4-ilova
GLOBAL HISOBLASH TARMOQLARI
4.1. Lokal tarmog’ining global tarmog’idan farqi.
4.2. Lokal va global tarmoqlarni birlashtirish tendentsiyalari.
4.3. Global tarmoqning yuqori darajadagi xizmatlari.
4.4. Global tarmoq turlari.
Lokal tarmoqni global tarmoqdan farqi
Ikki lokal va global tarmoqlarning farqini aniqlamoq uchun, avval, ularning vazifalari,
arxitekturasi bilan tanishib chiqamiz.
Lokal tarmog’i, bu shunday tarmoqni, bularda kompьyuterlar orasidagi masofa bir necha
metrdan bir necha yuz metrni tashkil etadi. Lokal tarmog’i markaziy kompьyuter – serverdan va
ishchi stantsiyalardan tashkil topgan. Lokal tarmoqlarda axborotlar faqatgina ikki yo’nalishda, ya’ni
o’zaro emas balki ishchi stantsiya va serverlar orasida, harakatlanadi. Lokal hisoblash tarmoqlari
katta takomillarda axborolar, hujjatlarni almashtirish uchun ishlatiladi. Lokal tarmoqlari asosan
bitta binoda joylashadi, foydalanuvchilar umumiy ma’lumotlardan foydalanib, birgalikda oldilariga
qo’yilgan masalalarni bajaradilar. Lokal tarmoq - kabellar vositasi yordamida o’zaro bog’langan bir
necha kompьyuterlar guruhidan tashkil topgan.
Lokal tarmog’idan foydalanish quyidagilarni amalga oshiradi:
tarmoqga ulangan foydalanuvchilarni jamoa bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlash va ular
o’rtasida ma’lumotlarni almashtiramiz;
193
dastur, printer, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish, ya’ni kompьyuter
resurslarni tejash va ishda ko’p qulayliklar yaratish.
Portativ kompьyuterlardan foydalanuvchilar firmaning lokal tarmog’iga yoki ofisga kelib
yoki firma kompьyuteri bilan modem vositasi yordamida telefon kanallari orqali ulanishi mumkin.
Lokal tarmoqlari bir–biriga yaqin joylashgan kompьyuterlarni birlashtiradi. Ammo ko’pgina
korxonalar shaxslarning tur-turli qismlarida yoki turli shaxslar va mamlakatlarda o’zining
bo’limlariga (podrazdeliga) ega bo’ladilar. Bu holda samarali ishni tashkil etish uchun, ular
o’zlarining bo’limlarini yagona tarmoqga birlashtirishni talab etadi. Bunday tarmoqlar taqsimlangan
tarmoqlar deyiladi.
Lokal tarmoqlar turli fan sohasida, texnika va ishlab chiqarishda keng tarqaldi. Ayniqsa,,
lokal hisoblash tarmog’i jamoa loyihalarini murakkab kompleks dasturlarni ishlab chiqishda keng
foydalaniladi. Bu esa LXT bazasida avtomatlashtirilgan loyihalashni yaratishga imkon beradi va
bozor iqtisodi sharoitida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratib, uni tezda modernizatsiyalashtirib
realizatsiya qilishni ta’minlaydi.
Lokal hisoblash tarmog’i, shuningdek,, tashkiliy iqtisodiy boshqarish tizimlarida yangi
axborot texnologiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Universitet o’quv laboratoriyalaridan
lokal hisoblash tarmog’i o’qitish sifatini oshiradi va zamonaviy intellektual o’qitish texnologiyasini
joriy etadi.
Global tarmoq turli kontinentdagi turli mamlakatlar abonentlarini birlashtiradi. Bu tarmoq
abonentlari o’rtasidagi o’zaro aloqa telefon aloqa yo’llari, radio aloqa, sun’iy yo’ldosh aloqasi
orqali amalga oshiriladi. Global tarmoqlar 10 – 15 km naridan joylashgan EXT va tarmoq uzellarini
yo’ldosh kanallari orqali amalga oshiriladi. Global tarmog’i barcha insoniyatning axborot
resurslarini birlashtirish muammosini yechadi va bu resurslarga kirishni tashkil etadi.
Global tarmoq barcha kompьyuterlarni ma’lumot almashuvini ta’minlaydi. INTERNET–
global tarmoq faqatgina ayrim kompьyuterlar orasida bog’lanishni tashkil etib qolmasdan, u yana
kompьyuterlar guruhlarini ham bir–biri bilan bog’lanishga yo’l beradi. Agarda birorta mahalliy
tarmoq globalga ulangan bo’lsa, unda uning har bir ishchi stantsiyasi ham Internetga ulanishi
mumkin.
Global tarmoq birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o’zaro ma’lumotlar almashish, virtual
muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi “axborot magistral” vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa
unda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi. Dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan
tashqari,i dunyo bozorini o’rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng
muhim vositalaridan biriga aylanib borilmoqda.
INTERNET–global tarmoqning aynan timsolidir. Internet–informatsiyaga ega bo’lish,
yangiliklar bilan tanishishi bilimga ega bo’lish, o’qish, ilg’or texnologiyalar va tajribalar bilan
tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish, sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish,
iste’molchining talabi va muammolarini bilish, mahsulot bahosini nazorat qilish imkoniyatlarini
beradi. Demak, Internet bu yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishish, hamkorlik va
harakatlarning birlashuvi zamonaviy fikrlar almashish, bilimlar bilan almashish, ta’lim olish,
tadbirkorlik usulidir. Internet–bu infrasfera (infradoira) bo’lib, uning yordamida ma’lumotlarni
uzatish, qabul qilish, boshqarish va tasvirlash mumkin.
Demak, lokal va global tarmoqning bir – biridan farqi quyidagilardan iborat:
aloqa yo’llarining sifatli va masofa uzunligi (protyajennostь). Lokal kompьyuter tarmog’i,
global tarmoqlaridan uzel orasidagi katta bo’lmagan masofa bilan farq qiladi.
ma’lumotlarni uzatish usullarining murakkabligi. Global tarmoqlarda lokal tarmoqga
qaraganda, fizik kanallarni mustahkamligi past bo’lishi, ma’lumotlar uzatish usullari va mos
tushishadigan asboblarning juda murakkabligi.
lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni almashtirish tezligi (10, 16 va 100 m-bayt-s) global
tarmoqdan (2,4 k bayt-s dan to 2 M bayt-s) yuqori bo’lgan.
xizmatlarning turli–tumanligi. Lokal tarmog’ida xizmat qilish to’plami–turli faylli xizmatlar,
chop etishi, ma’lumotlar bazasi xizmati, elektron pochta bo’lgan bo’lsa, global tarmoqda elektron
pochta va faylli xizmatlar imkoniyati cheklangan.
194
masshtablashtirish. Lokal tarmoqlari topologiya bazalarining qattiq-ligi hisobiga yomon
masshtablashga ega.
Global tarmoq ixtiyoriy topologiyalar bilan ishlagani va xohlangancha foydalanuvchilar
soniga ega bo’lishi, masshtablashtirish yaxshiligiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |