’chirib o’tkazishning standart usulidir. Uzoqlashgan serverlardan fayllarni olish va o’z
navbatida uzoqlashgan serverlarga uzatish uchun fayllar berishingiz mumkin.
FTP - server qidiruvchi kataloglar jamoat kutubxonasi kataloglarga o’xshaydi. Bizni
qiziqtiradigan mavzuni qidiruvchi katalogni boshlang’ich betlaridan tanlaymiz, so’ngra ko’rib
chiqish uchun tavsiya qilingan Web resurslarini qat’iy ro’yxatini olmaguncha, mavzu ichidagi
kategoriya ostida tanlaymiz. Hozirda Yahoo qidiruv tizimi dunyo bo’yicha, yirik qidiruv katalogi
bo’lib hisoblanadi. U WWW resurslariga taxminan 1 mln. jo’natmani taqdim etadi.
FTP - server. FTR server foydalanuvchilarga quruq fayllar ro’yxatini beradi. Ko’rsatkichlar
fayllari (index files) berilgan serverda nima joylashganini tushunishga yordam berishi mumkin.
Anonim FTP-sizni qiziq-tirgan fayllarni olishni samarali vositasidir. Minglab FTP serverlar anonim
tashqi kirishga yo’l qo’yadi. Standart FTP foydalanuvchidan o’z nomini va parolini aytishni talab
qiladi. Anonim kirishni quvvatlovchi server uzoqlashgan foydalanuvchilarga nomini kiritish
talabiga javoban annonymous (anonim) so’zini kiritishga ruxsat beradi. Odob va adab qoidalari
parol sifatida Internet elektron pochtasidagi manzilingizdan foydalanishingizni talab qiladi.
Ko’pchilik anonim FTP - serverlarda sizga ayrim qidiruv vositalari yordam beradi, lekin qidiruv
kriteriyasi bo’lib faqatgina fayl nomi hisoblanadi. SHuni yodda tutish kerakki, birgina faylni o’zi
har xil joylarda har xil nomlar bilan joylashgan bo’lishi mumkin. SHuning uchun yaxshisi sizni
qiziqtirgan mavzuni o’zida tutuvchi FTP - serverni topish, keyin bu serverda qanday fayllar
borligini bilish uchun, uning ko’rsatkichlar faylini ko’rib chiqish kerak.
Gopher server. Eng yaxshi Gopher-serverlar o’z foydalanuvchilariga axborotlar mo’lchiligini
xavola qiladi. Gopher serverida axborotlar odatda,gi ierarxik (daraxt shaklida) usulda tashkil qi-
lingan. Gopher xizmatining muxim afzalligi shundaki foydalanuvchilar shu serverdagi
axborotlarning to’liq ierarxik strukturasini quradilar. Lekin bu afzallik Gopher xizmatining eng
katta noqulayligini keltirib chiqaradi. CHunki bunday serverning ishini a’lo darajada tashkil qilish
juda murakkabdir. Gopher serverlar olamida sarlavha va kalit so’zlarni qidirish uchun ommabop
Veronica dasturi mavjud. Amalda Veronica serveriga yer sharining istalgan joyidan kirish mumkin.
Yahoo-tizimi. Qidiruv tizimi Yahooning boshqa tizimlardan farqi-bu so’rovlardan
foydalanmay, qiziqtirgan sohalarni ketma-ket aniqlash va so’rovga kiritilgan jo’natmalar bo’yicha
kerakli axborotlarni oson topilishidir (14-rasm).
AQSHda Yahoo eng ommabop tizim bo’lib hisoblanadi, unda axborotlarni qidirish uchun
maxsus tayyorlik ko’rilmaydi. Ammo kerakli bo’limlarga jo’natmalar bo’yicha yetarlicha darajada
oddiy o’tish, so’rovlarni formatlash qoidalarini bilish kerak. Bu tizim aniq mavzuni Internetda
qidirishda foydali bo’lishi mumkin.
207
13-rasm. Yahoo tizimiga kirish.
Alta Vista tizimi. Alta Vista qidiruv tizimi Digital koorparatsiyasiga taalluqli bo’lib, 1995
yilning oxirida erkin foydalanish uchun ochilgan (15-rasm). Oxirgi paytlarda bu tizimga raqobat
bo’layotgan tizimlar bo’lsada, u shu kungacha yetarli darajada ommabop bo’lib kelmoqda. Bu tizim
WWW da va shuningdek, yangiliklar guruhida qidirishni ta’minlaydi. Kalit so’zlarini kiritgandan
so’ng. Siz topilgan hujjatlar soni va ularni Internetda jo’natmali axborotlar qisqacha referatlarini
olasiz.
15-rasm. Alta Vista tizimiga kirish .
Web - sahifalar. WWW xizmatini yaratishda axborotlar gipermatn, sahifalar qismlarini
(giperaloqalar) belgilangan holda, sahifalari shaklida tashkil qilingan bo’lib, qo’shimcha
ma’lumotlar qaerda ekanini ko’rsatadi.
Web - axborotlarni qidirish Gopher axborotlarni qidirishga o’xshash , Web xizmatining
qidiruv vositalari Gopher uchun Veronica dasturiga o’xshash.
Web- qidiruv asboblari - bu maxsus Web sahifa bo’lib, siz ko’rsatgan kalit so’zlar joylashgan
Webning boshqa sahifalarini qidiradi. Agar Sizda katalog bo’lsa, (masalan Web Grawler), Web da
axborotlarni qidirish. Web ning har xil qismdagi har bir Web sahifani ko’rib chiqishga qaraganda,
bir muncha oson. Web Grawler Web ni, uning ko’rsatkichiga yangi sahifalarini kirita berib, faol
208
ko’rib chiqadi. Bunday turdagi qidiruv asboblarni ayrim hollarda qidiruv robotlari deb atashadi.
(Search-hot). Yana boshqa qidiruv vositalari ham mavjud. Ulardan eng ko’p tarqalganlarini ko’rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |