198
va ta’mintochi orasida kommunikatsiyani takomillashuviga olib keladi. Tarmoqlar, axborotlarni
boshqa formadagi telefon yoki oddiy pochta uzatuvchiga korxona talabini pasayishiga olib keladi.
Yangi texnologiyalar yanada keng quloch otmoqda. Ular yordamida nafaqat kompьyuter
ma’lumotlari balki ovoz va videoinformatsiyani tarmoq aloqa kanalllari bo’yicha uzatilmoqda.
Korporativ tarmoq mulьtimedia va ma’lumotlarni boshqarishi tashkilotlar uchun audio va
videokonferentsiyalarni tashkil etishni taqozo etadi. Bundan tashqari, uning asosida shaxsiy ichki
telefon aloqasini tashkil etish mumkin.
Bo’lim tarmoqlari korxonaning bitta bo’limida ishlaydigan katta bo’lmagan guruh
xizmatchilari uchun ishlanadi. Bu bo’lim 100–150 taga xizmatchidan tashkil topgan bo’lishi
mumkin. Bo’lim tarmoqlarining asosiy maqsadi, ilova, ma’lumotlari, lazer printerlari va modellarni
ya’ni lokal resurlarni taqsimlashdir. Odatda, bu bo’lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverlarga
va 30 dan ortiq foydalanuvchilarga ega bo’lib, tarmoqlarga bo’linmaydi. Bo’lim tarmoqlari
qandaydir bir Ethernet, Token Ring tarmoq texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Bo’limdagi
tarmoqni boshqarish vazifasi nisbatan oddiy: yangi foydalanuvchilarni qo’shish, yangi uzellar
hamda yangi dastur ta’minoti versiyasini joriy etish. Bunday tarmoq ishini tarmoq administratori
bajaradi. Korporativ tarmoqlarni masshtab tarmoqlari deb ham ataladi. Korxona masshtab
tarmoqlari alohida joylashgan korxonaning barcha hududdagi ko’p sonli kompьyuterlarni
birlashtiradi. Bularda foydalanuvchi va kompьyuterlar soni mingta, serverlar soni yuzta bo’lib,
tarmoq orasidagi hududlar masofasi uchun global aloqani o’rnatish lozim bo’lib qoladi.
Kampusli tarmoqlar – nomi ingliz «campus» so’zidan olingan bo’lib, talabalar shaharchasi
degan ma’noni beradi. Universitet shaharchalaridagi bir nechta mayda tarmoqlarni bitta tarmoqga
ulash ehtiyoji paydo bo’ldi. Hozirda istagan korxona va tashkilotlarni belgilashda kampus
tarmog’ini ishlatish mumkin. Kampus tarmoqlari bitta korxonaning turli bo’lim tarmoqlarini ulash
uchun ishlatiladi. Bu tarmoq bo’lim tarmoqlari orasidagi muloqot, korxonaning ma’lumotlar
bazasiga kirish, umumiy faks – serverga, o’ta tezkor printer va modemlarga kirishni ta’minlab
beradi. Natijada korxonaning har bir bo’lib xizmatlari boshqa bo’limi tarmoq resurslariga kirish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, lokal va global tarmoqning bir–biridan aloqa yo’llarining
sifatli hamda masofa uzunligi, ma’lumotlarni uzatish usullari, ma’lumotlar almashtirish tezligi
xizmat turlari bilan farq qiladi.
Lokal va global tarmoqlarni birlashtirishda optotolali aloqa yo’llari bo’yicha ma’lumotlarni
uzatish raqamli platformada bajariladi. Global tarmoq xizmatlarini quyidagi sinflarga bo’lish
mumkin. Interaktiv, to’g’ri murojaat qilish, keyinchalik o’qishga mo’ljallangan xizmatlar. Global
tarmoqning to’rtta korporativ, tashkilotlararo, umummillatli, umumxalq turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: