199
Internet muhitida ishga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichlardan
tashkil topgan:
- Internet da ishlash
uchun Windows ni sozlash;
- Tarmoqga ulanish;
- Server - xizmati bilan aloqani ta’minlash;
- Internet dan aloqani
uzish
Windowsni
sozlash
tamoyillari.
Internet
muhitida
samarali
ishlash
uchun
foydalanuvchilarning kompьyuter vositalari kerakli tarmoq operatsion sistemalari bilan
ta’minlangan bo’lishi kerak. Hozirgi vaqtda Internetning barcha dasturiy instrumental (asbob)
vositalari Windows 95 va uning to’ldiruvchilariga o’rnatilgan. Windows 95 ni sozlashning asosiy
tamoyillari Internetga kirish va uni sozlashning imkoniyatlarini ancha kengaytirib beradigan
Microsoft plus ni o’z tarkibiga olgan to’ldiruvchilarda joylashgan. Microsoft plus Windowsga
qo’shicha ravishda mavzu tushunchasini va boshqa ko’z bilan ko’rish imkoniyatlarini beradi. SHu
bilan birga ekranning ishchi qismini xoxishga qarab sozlash, telefon qo’ng’iroqlarini tarmoqdagi
boshqa kompьyuterlardan Dual.Up.Server sistemasi asosida qabul qilish imkoniyatlarini beradi.
Internet bilan aloqani sozlash uchun eng yaxshi usul hisoblangan Internetga tez kirishning
vositalar yig’indisi - Internet Jumpstart Kit (IJK) Microcoft Plus ning eng muhim sifatidir. O’z
navbatida IJK Internet Setup Wizard (ISW) - Internet ko’rsatmalari masteri (ustasi), Internet
Explorer (Internet provodnigi) va Internet Mail Service for Microsoft Exchange (elektron
pochta)larni ulaydi. Hozir Windows 95ni barcha eski versiyalarining hammasida bu vositalar
uning tarkibiga kiritilgan emas. Ular asosiy operatsion sistemani o’z ichiga olgan maxsus
disketlarga yozilgan. SHu bilan birga oldindan Windows 95 sistemasi o’rnatilgan ko’p zamonaviy
kompьyuterlar Microsoft plus vositalariga ega. Ular Windows 95 ning kelajakdagi versiyalariga
albatta kiritiladi.
IJK va ISW vositalari asosida Internet bilan bog’lanish va unda ishlash uchun Windows 95 ni
sozlashning asosiy tamoyillari va ishlash tartibi quyidagicha (12-rasm):
1. Internet Setur Wizard (TSW)ni ishga tushirish: menyu Start (pusk) - Programms
(programmalar) - Accessoires (qo’shimcha vositalar)-Internet Tools (Internet instrumentlari).
Kirishni o’qib bo’lgach, Next (Dalee) tugmachasini bosish darkor.
2. Connect Using My Phone Lina (telefon liniyasi orqali ulanish)ni tanlang va NEXT
tugmasini bosing. Master tarmoqga ulanish tipidagi savol yozilgan dialog oynasini ochadi.
3. I Already Have on Account With o Different Service Provider (Menda boshqa servis
markazi bilan shartnoma bor)ni tanlang. Next tugmasini bosing. Master sizdan servis
markazining nomini so’raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: