201
zaruriy xillari bilan ma’lumotlarni uzatish tezligiga qo’yilgan talablar bilan va abonentning
moliyaviy imkoniyatlari bilan.
Hozirgi vaqtda Internetga ulanishning eng ko’p tarqalgan variantlari quyidagicha:
*
doimiy (o’zgarmas) IP-ajratilgan liniyalar bo’yicha ulanish.
*
kommutatsion liniya bo’yicha seansli ulanish (dial-UP IP)
Birinchi variant foydalanuvchilariga Internet xizmatining barcha xillarini va ajratilgan liniya
bo’yicha Internetga ulangan lokal tarmog’ida ishlovchilar uchun eng qulay komfort sharoitlarni
taqdim etadi. Bu holda tarmoqning kompьyuterlaridan biri (marshrutizator) ta’minotchining
marshrutizatoriga mahkam ulangan bo’lib, lokal tarmog’ining ishchi stantsiyalariga IP-paketlarni
uzatib turadi. Marshrutizator sifatida ko’pincha UNIX operatsion sistemali kompьyuterlar
qo’llaniladi. Kerakli programmavli ta’minotni o’rnatish va uni sozlashni, shu bilan birga IP-tarmoq
ishlarini kuzatib borishni ko’pincha tarmoq mutaxassisi-administrator amalga oshiradi. Bu
foydalanuvchining yakuniy ishlarini ancha osonlashtiradi. SHunday yo’l bilan ulangan lokal
tarmoq Internetning bir qismiga aylanib qoladi. Lokal tarmoqdan foydalanuvchilarning barchasi
Internetning hamma servis xillari bilan ishlash imoniyatiga ega bo’ladilar, masalan, elektron
pochtadan foydalanish, telekonfereniyalar, uzoqdagi kompьyuterlardan terminal orqali foydalanish
(Telnet), fayllarni uzatish (FTP), taqsimlangan axborot sistemalarga va ma’lumotlar bazasiga
kirish (Gopher, WWW). Bunda lokal tarmoqga har xil platformadagi kompьyuterlar ulanishi
mumkin, masalan, IBM PC (MS DOS
Windows), Microsoft oilasiga taalluqli shaxsiy
kompьyuterlar, har xil UNIX sistemali ishchi stantsiyalar. Hozirgi paytda foydalanuvchining
Microsoft Windows muhitida ishlashi eng ko’p tarqalgan, chunki bu dastur amaliy programma
ishlari va oddiy grafik zaxiralarga ega bo’lgan Internetning barcha servislari bilan ta’minlangan.
Ajratilgan liniya bo’yicha ulangan o’zgarmas IPning asosiy afzalligiga foydalanuvchilarga
o’z axborotlariga kirish (ega bo’lish)ni taqdim etish maqsadida lokal tarmoqda axborot serverni
o’rnatish imkoniyati mavjudligini kiritish mumkin.
Fizikaviy aloqa liniyasiga qarab ma’lumotlar uzatuvini har xil tezliklar orqali amalga oshirish
mumkin. Masalan, o’nlab K bit/s.dan bir M bit
s.gacha. Albatta, katta tezliklar fizikaviy liniyalarni
tashkil etish uchun, har xil jihozlar uchun ko’plab sarf - xarajatlar talab qilinadi. Yuqoridagilarga
asoslanib shunday deyish mumkin, ya’ni ajratilgan liniya bo’yicha doimiy ulanish Internetda
ishlash uchun juda qulay, lekin qimmat usuldir. Qoida bo’yicha, undan keng lokal tarmog’iga,
behisob foydalanuvchilarga va tarmoq axborot servisiga ega bo’lgan ulkan tashkilotlar
foydalaniladi.
SHu bilan birga o’zgarmas IP ni kommutatsiya qilinadigan liniyaga ulash ham yuqoridagi
usullardan biri hisoblanadi. Bunda abonent yolg’iz o’zi foydalanadigan ta’minotchi
kompьyuterining telefon raqami va mos keladigan portiga ega bo’ladi. Ammo, olinajak
ma’lumotlarni uzatish tezligi nuqtai nazaridan bunday ulanishning sifati, qoida bo’yicha past
bo’ladi.
Yakka tartibda ishlaydigan (uy kompьyuterlari ham) kompьyuterlarni Internetga ulash usuli
kommutatsiya qilinadigan liniya bo’yicha vaqtincha (seansli) IP-ulanish hisoblanadi.
Kommutatsion liniya bo’yicha IP-ulanishni (dial-UP IP) yakka kompьyuterlardan ham, ishchi
stantsiyalardan ham Internetga kirish uchun foydalanishni tavsiya qilish mumkin. (Internetga
doimiy ulanib turish talab qilinmasa). Bu usul oddiy telefon liniyasi bo’yicha ta’minotchi serverga
vaqtinchalik ulanishni nazarda tutadi. Foydalanuvchining nomi va parolini kiritish
talab qilinadi va
u ketma-ket ro’yxatga olib boriladi. Natijada, foydalanuvchining kompьyuteri Internetga butunlay
ulanib qoladi. Foydalanuvchining kompьyuteri esa modem bilan va Dial-UP IP rejimida ishlash
uchun zarur programmaviy ta’minot bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Foydalanuvchi naqtai
nazaridan Internetda ishlash xuddi o’zgarmas IP-ulanish kabi olib boriladi, lekin amaliy
programmani ishga tushirishda avval telefon aloqa o’rnatiladi, bu esa bir qancha vaqtni talab qiladi,
bundan tashqari, raqam band bo’lishi ham mumkin.
10.
Seansli IP bog’lanish o’z kompьyuterida kerakli amaliy dasturlarni ishga tushirish orqali
Internetning barcha zaxiralariga kirish imkonini yaratadi. Seansli IP bog’lanishda Internetga ulanish
uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak.