195
bilish va qo’yilgan masalani yechish usullarini to’g’ri tanlash tarmoqda ishlash samarasini
belgilaydi.
Internet–global tarmoq xizmatlarni quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
interaktiv
xizmatlar;
to’g’ri
murojaat qilish xizmatlari;
o’qishga mo’ljallangan xizmatlar.
Keyinchalik o’qishga mo’ljallangan xizmatlar ko’p tarqalgan bo’lib, ularning universal va
kompьyuter resurslariga hamda aloqa tizimlariga bo’lgan talablari kamroq hisoblanadi. Bu sinfning
asosiy belgisi axborot olishga berilgan talab bilan uni olish vaqti orasidagi tafofvt katta bo’lishi
mumkin.
To’g’ri murojaat qilish xizmatlari berilgan talab bo’yicha axborot o’sha vaqtning o’zidayoq
qaytarilishi bilan harakatlanadi, biroq, bunday xizmat axborot oluvchidan o’sha paytning o’zidayoq
qaror qabul qilishni talab qilmaydi. Axborot olingandan so’ng tezda qaror qilib, javob berilishi talab
qilinadigan xizmatlar interaktiv xizmatlar deyiladi.
Interaktiv xizmatni telefon xizmatiga, to’g’ri murojaat xizmatlarini faks va keyinchalik
o’qishga mo’ljallangan xizmatlarni xat orqali aloqaga o’xshatish mumkin.
Global tarmoqning xizmatlariga asosan quyidagilar:
axborot uzatish tarmoq tizimlari (FTP, Gopher);
axborot qidirish tizimlari (Yahoo, hycos, Alta – Vista, Ramler va h.k.).
kommunikatsion xizmat, telekonferentsiyalar (E – mail, Telnet, UseNet va boshqalar);
mulьtimedia va axborot tizimlar (World Wide Web);
TRC xizmati yoki Chat – konferentsiya.
File Transfer Protocol–FTP–fayllarni uzatish protokoliga asoslangan axborot xizmati
Internetda birinchi yaratilgan tizimlardan hisoblanadi. Bu xizmat kompьyuterdagi FTP–dasturidan
foydalanilgan holda masofadagi kompьyuterlarga ulanib, kirish mumkin bo’lgan fayllar ro’yxati
bilan tanishadi hamda ulardan o’z kompьyuterlariga nusxa ko’chiradi. FTR tarmoq bo’yicha
istalgan shakldagi fayllarni yuborish mumkin. FTP “mijoz - server” arxitekturali tizimlarga misol
bo’la oladi. Bunday tizimlarda bir kompьyuterda “mijoz” deb nom oluvchi maxsus dasturdan
foydalaniladi. Foydalanuvchi ish dastur yordamida masofadagi server deb nom olgan
kompьyuterdagi boshqa dastur bilan bog’lanadi.
Gopher ham Internetning axborot tizimi hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, u
foydalanuvchi ulangan Gopher – serverdagi menyuga kirib, tanlangan punkti (bandi) bo’yicha
Internetning boshqa Gopher – serverlariga yuborish mumkin.
Masalan, “
A” mashinadagi Gopher serverdan “
V” mashinadagi Gopher – serverga ishorat
bo’lishi mumkin. U holda birinchi server menyusida tanlangan Gopherning “mijoz” qismi ikkinchi
server manziliga o’tkaziladi. Foydalanuvchi uchun bu vazifa go’yoki u “
A” “mijoz” Gopherni ishga
tushirib, “
V” server Gopheri bilan ulangandek bo’ladi.
Ish jarayonida Gopher “mijozning” boshqa serverlar bilan ulana olish imkoniyati faqat bitta
serverdagi fayllarni ko’rish va boshqa kompьyuterdagi serverlar bilan yengil bog’lanish
imkoniyatini beradi.
Umumiy holda ba’zi serverlar “boshqalariga murojaat qilish” tizim menyusini o’rnatish yo’li
bilan barcha Gopher serverlari bilan o’zaro ulanishlari mumkin. Serverlarning bunday tarmog’i
Gopher–makon deb aytiladi.
Global tarmoqda ma’lumotlarni topishning qulay usullari mavjud. Bu vazifani qidirish
tizimlari bajaradi. Bu qidirish tizimlari ma’lumotlar katalogiga va maxsus qidirish tizimiga ega.
Ular yordamida ma’lumotni tezda topish mumkin. Quyida ommabop qidirish tizimlari keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: