O’qituvchi Talaba 1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish



Download 12,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/251
Sana05.09.2021
Hajmi12,43 Mb.
#165637
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   251
Bog'liq
'BSAT UMK

 
 
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasiga ilovalar namunasi 
 
1-ilova 
PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlar 
PowerPoint vositalari bilan o’rgatuvchi dasturlarni yaratish 
O’rgatuvchi  dasturlar  alohida  o’rin  egallaydi  hamda  yangi  bilimlar  va  uquvlarni  egallash  uchun 
mo’ljallangan.  O’rgatuvchi  dasturlarni,  odatda,  an’anaviy  o’qitish  metodikasi  bo’yicha  tuziladi: 
axborot portsiyasi va nazorat yoki o’zini o’zi nazorat. PowerPoint vositalari faqat o’zini o’zi nazorat 
qilishni tashkil etish imkonini beradi,  shu bilan birga o’zini o’zi  nazorat  qilish  turli  topshiriqlarni 
to’g’ri  javobni  taklif  etilayotgan  ro’yxatdan  tanlash  bilan  bajarish  yo’li  orqali  amalga  oshiriladi. 
PowerPoint  vositalari  bilan  o’rgatuvchi  dasturlarni  ishlab  chiqishning  bir  necha  bosqichlarini 
ajratish mumkin: 
1) pedagogik stsenariyni yozish; 
2) ayrim slaydlarni yaratish; 
3) slaydlarni komponovkalash; 
4) dasturni namoyish qilish; 
2-ilova  
Pedagogik stsenariyni yozish 
O’rgatuvchi  dasturni  ishlab  chiqish  pedagogik  stsenariyni  yozishdan  boshlanadi.  Pedagogik 
stsenariy  ta’lim  jarayonida  foydalanuvchi  va  EHM  dialogini,  dastur  bilan  ishlash  bo’yicha  qisqa 
yo’riqnomalarni o’z ichiga oladi. 
Pedagogik stsenariyni yozish bosqichida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish kerak: 
1) PDVdan foydalanish maqsadini konkretlashtirish; 
2) o’quv materialining logik strukturasini tahlil qilish; 
3) o’qitish metodini tanlash; 


 
129 
4) zaruriy o’quv materialini tanlash; 
5) o’quv materialini sintezlashni o’tkazish; 
6) o’qitish algoritmini ishlab chiqish. 
PDVdan foydalanish maqsadlarini konkretlashtirishda quyidagilarni hisobga olish zarur : 
1) mazkur o’quv fanini o’qitish maqsadlari; 
2) predmet bo’yicha darslar tizimida mazkur darsning o’rni; 
3) mazkur ta’lim bosqichida o’quvchining imkoniyatlari. 
O’qitish maqsadlarini aniqlashda mazkur PDVni qaysi o’quv vazifalarini hal etish usuli (uquvlarni 
shakllantirish, umumlashtirish va tizimlashtirish), foydalanish maºsadga muvofiºligi, qaysi darslarda 
(va qaysi joyda) u qo’llanilishi muhimligini aniqlash zarur. Bir dars darajasida o’qitish maqsadlarini 
aniqlash  uchun  o’quvchilar  tayanch  bilimlari  darajasi,  uºuvlar  va  malakalarning  shakllanganlik 
darajasini  aniqlash,  ayrim  dalillar,  tushunchalar,  qonuniyatlar  va  qonunlarni  optimal  o’rganish 
ketma-ketligini belgilab olish lozim. 
O’quv  materialini  tahlil  qilish  davomida  mazkur  materialni  EHM  yordamida  o’rganish  maºsadga 
muvofiºligingi aniqlash; bilimlar qaysi darajada o’zlashtirilishi,  uºuvlar va malakalar qaysi darajada 
shakllanishi zarurligini, bu material qanday ketma-ketlikda o’rganilishi zarurligini aniqlash lozim. 
O’qitish metodlarini tanlashda quyidagi ikkita asosiy masalani hal etish zarur bo’ladi: 
1. PDVdan an’anaviy o’qitish metodlari tizimida foydalanish o’rnini aniqlash, mazkur PDV qaysi 
darslarda,  qaysi  ketma-ketlikda,  qanday  maqsad  o’rganilishini,  PDVdan  foydalanish  an’anaviy 
ta’lim metodlar bilan qanday biriktirilishini aniqlash. 
2. mazkur PDVda foydalanish maºsadga muvofiº bo’ladigan metodlar majmuasini aniqlash. 
Birinchi vazifani hal etishda boshlang’ich sinflar o’quvchilarning kompьyuter oldida ishlash vaqti 
ergonometrik talablarga asosan 10-15 sinutdan oshmasligi kerakligini esda saqlash kerak [3]. 
Ikkinchi  masalani  yechishda  o’quv  materialini  berish  logikasini  hal  etish  lozim:  intuitiv  yoki 
deduktiv metod. 
Induktiv metoddan foydalanishda o’quv materialini bayon qilish xususiy tushunchalardan umumiy 
tushuncha  tomon  boradi.  O’rganiladigan  material  asosan  faktik  xarakterda  bo’lganida  (bilimlarni 
umumlashtirish va tizimlashtirish) bu metoddan foydalanish maºsadga muvofiºdir. 
Deduktiv metod materialni umumiydan xususiyga tomon bayon qilinishini nazarda tutadi. Deduktiv 
metoddan  foydalanish  o’quv  materialini  tez  o’rganish,  o’quvchilarda  abstrakt  tafakkurlashning 
rivojlanishiga, tahlil va sintezni o’tkazish uquvining rivojlanishiga yordam beradi. 
Zaruriy  o’quv  materiali  tanlab  olinganidan  keyin  uni  sintez  qilish  va  strukturalash  zarur.  Buning 
uchun  butun  o’quv  materialini  kompьyuter  displeyi  oldida  idrok  qilish  uchun  qulay  bo’ladigan 
axborotning  kichik  logik  portsiyalariga  ajratish  lozim.  Bunday  axborot  portsiyalari  kadrlar 
(PowerPoint  da  slaydlar)  deb  ataladi.  Kadr  (slayd)  displey  ekranidagi  butkul  shakllantirilgan 
tasvirdan  iborat.  Bunday  bo’linish  eski  va  yangi  tasvir  orasidagi  chegarani  aniqlash  imkonini 
beradi. 
Taqdim  qilinadigan  axborotning  xarakteri  bo’yicha  kadrlarni  statik  va  dinamik  kadrlarga  bo’lish 
mumkin.  Statik  kadrlarning  imkoniyatlari  cheklangan  bo’lsada,  ular  alohida  plakatlarni  eslatadi. 
Dinamik  kadrlardan  foydalanish  juda  samaralidir,  bularda  PowerPointning  grafik  va  animatsion 
imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. 
Kadrlarni  ta’lim  maqsadlarini  amalga  oshirilishiga  muvofiq  ravishda  bir  necha  tiplarga  bo’lish 
mumkin . 
1) axborotli kadrlar – biror axborotni xabar qiluvchi kadrlar; 
2) ma’lumotnoma kadrlar – olingan axborotni qayta ishlab chiqishni tashkil etuvchi kadrlar; 
3) nazorat qiluvchi kadrlar – savollar, topshiriqlarni o’z ichiga olgan va materialning o’zlashtirilishi 
ustidan nazoratni ta’minlovchi kadrlar; 
6) tushuntiruvchi kadrlar – aytib berish, tushuntirishni taqdim etuvchi kadrlar; 
7) yo’riqnoma kadrlar – dastur bilan ishlashni tushuntiruvchi kadrlar. 
Mazkur  kadrlar  tiplaridan  o’rgatuvchi  dasturlarni  yaratishda  sof  ko’rinishda  yoki  bir-biri  bilan 
qo’shilgan holatda foydalanish mumkin. 
Kadrlar bir qator talablarga javob berishi lozim: 


 
130 
1)  o’quvchilarga  taqdim  etiladigan  o’quv  materiali  yaxshi  illyustratsiyalangan,  maksimal 
ixchamlangan va aniq strukturalangan bo’lishi lozim; 
2) ekrandagi matn yaxlit bo’lmasligi lozim, uning kichik xat boshilarga ajratish zarur; 
3) rangni me’yordan oshirib yubormaslik lozim, chunki bu fikrni jamlashga xalal beroadi, diqqatni 
chalg’itadi; 
4)  o’quv  materialini  berishga  an’anaviy  ta’limda  qabul  qilingan  yozuv  shaklidan  foydalanish 
maºsadga muvofiºdir, qisqartmalardan, kasbiy jargonlardan qochish lozim; 
5) axborotning berilish tezligini boshqarishni o’quvchining o’ziga berish lozim. 
Pedagogik  stsenariyni  alohida  blanklar  ko’rinishida  tayyorlash  qulayroqdir,  ularda  displey 
ekranining  axboroti,  kadr  tipi  va  navbatdagi  kadrga  o’tish  yo’nalishi  ko’rsatiladi.  Bir  kadrdan 
boshqasiga  o’tishlarning  umumiy  strukturasini  graf  ko’rinishila  tasvirlash  maºsadga  muvofiºdir, 
buning uchun uning uchlari – kadrlar (slaydlar) nomerlari, qirralari esa – navbatdagi kadrga o’tish 
yo’nalishi strelkasi bo’ladi. 
3-ilova 
Pedagogik stsenariyni taxt qilish uchun uch tipdagi blanklarni ajratish mumkin. 
Birinchi  tip  faqat  bitta  chiqishga  ega  bo’lgan  (axborotli,  ma’lumotnomali,  yo’riqnomali)  kadrlar 
uchun to’g’ri keladi. 
Kadr tipi va nomeri 
 
O’qish yo’nalishi 
 
 
Ikki  tip  kadrlar  o’quvchining  javobga  faqat  ikkita  reaktsiyasi  –  “to’g’ri”,  “noto’g’ri”  nazarda 
tutilgan nazoratlovchi kadrlarni tavsiflash uchun foydalanilish mumkin. 
 
Kadr tipi va nomeri 
 

O’qish yo’nalishi 

 
Uchinchi  tip  blanklardan  o’quvchilar  javoblarini  yana  ham  puxtaroq  tahlil  qilishda  (“to’g’ri”, 
“noto’g’ri”,  “to’lamas”  va  h.k.),  keyingi  sa’y-harakatlar  (menyu  ro’yxatidan)  variantini  tanlashda 
foydalaniladi. 
 
Kadr tipi va nomeri 
 
-2 
O’qish yo’nalishi 

-3 

 
Keyingi ikki tipdagi blanklardan ko’pincha o’quvchilar ish jarayonida savollarga javob berishlari, 
topshiriqni  bajarishlari,  ma’lumotnomaga,  aytib  berishga  murojaat  qilishlari  kerak  bo’lganda 
axborot kadrlarini tavsiflash uchun foydalaniladi. 
 

Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish